Oqimlarning hisoblash parametrlari. Noritmik oqimlarni masalalarini ishlash. Umumiy qoidalar


Oqimli loyihalashtirishning umumiy prinsiplari


Download 0.76 Mb.
bet3/10
Sana19.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1610737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5.1-mashg\'ulot (1)

2. Oqimli loyihalashtirishning umumiy prinsiplari
Oqimli loyihalashtirish vazifasi rasional texnologiya va ishlarni tashkil etilganligini hisobga olgan holda majmua qurilishi umumiy davomliligini me’yor darajasida hamda resurslarning (brigadalar, mashinalar, mexanizmlar) uzluksiz ish bilan ta’minlaydigan parametrlarni belgilab olishdan iboratdir.
Qurilishda oqimli ishlab chiqarishni tashkillashtirish quyidagilarni ko’zda tutadi:

  1. O’zaro hajm-rejalashtirish va konstruktiv yechimlariga, ularni tiklash texnologiyasiga ko’ra yaqin bo’lgan obyektlarni aniqlash.

  2. Obyektlarni tiklash jarayonini imkon qadar mehnat talabliligiga o’zaro teng yoki bir-biriga yaqin alohida ishlarga ajratish.

  3. Ishlarni bajarishning maqsadga muvofiq ketma-ketligini belgilash, o’zaro bog’liq ishlarni umumiy birgalikdagi jarayonga aylantirib, sinxronlashtirish va bu bilan qurilish ishlab chiqarishining uzluksizligiga erishish.

  4. Alohida ish turlarini muayyan ishchilar brigadalariga biriktirish, alohida obyektlar va alohida obyektlarda ishlarni bajarish jarayonida brigadalar harakatini oqimga qo’shilish ketma-ketligini o’rnatish.

  5. Aksariyat ishlarning bir vaqtda bajarilishini va alohida ish turlari bajarilish davomliligi hamda yetakchi mashinalar va ishchi brigadalari soni o’rtasidagi uyg’unlikni hisobga olgan holda oqimning asosiy parametrlarini hisob-kitob qilish.

  6. Ishchilarning yetakchi qurilish brigadalari va mashinalarning obyektdan obyektga o’tish ketma-ketligini qurilishning rejalashtirilgan maromiga rioya qilinishini hisobga olgan holdagi hisob-kitobi.

Oqimni hisob-kitob qilishning asosiy masalasi ishchi brigadalari va mexanizmlardan ish frontini maksimal miqdordagi resurslar bilan ta’minlash hisobiga eng samarali tarzda foydalanishni ta’minlab beradigan qurilish davomliligini ehtimoliy qisqartirish hisoblanadi. Bunda barcha hisob-kitoblar tegishli qurilish tashkilotlari tomonidan oqimdagi ishlar hajmini bajarish uchun ajratilishi mumkin bo’lgan resurslarni real miqdoriga asoslanishi kerak.
Bir tipdagi binolarning har bir guruhi bo’yicha ishlarning texnologik ketma-ketligi belgilanadi va uchastkalarning rasional o’lchamlari va ularning soni aniqlanadi. Uchastkalar o’lchami, birinchi navbatda, obyektning hajmiy-rejalashtirish tuzilmasi, uskunalar tarkibi, shuningdek ihtisoslashtirilgan oqimlar rivojlanish xarakteri, ular tomonidan bajarilayotgan ishlar tarkibi va ular quvvatiga (unumdorligiga) bog’liqdir.
Zaxvatka (uchastka) qamrov – binoning bir qismi bo’lib, u bo’yicha ishlar hajmi doimiy tarkibdagi brigada (bo’g’in) tomonidan yaxlit obyekt qurilishini oqimli tashkil etilishini ta’minlaydigan muayyan maromda bajariladi.
Bino quyidagilarni hisobga olgan holda zaxvatkalarga ajratiladi. Zaxvatka o’lchamlari binoning rejalashtirish, hajmiy va konstruktiv yechimlari hamda uni tiklash bo’yicha asosiy jarayonlarning rivojlanish yo’nalishlaridan kelib chiqib o’rnatiladi. Zaxvatkalar tarzida takrorlanadigan oraliq(prolet)lar, seksiyalar, qavatlar, qavat-seksiyalar, binoning o’qlari, qatorlari va belgilarining muayyan guruhlari bo’yicha konstruktiv hajmlar qabul qilinadi. Binolarni zaxvatkalarga ajratish yuk tushadigan konstruksiyalarning zaxvatka chegarasidagi mustaqil ishlashi sharoitida zarur turg’unligi va makonga bog’liq ravishdagi qattiqligini hisobga olgan holda bajariladi. Zaxvatka chegaralari binoning konstruktiv bo’linishi – harorat va cho’kish choklariga mos kelishi maqsadga muvofiq bo’lib, bu ishni texnik shartlarni buzmagan holda to’xtatish va qayta boshlash imkoniyatini ta’minlab beradi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling