Oqimlarning hisoblash parametrlari. Noritmik oqimlarni masalalarini ishlash. Umumiy qoidalar


Oqim uslubining iqtisodiy samaradorligi


Download 0.76 Mb.
bet9/10
Sana19.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1610737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5.1-mashg\'ulot (1)

6. Oqim uslubining iqtisodiy samaradorligi
Oqimli uslubni qo’llash qurilish tashkilotlari ishi samaradorligi oshishiga ko’maklashadi. Yuqorida qayd etilganidek, bir xil ish uzoq vaqt davomida bajarilsa, mehnat unumdorligi ortib boradi; ushbu qonuniyat har qanday ko’lamli ishlab chiqarish faoliyati asosida yotadi.
Oqimli uslubdan foydalanishda samaradorlikning o’sishi quyidagi omillar hisobiga ta’minlanadi:

  • vaqt o’tishi bilan mehnat ko’nikmalarining takomillashib borishi.

  • ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish.

  • jihoz va uskunalarni takomillashtirish (ixtisoslashtirish).

  • loyiha yechimlarining quruvchilarning loyiha tuzuvchilarga teskari ta’siri natijasi sifatidagi qurilish texnologiyabopligining oshishi.

  • tashkiliy ko’nikmalarni takomillashtirish.

  • qurilish konveyeri maromini ishlab chiqish (barqarorlashtirish). Asosiy jarayonlarni bajarishda barqaror maromga erishish va unga rioya qilish qurilishning barcha ishtirokchilarini tashkillashtiradi va o’zaro bog’laydi. Bu qoidaga namuna sifatida “Mosstroy-3” tresti tajribasini keltiramiz. Ushbu trest bir qancha brigadalarni eng murakkab va mehnat talab qilgan 16 qavatli karkas-panelli uylarni tiklashga ixtisoslashtirib, ular qurilishini oqimli asosda yo’lga qo’ydi. O’zlari uchun yangi turkumni o’zlashtirishda brigadalar (o’zgarmas tarkib bilan) qurilish davomliligini asta-sekin birinchi uy qurilishidagi 8,5 oydan uchinchi uyda 6,7 oyga qadar qisqartirdilar. Bu natijaga, asosan, mehnat ko’nikmalarini takomillashtirish hisobiga erishildi.

D iagrammada qurilish davomliligi egri chizig’i keskin pasaya boshlaganligini ko’rish mumkin. To’rtinchi uydan boshlab brigadalar yakka konduktorlar, strubsinalar, ikki yoqlama narvon, podkos va boshqa turli moslamalar o’rniga 16 kolonnaga mo’ljallangan montaj konduktorlik komplektini oldilar. Undan foydalanish montaj qilinayotgan elementlarni o’rnatish va tekshirishga mehnat sarflari va kran vaqtini, montaj aniqligini saqlagan holda, deyarli ikki barobar qisqartirish imkonini berdi. Shu bilan birga yarim avtomatlar yordamida ulamalarni vannada payvandlash usuli o’zlashtirilib, bu bilan payvandchilarga bo’lgan ehtiyoj bartaraf etildi. Yangi jihozlarni o’zlashtirish davomida (ikkinchi omil) qurilish vaqti hamon qisqarib bordi. Aytish lozimki, guruhli konduktor narxi ancha qimmat bo’lib, uni faqat brigadalar ixtisoslashishi va uzoq muddatli oqim joriy etilishi sababli xarid qilish imkoni tug’ildi. Bu xarajatlarni oqlabgina qolmay, balki qo’shimcha samara ham keltirdi.
Oqimli uslubni ommaviy qo’llashga misol qilib AQSh da turar joy poselkalari qurilishini ko’rsatish mumkin. Urushdan so’ng ortga qaytgan faxriylarni uy-joy bilan ta’minlash masalasi dolzarb ko’rinish olgan payt developer Bill Levit ilk bor uy-joy qurilishiga avtomobil yig’ish konveyeri texnologiyasini taklif etdi va tatbiq qildi: “Biz zavodda, ichkarida yig’ish o’rniga ishchi kuchi va materiallarni tashqaridagi yig’ish liniyasiga yo’llar edik”. Maydoni taxminan 70 kv m ga teng, kichikroq, ammo o’sha vaqt uchun eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan, ishlaydiganlar uchun hamyonbop bir qavatli uylar qurishga qaror qilindi.
Butun qurilish jarayoni 27 ta alohida operasiyalarga bo’linib, o’z ishini obyektdan obyektga o’tib bajaradigan tor ixtisoslashgan brigadalar tashkil qilindi. Duradgorlar uyning yengil karkasini yig’ar, ular o’rnini oldinma-ketin tom yopuvchilar, plitachilar, bo’yoqchilar egallardilar. Ixtisoslashuv shunga bordiki, bir zveno faqat oq rang bilan, boshqasi qizil rangga bo’yaydigan bo’ldi. Bir ishchining kundalik vazifasi, masalan, uyda kir yuvish mashinasini o’rnatishdan iborat bo’lgan. Qo’llangan texnologiya malakaga ega bo’lmagan ishchi kuchidan foydalanish imkonini bergan – beshinchi uyda ana shu ishchi o’z vazifasini sifatli bajarish uchun zarur malakaga ega bo’lar edi.
Birinchi yili “Levit va o’g’illari” firmasi 2 mingta, to’rt yil davomida – 17,5 mingta uy qurib bitirdi. Umumiy hisobda mamlakatda oqimli qurilish texnologiyasini qo’llaydigan firmalar tomonidan 1,25 mln uy qurilib, ular tajribasi shuningdek ko’plab xorijiy kompaniyalar tomonidan qo’llandi. Bu kabi poselkalar levittaun deb nom oldi.
Sanoat qurilishida qurilish texnologiyasini oshirish omilining ta’siriga Stoylen GOKi qurilishini misol qilib keltirish mumkin. uning birinchi navbati ikki yildan ortiq, undan keyingilari esa har biri bir yil davomida tiklandi. Natija asosan loyiha yechimlarini takomillashtirish – avvallari monolit sifatida bajarilgan konstruksiyalarni yig’ma tarzda tiklashga o’tish orqali ta’minlandi. Shu bilan birga boshqa omillar – masalan, quruvchilar tajribasining o’sib borishi ham o’z ta’sirini ko’rsatdi.
Takrorlanadigan ishlarni (operasiyalar, jarayonlar va h.k.) bajarishdagi uzluksizlik samaradorlik ko’rsatkichlarini yuksaltiradi – mehnat sarfi, ish davomliligi va qiymatini pasaytiradi. Bu mehnatdagi ko’nikmalarni puxta egallash, jihozlarning takomillashuvi, bir maromdagi ta’minot va boshqa tashkiliy omillar hisobiga yuz beradi. tanaffusdan so’ng samaradorlik ko’rsatkichlari bir muncha pasayib, avval erishilgan darajaga chiqib olish uchun biroz vaqt talab qilinadi.



Oqimli uslublardan barqaror foydalanishning ijobiy omillari obyektlar qurilishi va ularni foydalanishga topshirish muddatlarining qisqarishiga, shuningdek loyiha quvvatlarini tezroq o’zlashtirishga, asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma (oborot) mablag’lardan yaxshiroq foydalanishga ko’maklashadi.
Qurilishning oqimli uslubini joriy qilishdan olingan umumiy iqtisodiy samara obyektlarni muddatidan avval ishga topshirishdan, qo’shimcha xarajatlarning shartli-doimiy qismining qisqarishidan, asosiy ishlab chiqarish fondlari va oborot mablag’lardan foydalanishni yaxshilashdan tejalgan mablag’larni o’z ichiga oladi.
Qurilish oqimli uslubidan ayniqsa turar-joy binolari qurilishida eng katta samara ta’minlanadi. UQK sharoitida ishlarni oqimli tashkil qilish qurilish jarayonining barcha ishtirokchilari uchun tabiiy shakl hisoblanadi. Bunda ishlar mehnattalabligi 25...40% ga kamayadi.
Sanoat obyektlari oqimli qurilishini tashkillashtirish oqimni rejalashtirish jarayonida, shu bilan birga uni ro’yobga chiqarish davomida katta kuch talab qiladi. Bu sanoat binolari hajm-rejalashtirish va konstruktiv yechimlarining turli-tumanligi, ish oqimlarini o’zaro bog’lash va moddiy-texnik ta’minotni tashkillashtirish va komplektlash murakkabligidan kelib chiqadi.
Ammo bu holda ham yirik sanoat obyektlarida oqimli qurilishni aniq tashkillashtirish ishlar mehnattalabligini – 15...20% ga, tannarxini esa 2...3% ga kamaytirish imkonini beradi.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling