Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

tavsiya etiladi.
Xasis va uning oltini
Xasis bir odam o‘zidagi bor-budini sotib, quyma oltin xa rid qildi. 
Eski hovli yo‘lagidan yurib bog‘ga kirdi, bir qoziq yonida to‘xtadi. 
O‘sha yerdan choh qazib, oltinni ko‘mib qo‘ydi. Har kuni yo‘lakka 
borar va xazinasining butun turga nidan xabar olardi. Xasis odamning 
ishchilaridan biri uning bu yoqqa serqatnov bo‘lib qolganini sezib qoldi 
va sababini bilmoqqa qaror qildi.
Tez orada ishchi ko‘milgan xazinaning sirini bilib oldi. Yerni kovlab, 
oltinni o‘g‘irlab ketdi. Ertasi kuni xasis qozig‘i yoniga kelib qarasa, oltin 
yashirilgan chuqur bo‘m-bo‘sh. U baqirib sochlarini yuldi, odamlarni 
qarg‘ay boshladi. Xasisning ahvolini ko‘rgan qo‘shnisi: “Iltimos, 
bunchalik qayg‘urma. Borgin-da, tosh olib o‘sha chuqurga tashla. 
Oltinning har doimgidek o‘sha yerda yotganini tasavvur qil: oltining 
chuqurda bormi-yo‘qmi, undan senga hech bir naf yo‘q edi-ku”, – dedi. 
(Ezop masallaridan)
160-mashq.
 TINGLAB TUSHUNISH ko’nikmasini shakllantirish 
uchun mo’ljallangan. Matnga tayanib, quyida keltirilgan voqealar 
rivojining ketma-ketligini raqamlar bilan belgilang.
1. Xasis odam o‘zidagi bor-budini sotib, quyma oltinga almashtirishga 
qaror qildi.
2. Bir odam xasisning oltinini o‘g‘irlab ketdi.
3. Xasis chuqur qazib, unga xazinani yashirdi.
4. Qo‘shnisi xasisga quyma oltinning o‘rniga tosh tashlashni maslahat 
berdi.
Yechim:
1. Xasis odam o‘zidagi bor-budini sotib, quyma oltinga almash 
tirishga qaror qildi.
2. Xasis chuqur qazib, unga xazinani yashirdi.
3. Bir odam xasisning oltinini o‘g‘irlab ketdi.
4. Qo‘shnisi xasisga quyma oltinning o‘rniga tosh tashlashni maslahat 
berdi.
161-mashq.
 TINGLAB TUSHUNISH ko’nikmasini shakllantirish 

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling