O'qituvchi: Dedajanov Baxtiyor iqtisod fanlari nomzodi, dosent. Mavzu nomi: Nizo va stressni boshqarish Mashg’lot turi
Download 477.15 Kb.
|
11-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- • uyat • sarosimalik • jahl • nafrat
- • noumidlik • ranjish • tashvish • ozor
Ruhiy sabablarga — qattiq qo’zg’alish, ishtahani yo’qotish, voqealarga, odamlarga nisbatan e’tiborsizlik kabilar kiradi. Hayotda ruhiy sabablar tufayli vujudga kelgan stresslar judd tez-tez uchrab turadi. Masalan, odam o’zining (xudbinona) ehtiyojini xudbinlarcha qondirsa, ya’ni shuhratparastlik, hasadgo’ylik farovonlikka erishuv yo’lidagi qo’rquv, hokimiyatga intilish tufayli nopok faoliyat ko’rsatsa va uning bu holati o’zini mard va olijanob deb bilgan tushunchalarga mos kelmasa — shu holatda u o’z-o’zi bilan ziddiyatga, jazavaga tushgan holatda bo’ladi. Yoki boshqa bir ruhiy sabab — bu hissiy zo’riqish, ya’ni ehtiyojlarni qondirishga to’sqinlik qiluvchi omillar yoki taqdir zarbalari: • eng yaqin kishisining o’limi; • urush, janjal, nizo va hokazolar; qanday sabablar bo’lishidan qat’i nazar — ichki yoki tashqi ta’sirdanmi baribir odamda asabiy holatni yuzaga keltiradi. Organizm uchun salbiy tuyg’ular bo’lgan quyidagilar ham asabiylashish uchun ruhiy sabablar rolini o’ynashi mumkin. Asabiy holatning vujudga kelishi va uning o’tib ketishi, ruhiy halovatsizlikni bilish, uni bartaraf etish kabilar rahbarlik faoliyatining diqqat markazida turishi kerak. Asabiylashgan holatda: • ongli faoliyatdagi ayrim tomonlar to’xtashdan qoladi; • idrokda, xotirada anglashilmovchiliklar paydo bo’ladi; • kutilmagan qo’zg’alishlarga nisbatan ayni bir xil bo’shagan ta’sirlar yuzaga chiqadi; • diqqat va idrok ko’lami torayib, halovatsizlik kuchayadi va boshqalar. Shunday vaziyatlarda noxush holatning oldini olish, ya’ni uni boshqarish kerak. Buning uchun rahbar ishini nimadan boshlashi kerak? Eng avvalo u asabiylashgan odamga nisbatan kamsituvchi munosabatda bo’lmasdan, unga ziddiyat, halovatsizlik har bir shaxs hayotining ajralmas bo’lagi ekanligini, bunday holat nafaqat unda, boshqalarda ham bo’lishi mumkinligini, buni esa bartaraf qilishning iloji borligani anglatishi kerak. Bu asabiy holatni boshqarish va shunday vaziyatdan chiqishning eng qulay va oqilona yo’lidir. Hammadan ham xodim Sizning yordam berishga tayyor ekanligingizni sezishi kerak. Bu unga birinchi qadam qo’yishiga yordam beradi. Balki gapni shunday boshlagan ma’quldir: “Sezishimcha, Sizni nimadir qiynayotganga o’xshaydi, agar Sizga yordamim tegsa, men buni jon deb bajaraman. Marhamat, istagan vaqtingizda menga murojaat qilishingiz mumkin”. Suhbat davomida quyidagalarga e’tibor berish kerak: uning faoliyatini qiziqib kuzatib borayotganingizni, uning muammolariga jiddiy e’tibor berishingizni bildirishingaz kerak; unga ushbu suhbat, shu xonadan tashqariga chiqmasligi, hech kim xabardor bo’lmasligini eslating; uning muammosi uning “aybi” deb qaralmasligini tushuntiring; xodimni so’zladshga imkon bering, bir oz qiynalsa ham, to’xtalib qolganida ham so’zini bo’lmang, bu unga nisbatan betoqatlik va hurmatsizlikni bildiradi; uning muammolarini hal bo’lishiga yordam bera oladigan savollarni bering. Balki ziddiyatli, keskin deb anglanayotgan holat vahima qiladigandek unchalik jiddiy emasdir. Xodim bilan ushbu ruhdagi qilingan har bir suhbat, oqilona yordam, xodimni o’zini qo’lga olishi, o’ziga o’zi yordam bera olishiga olib keladi. Agar shu muammoni rahbarning bir o’zi hal etib qo’ya qolsa, xodimni o’sish imkoniyatidan mahrum etgan bo’ladi. Bunday tadbirkorona suhbatlar maxsus ajratilgan xonalarda, ya’ni kommunikatsiyalashgan joylarda o’tkazilgani yaxshi. Bu jarayonda rahbar shunga e’tibor berishi kerakki, har bir asabiylashgan holat, ziddiyatga kirishgan har ikki tomonning hozirgacha oshkor bo’lmagan kuchlarini ayon etadi, yuzaga chiqaradi. Stressning qay darajada kechishi unga nisbatan ta’sirlanishga, uni qanchalik his etilganiga bog’liq (chizma) Ehtiyoj Ehtiyojga bo’lgan ta’sirchanlik Ijobiy ta’sirchanlik Mos bo’lmagan ta’sirchanlik Stress Fiziologik ta’sirchanlik Ruhiy ta’sirchanlik
Minimal stress Kasbiy ehtiyoj Shaxsiy (baobro’ bo’lish, sog’liq,uzoq yashash va boshqa) Download 477.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling