Oqimning bir maromliligi ko’rsatkichlari. Oqimni tashkil etishda barqaror davrning eng uzoq davomliligini ta’minlashga harakat qiladilar. Oqimning bir maromliligini ishchilar sonining vaqtga bog’liq ravishda o’zgarishi yoki barqaror davr davomliligiga ko’ra baholaydilar.
Oqimning ishchilar soniga ko’ra bir maromliligi K1 – ishchilarning bir kundagi maksimal soni nmax ning oqimning ishlash vaqtidagi ularning bir kunlik o’rtacha soni no’rt ga nisbatidir, ya’ni
(5.9)
bu yerda no’rt= Qo/To Qo – oqimning ishlash vaqtidagi barcha ishlarning umumiy mehnat talabligi.
K1 qiymati doim birdan katta, ammo barqaror oqim davri qanchalik uzoq bo’lsa (bunga zaxvatkalar sonini ko’paytirish bilan erishiladi), K1 qiymati shuncha kichik, va aksincha.
K2 oqimining vaqtga bog’liq ravishdagi bir maromliligi – oqim barqaror davri davomliligi Tbar ning uning umumiy davomliligiga nisbatidir, ya’ni
(5.10)
Bu yerda K2 doim birdan kichik bo’lib, N ≤ n + 1, ya’ni barqaror bo’lmagan oqim uchun K2 = 0. barqaror oqim uchun K2 > 0 va uning qiymati N qancha katta va n qancha kichik bo’lsa, shu qadar kattalashib boraveradi.
Karrali maromli oqimni tashkillashtirishda quyidagi shartlarga rioya qilinadi: oqim maromi oqim brigadalari maromidan eng kichigiga teng, barcha brigadalar uchun tbr qiymati tsh ga karrali; bir xil jarayonni bajarayotgan brigadalar soniushbu brigada maromi karraliligi, oqim maromi qiymatiga teng.
Doimiy maromli oqim uchun berilgan barcha formulalar karrali maromga ega bo’lgan oqim uchun qo’llanilishi mumkin.
Bir maromli bo’lmagan oqimlar. Maromi bir xilda o’zgaradigan bir maromli bo’lmagan oqim uchun oqim brigadalari ishining shunday muddatlarini tanlash kerakki, bunda bir zaxvatkada bir vaqtning o’zida ikki turli brigada ishlamasin. Bu oqimli uslubning asosiy sharti bo’lib, bitta zaxvatkadagi navbatdagi brigadalar ishining boshlanishi orasida asosiz uzilishlar bo’lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |