Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet44/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

Husnixat daqiqasi:
Bolalar, siz do‘stlikni qadrlang!
O ‘tilgan mavzuda berilgan uyga vazifasini tekshirish. Uyga berilgan 68-mashq o‘qitiladi. She’riy matndan undalmalarni topish vazifasi berilgan. O‘quvchilar undalma misrani qaysi o‘rnida kelganini aytadilar.
III. Yangi mavzuning bayoni.

1 -topshiriq
Matndagi tushib qoldirilgan tinish belgilarni o‘rniga qo‘yish topshirig‘i beriladi. Topshiriq ustida quyidagicha ishlanadi:
‒ 1-gapni o‘qing. Maqsadga ko‘ra turini ayting.
‒ So‘roqlar yordamida gapning bosh bo‘laklarini aniqlang.
‒ Gapda fikr kimga qaratilgan?
‒ Fikr qaratilgan so‘z qaysi so‘z turkumiga kiradi va qanday tinish belgisi bilan ajratilgan?

Darslik bilan ishlash.
69-mashq. Matnni o‘qing.Gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini ayting
-Zaynab opaning uylari shumi? — so‘radi Tolibjon. -Shu, keling, tog‘a.
-Kim bilan gaplashyapsan, bolam?
Bu ovoz Tolibjonga tanish edi. Tolibjon yugurib borib, kampirning bo‘ynidan quchdi.
-Kimsan, bolam? Hiding dimog‘imga tanish. Tolibjonginamning hidiga o‘xshayapti.
Kampirning ko‘zi ojiz edi. Tolibjon o‘pkasi to‘lib, yig‘lab yubordi. Kampir uning boshini silab, dedi:
-Qayoqlarda yurgan eding, bolaginam?
Undalmali gaplarni ko‘chiring. Tinish belgilarining qo‘yilishiga e’tibor bering. Ojiz so‘zi qanday ma’noda qo‘llangan?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
70-mashq. She’riy parchalarni ifodali o‘qing?
1.Navbahor, ochildi gullar, sabza bo‘ldi bog‘lar.
Suhbat aylaylik, kelinglar, jo‘ralar, o‘rtoqlar.
2.Lekin, yurtim, kezolmas g‘anim
O‘zbekiston atalgan bog‘da.
Sen-ku nomus va sha’nim manim,
O‘zbekiston, Vatanim manim.
Ko‘chiring. Undalmalarni topib, tagiga chizing. Ustiga so‘z turkumini yozing.


Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling