normasiga (Nd) (reja bo’yicha foydalanish koeffitsienti) yoki haqiqiy miqdoriga nisbati bilan topiladi. Buyumlarning tasdiqlangan chizmalar va texnik shartlar talabiga
mos kelgandagi og’irligi ularning sof og’irligi deb hisob qilinadi. Materiallardan foydalanishning bu qo’rsatkichi quyidagicha topiladi:
ÔÊì Bä Bóóþ ;
Hä Íáóþì
Agar tayyor mahsulotning sof og’irligi, 60 kg, harajat normasi 75 kg, haqiqiy harajat 80 kg bo’lsa, reja bo’yicha materiallardan foydalanish koeffitsienti 60:75=0,8 yoki 80%, haqaqiy koeffitsient esa 60:80=0,75 yoki 75% bo’ladi.
Ayrim hil sanoat tamroqlaridan – metallurgiya, mashinasozlik, tekstil sanoati va
boshqalarda materiallarda ketma-ket ishlov beriladi. Bunday sharoitda materiallardan foydalanish darajasi har bir ishlab chiqarish bosqichi bo’yicha alohida hisoblab chiqariladi. Korxona bo’yicha moddiy resurslardan foydalanishning umumiy qo’rsatkichi xususiy qo’rsatkichlarni o’zaro ko’paytirish yo’li bilan topiladi. Moddiy resurslardan foydlanish qo’rsatkichlarini va ulardan foydalanishni tahlil etishda quyidagilarni hisobga olish zarur:
- buyumlarni sof og’irligi har doim bir xil turmaydi.
- sanoatda mashina va uskunalarni og’irligini kamaytirib borish imkoniyatlari ko’pdir;
- buyumlarni, detallarni shakli, konfiguratsiyasi materiallarni isrofiga ta’sir qiladi;
- materiallardan foydlanish koeffitsienti ko’p jihatdan ishlab chiqarish texnologiyasiga, ishchilarning kasbi, mahorati va boshqalarga bog’liq bo’ladi;
- korxonaga kelib tushadigan xom ashyo materiallarning sifati.
Xom ashyo materillarning mahsulot birligiga harajat normasi quyidagilardan tashkil topadi:
- foydali harajat miqdori buyumlarni sof og’irligi;
- zaruriy texnologik chiqindiliar va isroflar (qiyqimlar, havo bilan birga foydali moddalarning qo’shilib chiqishi va h.k.).
Materillarning haqiqiy harajat miqdori normal ishlab chiqarish harajatlardan chetga chiqilgandagi isroflar va chiqindilar hisobiga o’zgarishi mumkin. Masalan, ishlab chiqarish texnologiyasiga rioya qilmaslik, hom-ashyoni saqlashdagi sharoitlarni yo’qligi, hom-ashyo sifatini pastligi va h.k.lar.
Do'stlaringiz bilan baham: |