Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet48/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

Darsning metodi: suhbat, analiz, mustaqil ish metodi.
Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.

H usnixat daqiqasi:
Sog‘ tanda – sog‘lom aql.

II. Yangi mavzuning bayoni.

1 -topshiriq.
Ekranda sport turlariga oid rasmlar slayd-shou tarzida namoyish etiladi.
Rasm asosida uch-to‘rt gapli hikoya tuzish va hikoyaga sarlavha qo‘yish topshirig‘i beriladi

Darslik bilan ishlash.
82- mashq Rasmni kuzating. Rasm asosida. uch-to‘rt gapli hikoya tuzing. Hikoyangizga sarlavha qo‘ying.
‒ Rasm asosida tuzgan hikoyangiz nima deyiladi?
‒ Biz ovoz orqali gaplar vositasida ifoda etgan nutqimizni qanday atash mumkin?
‒ Daftarga yozgan gaplaringizni-chi?
‒ Demak, biror narsa haqida suhbatlashsak, hikoya tuzsak, bu nutq bo‘ladi. Nutq gaplardan tuzilib, og‘zaki va yozma nutq bo‘ladi.


III. Mustahkamlash.
83-mashq sharti tanishtiriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga she’rni ifodali o‘qitadi. Matn yuzaidan suhbat o‘tkazadi. Suhbatda nutq hikoya, she’r shaklida ifoda qilinishi, she’r ham nytq ekani o‘quvchilarga tushunturiladi.

  • She’rda nechta gap bor?

  • She’rdagi gaplarning oxiriga qanday tinish belgilari qo‘yilgan?

  • Tinish belgilariga mos ohangda gaplarni o‘qing.

2-,4-,6-gaplarning ma’nolari ustida ishlanadi

G aplarni o‘qib, berilgan gaplarni mazmunan bog‘lab, matn hosil qilinadi.
Gaplarni oldida maxsus belgi bo‘ladi. Shu maxsus belgigi tartibsiz berilgan gaplar ostidaga 1-9 gacha bo‘lgan sonlarni gaplarning mazmuniga ko‘ra raqamlashlari lozim.

IV. Darsga yakun yasash va baholash.
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
V. Uyga vazifa.
84-mashq. „Bizning oilamiz“ mavzusida hikoya tuzing va yozing.
‒ Hikoyangiz nimalardan tuzildi?
‒ Siz fikringizni qay shaklda bayon qildingiz?
‒ Hikoyada gapning maqsadga ko‘ra qaysi turlari qatnashdi?


Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling