Oqimlarning hisoblash parametrlari. Noritmik oqimlarni masalalarini ishlash. Umumiy qoidalar
Maromi turlicha o’zgaradigan bir maromli bo’lmagan oqim
Download 0.76 Mb.
|
5.1-mashg\'ulot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Chiziqli-uzun inshootlar qurilishida oqimlar
Maromi turlicha o’zgaradigan bir maromli bo’lmagan oqim. Ana shunday oqimda har bir brigadaning zaxvatkalar bo’yicha ish maromi turlicha qiymatga ega bo’lishi mumkin. Shunga bog’liq ravishda oqim har bir alohida brigadasi ishining, birinchisidan tashqari, uzluksizligi, asosan, avvalgi brigada ishining tugash muddatini hisobga olgan holda navbatdagi brigada ishining boshlanish muddatini o’zgartirish hisobiga ta’minlanishi mumkin.
5. Chiziqli-uzun inshootlar qurilishida oqimlar Qurilishdagi chiziqli-uzun (davomli) obyektlar qatoriga temir va avtomobil yo’llari, o’tkazgich quvurlar, elektr uzatish va aloqa liniyalari va boshqa shu kabi obyektlar kiradi. Oqimli uslubning qurilishning ana shu kabi obyektlariga nisbatan mohiyati shundan iboratki, alohida jarayonlarni bajarayotgan barcha mexanizasiyalashgan brigadalar trassa bo’ylab bir-birining orasida muayyan interval saqlagan holda siljib boradilar. Chiziqli-uzun (davomli) inshootlar qurilishi uchun jarayonlarni bajarishning texnologik ketma-ketligiga qat’iy amal qilish, oqimda bir xil miqdordagi mashinalar va ishchilar qatnashishi xos bo’lib, bunda alohida ijrochilar qat’iy ravishda o’z ixtisosiga amal qilgan holda ishlaydilar. Ana shunday obyektlar qurilishida alohida ish turlari ham butun inshoot uzunligi bo’ylab bir tekis taqsimlanishi, shuningdek uning alohida uchastkalari bo’yicha jamlangan ham bo’lishi mumkin. Alohida uchastkalar bo’yicha ish hajmlari ancha katta bo’lsa, qo’shimcha oqimlar tashkil etilib, ular quvvati ishlarning bir vaqtda bajarilib, magistral bo’yicha bir vaqtda tugallanishini ta’minlaydi va bir yerda jamlangan ishlar xarakteri butun liniya bo’yicha bajariladigan ishlardan keskin farq qilishi mumkin. temir yo’l qurilishida, masalan, bu – ko’prik, tonnel qurilishi, o’tkazgich quvurlar qurilishida – nasos, kompressor, taqsimlash stansiyalari bo’lishi mumkin. Bu oqimlar chiziqli inshootlar oqimlari bilan bitta umumiy kompleks oqimga qo’shilishi mumkin. Bu turdagi inshootni tiklash uchun oqimning hisobiy parametrlari boshqa turdagi oqimlarning hisobiy parametrlari bilan bir xil. Chiziqli-uzun (davomli) inshshotlarning oqimli qurilishi muayyan ishlab chiqarish sikli asosida amalga oshiriladi. Masalan, elektr uzatish liniyalari qurilishida mexanizasiyalashgan kolonnaning ixtisoslashgan brigadalari tayyorlov ishlari, yer (tuproq) ishlari, poydevorni tiklash, tayanchlarni yig’ish va o’rnatish, sim va troslar montaji (yumalatish va tortish) kabi ishlab chiqarish operasiyalarini oldinma-ketin bajaradilar. Chiziqli-uzun (davomli) obyektni tiklashda ishlarning umumiy davomliligi quyidagi formula bo’yicha aniqlanishi mumkin (5.11) bu yerda L – inshoot uzunligi; v – brigadalarning trassa bo’ylab harakatlanish tezligi; Iuch – inshoot uchastkasining uzunligi (shartli zaxvatka). Doimiy (bir xil) tezlik bilan qurilayotgan chiziqli obyekt qurilishining siklogrammasi bir maromli oqim tasviri bilan bir xil. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling