Oqimlarning hisoblash parametrlari. Noritmik oqimlarni masalalarini ishlash. Umumiy qoidalar


Download 0.76 Mb.
bet6/10
Sana19.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1610737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5.1-mashg\'ulot (1)

4. Teng va karra maromli oqimlar
Teng maromli oqimlarda barcha brigadalar ish maromlari tbr bir xil bo’lib, ular oqim maromiga teng, ya’ni tbr = tsh.
Grafiklar yordamida oqimning asosiy parametrlarini o’zaro bog’lab beradigan formulalarni keltirib chiqarish mumkin. Oqimdagi barcha brigadalar ishining umumiy davomliligi Tbr bir xil, obyekt bo’yicha ishlarning umumiy davomliligi To ni esa ikki T1 va T2 kabi ikki qismga ajratish mumkin. Bu holda

To = T1 + T2


(5.1)
Grafikdan
To = tsh (n+N-1)
(5.2)
ekanligi ma’lum.
Oqimning asosiy formulasi bo’lgan (5.1) formulasidan oqimning tsh maromi kancha kichik bo’lsa, ishlarning umumiy davomliligi ham shuncha kamligi ko’rinib turibdi. Ammo tsh qiymatining ehtimoliy kichraytirilishi oqimning ko’pgina omillari qiymatlari bilan cheklangan. Ularga birinchi navbatda quyidagilar kiradi: zaxvatkalar o’lchamlari, brigadalarning ishchilar soni va kasbiga doir rasional tarkibi, io’larni bajarish va ularni yondosh brigadalar orasida bog’lashning texnologik shart-sharoitlari va h.k.
Boshlang’ich ma’lumotlar xarakteriga bog’liq ravishda (5.2) formulasi bo’yicha oqimning turli elementlarini hisoblab topish mumkin. Masalan, qurilishning berilgan umumiy davomliligi va brigadalar va zaxvatkalar soni ma’lum bo’lganida oqim odimi kattaligi

(5.3)
To berilgan va tsh va N qiymatlari qabul qilingan holdagi brigadalar soni
(5.4)
Zaxvatkalar soni:
(5.5)
Agar zaxvatkada keyingi ishlarni ishlar texnologiyasidan kelib chiqqan holda faqat ma’lum tanaffusdan (masalan, bo’yash ishlariga qadar suvoqni quritish, polni yotqizish oldidan sement qatlamining qotishi va h.k.) keyin bajarish mumkin bo’lsa, demak texnologik tanaffuslar ttexn ga ehtiyoj yuzaga keladi.
Tashkiliy tanaffuslar ttashk qator hollarda mehnat muhofazasi shartlari bo’yicha, turli maromli oqimlarda esa – brigada ishi muddatlari surilishi natijasida yuzaga keladi. Agar bu tanaffuslar oqim odimi davomliligida hisobga olinmagan bo’lsa, ularning qiymatlari oqim umumiy davomliligining hisobiy formulasiga kiritiladi, ya’ni
(5.6)
Qurilish oqimining obyekt yoki kompleks doirasidagi rivojida uch davrni ajratib ko’rsatish mumkin: 1) oqimning yoyilish davri Tyoy, bunda oqimga uning maromiga teng bo’lgan interval bilan brigadalar va zarur mashinalar oldinma-ketin ishga kirishadilar; 2) barqaror oqim davri Tbar, unga ishchilarning doimiy va maksimal miqdori muvofiq keladi; 3) oqimning qisqarish davri Tqisqa, oqimdan uning maromiga teng bo’lgan interval bilan ishchi brigadalari (bo’g’inlari) oldinma-ketin chiqib ketadilar (Tqisqa shuningdek oqimning tayyor mahsulotini chiqarish davri ham hisoblanadi).
Oqimning yoyilish davri (Tyoy) quyidagi formulaga ko’ra aniqlanadi
(5.7)
Teng maromli oqimlarda yoyilish va qisqarish davrlari o’zaro teng, ya’ni
(5.8)
Mazkur davrlarni shuningdek ishchi kuchi harakati grafigidan ham ko’rish mumkin: Tyoy ab kesimiga; Tbarq bv kesimiga, Tqisqa esa vg kesimiga teng. ab va vg kesimlari o’zaro teng.
Agar oqimning birinchi brigadasi o’z ishini tugallayotgan, so’nggisi esa hali unga kirishmagan bo’lsa, u holda oqim nobarqaror deb nomlanadi. Bu zaxvatkalar soni N esa n+1 dan kichik bo’lgan hol uchun xos. Agar zaxvatkalar soni N n ga teng bo’lar ekan, bu holda oqimdagi ishchilarning soni ham hyech qachon maksimal qiymatga yetmaydi. Muayyan davrga kelib oqimdagi ishchilarning eng ko’p soni ularning barqaror oqimdagi ehtimoliy maksimal sonidan oqimning birinchi brigadasi ishchilari soniga kam. Agar zaxvatkalar soni N bu holda n dan kichik bo’lsa, unda ishchilar soni doim maksimal darajadan kam.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling