2 -topshiriq.
Ekranda gaplar bittadan chiqadi. O‘quvchilar o‘qib, undalmalarni topib, gapning qaysi o‘rnida kelganini aytadilar.
|
V. Darsga yakun yasash va baholash.
— Darsda nimalar haqidagi bilimlarimizni yodga tushirdik?
— Bugungi mavzudan nimalarni bilib oldingiz?
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa.
71-mashq. Gaplarni o‘qing. Ularga undalmalar qo‘shib yozing. Yozganingizni tekshiring.
-Oyijon, Farhod juda qo‘rqoq ekan, — dedi Rustam.
-Nega, nima qildi? — so‘radi onasi.
-Qishlog‘imiz bog‘idagi olmadan olmoqchi edik. Farhod qorovul ko‘rib qoladi deb, uyiga ketdi.
-Og‘lim, Farhod hammangizdan zo‘r ekan, — dedi oyisi.
Rustamning oyisi nima uchun bunday dedi?
26
Darsning mavzusi: Undalmali gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi. (72-75-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: undalmali gaplarni ohangiga rioya qilib o‘qishga o‘rgatish, undalmali gaplarda tinish belgilarini to‘g‘ri ishlatish ko‘nikmasini shakllantirish; FK1: o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglash, ifodalay olish, undalma va undalmadan so‘ng vergul yoki undov belgisining qo‘yilishini bilish; e’lon matnini yarata olish;
tarbiyaviy: o‘quvchilarni tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash; TK2: TK3: mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish; TK4:o‘z o‘rnini hamda vazifalarini anglash; TK5: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilar nutqida undalmalardan to‘g‘ri foydadlanishga o‘rgatish; FK2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay olish, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |