96
3. Maktabingizda 5 tashabbus bo‘yicha qanday ishlar qilinyapti?
145-mashqda
o‘quvchilarning YOZISH ko‘nikmasi orqali xotira-
lari mustahkamlanadi.
Ushbu vazifaning davomi sifatida “Men o‘qiganman, sen-chi?”
texnologiyasi yordamida harakat qilish mumkin.
1. Botir o‘lsa, nomi qolur, nomard o‘lsa, nimasi qolur? 2. Yov-
dan qo‘rqqan – yovga do‘st, Elni suygan – elga do‘st. 3. Tiz cho‘kib
yashaguncha tik turib o‘lgan yaxshi. 4. Tulkidan sher chiqmas,
Qo‘rqoqdan er chiqmas. 5. Qo‘rqoqda uyat bo‘lmas. 6. Qo‘rqoqqa ip
ilon bo‘lib ko‘rinadi
146-mashqda.
“O‘zbekiston tarixi” kitobidan olingan “ALP
ER TO‘NGA” matnini o‘qitish orqali o‘quvchilarning O‘QIB
TUSHUNISH ko‘nikmasiga diqqat qaratiladi.
Matnda ishlatilgan e va o‘ unlilarining talaffuzi, imlosiga
e’tibor beriladi. “Men bilaman, sen-chi?” texnologiyasi yor damida
o‘quvchilarning xalq qahramonlari haqidagi fi kr lari tinglanadi.
ALP ER TO‘NGA
Afrosiyob – Turon davlatining sha’ni, shavkati uchun qattiq kurash
olib borgan afsonaviy tarixiy shaxslardan biri. U –
yurtini yovuz
bosqinchilardan himoya qilgan ulug‘ sarkarda. Turkiy manbalarda bu
hukmdor Alp Er To‘nga nomi bilan tilga olingan. Demak, Alp Er To‘nga
va
Afrosiyob, aslida, bitta shaxsning turkey va forsiy nomlari bo‘lib, u
Turon davlatining asoschisidir.
Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘otit-turk” kitobida
Alp so‘zini quyidagicha izohlaydi: “Alp – botir, qahramon”. Turkiy
xalqlarda botir sarkardalar va
podshohlar nomiga, odatda, Alp so‘zi
qo‘shib ishlatilgan.
Demak, Alp Er To‘nga bu nomni
o‘ziga ism
qilib olgan dastlabki inson,
turkiy xalqlarning ilk podshohi dir.
(“
O‘zbekiston tarixi ”
kitobidan).
Do'stlaringiz bilan baham: