2. Tahlika tug’diruvchi holatdan chiqishning sehrli formulasi.
Agar Sizni tahlikaga soladigan vaziyat paydo bo’lsa, quyida aytganlarimizni qiling:
a) o’zingizdan so’rang: “Bundan ham besh battar bo’lsa nima bo’ladi?"
b) o’sha “besh battar” ahvolga tayyorlaning;
v) yuzaga kelgan vaziyatni tahlil eting va uni o’nglashning eng maqbul choralarini topishga harkat qiling.
3. Tahlika nimalarga olib keladi?
Qo’rquv — jonsaraklik, vahima tug’diradi. Tahlika hissi bizning asablarimizni taranglashtiradi. Oshqozon, asab tolalariga ta’sir qiladi. Oshqozon shirasi tarkibining o’zgarishiga sabab bo’ladi. Bular esa o’z-o’zidan oshqozonda yara paydo bo’lishiga olib keladi. Doktor D. Montagu aytganiday: “Oshqozon yarasi Siz tanovul qilayotgan emas, Sizni yeyayotgan narsalar bois hosil bo’ladi”. Qo’rquv, bezovtalik, nafrat, xudbinlik, mavjud turmush tarziga moslashmaslik — oshqozon, yurak kasalligiga olib keladi, qon bosimining oshishi, bod, diabet, shamollashga sabab bo’ladi. Kasalliklarga quyidagi holatlar ham sabab bo’ladi: a) oilaviy ajralish, b) moliyaviy qo’rquv, v) yolg’izlik va xavotirlik hissi, g) uzoq vaqtgina saqlash.
Kuchni tiklashning eng yaxshi omillari qattiq ishonch (atrofdagi kishilarga, ishga bo’lgan), uyqu, musiqa va kulgudir. Yaxshi uxlashni o’rganing, musiqani seving, turmushning kulgili, qiziq tomonlarini ko’ra biling, ana shunda sog’liq va baxt doimo sizga hamroh bo’ladi.
“Behamlatlik bilan qanday kurashishni bilmagan odam hayotdan erta ketadi”, degan edi tibbiyot sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan doktor A. Karrel.
D. Karnegi bezovtalik hissini tahlil qilishning quyidagi usullarini ko’rsatadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |