32
6. Dasturlashning qanday sohalarida uzulishlar ishlatiladi?
7. Aniq bir guruh (OS,
apparatura, foydalanuvchi) uzulishlari haqida
ma'lumot bering
Adabiyotlar
[1], [2], [3], [4], [12], [19]
Ma’ruza № 9
Mavzu: Modullar kutubxonasini yaratish
Reja:
1. Modulli programmalash asoslari
2.
Modul interfeysi va turlari
3. Usulning qulayliklari
4. Zamonaviy tillar va modulli dasturlash
Tayanch iboralar: modul,
interfeys, ob’ekt, bo’lim, abstrakt tip,
modullarni
boshqarish, modul spetsifikatsiyasi.
Ma’ruza bayoni
Modulli programmalash zamonaviy texnologiyalardan hisoblanadi. Katta va
murakkab programma ta’minotini yaratishda avvalo
uning strukturasi va kompo-
nentalari orasidagi munosabatni aniqlash maqsadga muvofiq.
Struktura (tarkib) masalasini muhokama qilsak u holda quyidagi holatlarni
qarab chiqishimiz kerak:
a) Programma yagona moduldan iborat va uni ijro etish uchun operativ
xotira-
ga to’liq yuklash kerak;
b) Programma bir nechta segmentlardan (bo’laklardan) iborat va har bir seg-
ment kerakli paytda operativ xotiraga yuklanadi va ijro etiladi.
i- modul
o’rniga (i+1)- modul yuklanishi mumkin.
d) Programma rezident (bosh) qism va bir nechta norezident qismlardan iborat.
Rezident qism ish boshlanishida xotiraga yuklanadi. Norezident qismlar esa
navbat bilan ketma-ket yuklanadilar.
Shu va boshqa xususiyatlar programmaning tezkorligi
va xotirani egallashiga
katta ta’sir qiladi, programma modullari, kutubxonalarini
yaratish jarayonida
hisobga olinadi. Bu yerda bir nechta holatlar va usullar mavjud. Ularni qisqacha
ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: