158-mashq.
Daftaringizga oxiri g yoki k undoshi bilan tugaydigan
10 ta so‘z yozing. Ularning talaffuziga e’tibor bering. Mashqni
bajarish uchun “Mehmon-mehmon”o’yinidan foydalanish tavsiya
etiladi. O’quvchilar “Imlo lug’ati” kitobi bor sinfdoshlarining
partasiga mehmonga boradilar va lug’atdan g va k tovushi ishtirok
etgan so’zlarni kitobdan ko’rib, eslab qolib, partadoshiga yetkazadi.
Partadoshi esa doskaga YOZADI.
Namuna: kerak, barg…
159-mashq.
Uyga vazifa. “Biz eshitgan ilk musiqa (qo‘shiq) –
ona allasi” mavzusida matn yarating. Foydalanish uchun so‘zlar:
go‘daklikda, tunlari, yoqimli, beshik, ovoz, ona, uyqu, tinglamoq,
tinchlanmoq, kuylamoq, xotirjam.
44-dars. Q VA G’ UNDOSHLARINING
TALAFFUZI VA IMLOSI
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga
Q
va
G’
undosh-
larining talaffuzi va imlosi haqida tushuncha berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga saxovat va bag’rikenglilik
g’oyalari singdirilgan matnni tahlil qilish orqali saxiy, insofl i farzand
etib tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda tinglab tushunish, o’qish,
101
yozish va gapirish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakl lantirish.
Topshiriq.
TINGLAB TUSHUNISH ko’nikmasini shakllan tirish
uchun mo’ljallangan. Ezop masalidan keltirilgan matnni diqqat
bilan o‘qing. Q va g‘ tovushlarining talaffuzi va imlosiga e’tibor
bering. Matn o’qituvchi tomonidan yoki audio shaklida eshittirilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |