egizak
sekin
mavqe
o‘yinqaroq
qo‘rqinchli
obro‘
144-mashq.
Uyga vazifa. Quyidagi maqollarni o‘qib, mavzu ga
mos 10–12 ta gapdan iborat matn yaratiladi.
1. Odobli bola elda aziz. 2. Otang bolasi bo‘lma, odam bolasi bo‘l.
40-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarda i va u; e va o‘
unlilarining talaffuzi va imlosi haqidagi bilimlarni mustahkamlsh;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda yuksak axloqiy sifatlarni
shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda tinglab tushunish, o‘qish;
gapirish va yozish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish.
Yurtimizda ta’lim sohasidagi islohotlar haqida 3 daqiqalik
videolavha namoyish qilish; “Pinnbord” metodi yordamida darsni
boshlash mumkin.
Texnologiya:
5 tashabbus bandlari alohida-alohida varaqqa yozib, teskari
holda qo‘yiladi. O‘quvchilar bittadan varaqni olishlari, undagi
bandga taalluqli she’r yoddan aytishlari kerak. Xonada o‘tirgan
o‘quvchilar qaysi tashabbus haqida so‘z borayotganini aytadilar.
Varaq xattaxtaga tirkaladi.
Topshiriq.
Rasm asosida o‘quvchilar maktablarida besh tashab-
bus doirasida qanday ishlarni amalga oshirayotganlik lari haqida
gapiradilar. Qo‘llash uchun so‘zlar: texnologiya darsi, qo‘shiq,
kuylamoq, sport, musobaqa, kompyuter, internet, kitobxonlik, badiiy
asar, qizlar mehnati, e’tibor “Munosabat bildiring”da berilgan
savol-topshiriqlar o‘quvchilarda musta qil fikrlash, GAPIRISH
ko‘nikmalarsini shakllantirishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |