8.4. Korxonani ishlab chiqarish quvvati va uni hisoblash
Korxona quvvati asosiy ishlab chiqarish fondlari tarkibidagi kuch beruvchi va ishchi mashinalarining miqdoriga, salmog’iga, ularning unumdorlik darajasiga bog’liq bo’ldi.
Korxona quvvati deb, dastgoh va ishlab chiqarish maydonlaridan, ilg’or texnologiya, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning ilg’or usullaridan to’liq foydalangan sharoitda yiliga (yoki har sutka, smenada) korxonaning eng ko’p mahsulot ishlab chiqarish yoki xom ashyoni qayta ishlash imkoniyatiga aytiladi.
Korxona quvvati mahsulot qaysi birlikda hisoblansa shu birliklarda aniqlanadi.
Korxona quvvati bazis yoki reja davriga nisbatan foiz hisobida ham ifodalanadi.
Masalan, shaxtalarda, tsement korxonalari, metallurgiya, neft sanoati va boshqa korxonalarda tonna hisobida, avtomobil ishlab chiqarish, g’isht ishlab chiqarishda dona; tekstil korxonalarida m. gazmollar, charm mahsulotlari ishlab chiqarishda kv. dtsm-da va x.k.
Bir necha turda mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda shartli – natural qo’rsatkichlar ishlatiladi. Masalan, tsement, traktor, sovun va boshqa xil mahsulotlar
ishlab chiqarishda. Korxona quvvati yil davomida ko’payib, kamayib turadi. SHuning uchun korxonaning haqiqiy mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlarini bilish uchun yillik o’rtacha quvvat reja davrining boshida amal qilayotgan korxonalarda quyidagi tartibda hisoblab topiladi.
O’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvatini (Qo’y) hisoblashda yil boshida bor
bo’lgan quvvatga (Qb) o’rtacha kiritiladigan yillik quvvat (Qkq) qo’shilib o’rtacha chiqariladigan yillik quvvat (Qchq) miqdori ayiriladi. Kiritiladigan va chiqariladigan quvvatlar yil o’rtasida bo’lsa ularni ishlagan va ishlamagan oylari hisobga olinadi (Tish):
Qo’y = Qb +
12
Кчу (12 Тиш )
Кку Тиш
12
Buning uchun ma’lumotlar korxonaning quvvat balansida berilgan bo’ladi. Agar kiritiladigan va chiqariladigan quvvatlarning vao’ti noma’lum bo’lsa, ularning o’rtacha yillik miqdori 0,35 darajasida olinadi. Bu qabul qilingan yagona normativdir.
Buning uchun quvvat balansi axborotlaridan foydalanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |