Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

49-mashqdagi
 maqollar daftarga ko‘chiriladi. Unlilar talaffuziga 
e’tibor beriladi. Har bir maqol og‘zaki sharhlanadi. Shuningdek, 
so‘zlardagi qisqa aytilayotgan unlilari bor so‘zlarning tagiga 
chiziladi. Ular imlosi haqida fikr bildiriladi.
1. Yoshlikda bilgani – toshga yozgani, Qarilikda bilgani muzga 
yozgani. 2.Bilmaslik ayb emas, bilishga tirishmaslik – ayb. 3. Dehqon 
bo‘lsang, shudgor qil, olim bo‘lsang, takror qil. 4.Bilimli kishi o‘zar, 
bilimsiz kishi to‘zar. 5. Ilm-u hikmat suvni yondirar.
50-mashq.
Boshqotirma yechiladi. Katakchalar ichiga beshta 
harfdan iborat so‘z joylashadi.
So‘zning to‘liq shakli – oldi-sotdi bo‘ladigan joy; boshidan birinchi 
harf olib tashlansabu so‘zdan yurak yaralanadi. 2 ta harf olinsaqattiq 
sog‘inch, 3 ta harf olib tashlansa, nomus, uyat ma’nolari ifodalanadi.
Yechim:
 BOZOR-OZOR-ZOR-OR.
Tovushlar o‘pkadan chiqayotgan havoning og‘iz bo‘shlig‘ ida 
to‘siqqa uchrashi yoki uchramasligiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: unli 
tovushlar va undosh tovushlar.
O‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa 
uchramasa, unli tovushlar hosil bo‘ladi. Tilimizda oltita unli tovush bor: 
a, o, e, o‘, u, i.


50
51-mashq. 
Uyga vazifa: “Internetning foydalari” mav zu sida 10–
12 ta gapdan iborat matn yaratish vazifasi yuklanadi. O‘quvchilarga 
matn yaratishlari uchun o‘qituvchi tomonidan kalit so‘zlar taklif 
etilishi mumkin.

14-d a r s. UNDOSH TOVUSHLAR
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarni vaqtni; moddiy va ma’naviy 
boyliklarimizni qadrlashga o‘rgatish;

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling