O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi
Bosh miya shikastlari. Travmatik koma
Download 1.11 Mb.
|
Реаниматсия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gemosorbsiya yoki qonni suniy tozalash
- Limfatrob yol bilan limfa tomiri ichiga dorilar yuborish.
- Gemodializ yoki suniy buyrak.
- Boshqa jigardan foydalanish.
- 6.11. Komalarda hamshira tashxisi va parvarish rejasini tuzish
- VII bob OTKIR ZAHARLANISH, CHOKISH, BOGILISH VA BOSHQA SHOSHILINCH HOLATLARDA REANIMATSIYA VA JADAL DAVOLASH
- Nafas yo llarida bo ladigan o zgarishlar .
- Qonda boladigan ozgarishlar
- Yurak-tomir sistemasidagi ozgarishlar
- Oshqozon-ichak sistemasidagi ozgarishlar
- Markaziy asab sistemasidagi ozgarishlar
- 7.2. Zaharlanishlarda birinchi yordam va uni davolash
- Oshqozonni yuvish texnikasi.
- 7.3. Zaharli hayvon va hasharotlardan zaharlanish hamda birinchi yordam Qoraqurt
- Ari chaqqandan zaharlanish.
- 7.4. Suvga chokkanda birinchi yordam
6.10. Bosh miya shikastlari. Travmatik koma Bu xil shikastlanishlarga bosh miyaning silkinishi va bosh miyaning lat yeyishi kiradi. Balandlikdan yiqilganda, avtohalokat va kuchli portlashlarda miya shikastlanadi. Miya silkinishida miyada qo'pol o'zgarishlar paydo bo'lmay, miya po'stlog'ining tormoz-lanishi, qo'zg'alish jarayonlari va tomirlar tonusining pasayishi, Bajarilishi shart boigan muolajalar , Tekshirishlar natijalariga
35,8 ko'ra, bajarilishi shart gan muolajalar Komalarda muolajalar sxemasi: dorod berish; 2-Byulau usulida drenaj qo'yish; . ■ ■*—' ^Vj VO ГПЯ ТП inQ ПО 7/л r'O't" /^iilcVl* katetr- 9°П ai8' gazlar miqdorini aniqlash; 7—tana ■ y-Pulsn, aniqlash; 70-arterial bosim. tomirlar devorining o'tkazuvchanligi oshadi, natijada miya shishadi.
Miya silkinishi bilan bemor kasalxonaga yotqizilib davolanadi, chunki, silkinish asoratlari keyinchalik bemor hayoti va sog'-lig'iga ta'sir ko'rsatadi. Davolashda yotoq rejimiga rioya qilish, tinchlantiruvchi dorilardan foydalanish va miya shishuviga qarshi choralar ko'zda tutiladi. Miyaning lat yeyishi va silkinishi umumiy belgilar bilan xarakterlanadi. Lat yeyishda o'choqli belgilar ham paydo bo'ladi. Shikastlangan joydan tashqari miya zarar ko'rgan joydan qarama-qarshi tomonda ham miya lat yeyishi hollari uchraydi. Zarar ko'rish zonalariga qarab klinik belgilar namoyon bo'ladi. Ba'zan lat yeyish kalla suyaklari sinishi bilan birga kechadi. Lat yeyish uch darajaga bo'lib o'rganiladi: yengil, o'rtacha va og'ir darajadagi lat eyish. Kalla suyaklari singanda kalla suyaklari qopqog'i va asosi sinishi mumkin. Kalla suyaklarining qopqog'i singanda suyak siniqlari miya to'qimalarini bosib qolishi mumkin. Bunga miya qisilishi (kompressiyasi) deb aytiladi. Bosilish belgilari shikast yegan markaz ish faoliyatining buzilishi bilan xarakterlanadi va jarrohlik yo'li bilan davolanadi. Kalla suyaklarining asosi singanda „ko'zoynak" belgisi paydo bo'lib, quloq, burundan qon keladi. Ayrim hollarda qon kelmasligi ham mumkin. Kalla suyagining yopiq jarohatida quyidagi qon ketishlar bo'lishi mumkin: epidural gematoma — miya qatiq pardasi bilan suyak orasidagi gematoma; subdural gematoma — miyaning qatiq pardasi bilan yumshoq pardasi orasidagi gematoma. Kalla suyagining ochiq shikastlari bo'shliqqa kirib boradigan va kirib bormaydigan jarohatlarga bo'linadi. Ochiq jarohat og'ir kechadi va infeksiya uchun yo'l hisoblanadi. Ochiq jarohat -larda umumiy va o'choqli belgilar paydo bo'ladi yoki travmatik shok klinikasini eslatib, miya shishishi bilan xarakterlanadi. Bunda bemorning hushi uzoq vaqt davomida yo'qoladi, muhitni yaxshi baholay olmaydi, savollarga to'xtalib javob beradi, qayerda turganini bilmaydi, ayrim so'zlarni gapira olmaydi, bo'lgan baxtsizlik to'g'risida qayg'uradi. Ayrim hollarda gapirmaydi, savol-larga befarq bo'lib, ko'rsatilgan ta'sirotlarga g'o'ldirab javob beradi. Bemorning hushi yo'q, miya po'stlog'i ishdan chiqadi, po'stloqosti markazlari o'zicha ishlaydi, ta'sirotlarga javob yo'q; o'tkir yurak-tomir va nafas yetishmovchiligi o'rtacha rivojlangan; miya jaro-hatlari bemor hayoti uchun xavfli bo'lib, bemor tuzalgandan keyin ham keyingi asoratlari, ya'ni meningit, ensefalit, absess, aroxnoidit, epilepsiya va turli xil nevrologik asoratlar qoldiradi. Elekroensefalografiya — elektroensefalograf asbobi yordamida bosh miya elektr zaryadlari aktupka sun'iy ventilat-siyasini yozib o'rganadi. Asbob yordamida miyaning hamma yerida bo'ladigan biotoklarni yozib olish mumkin. Elektroensefa-lografiya yordamida kasallik joylashgan markazni, tomirlar kasalligini, epilepsiya markazini, miya o'smalari joylashgan markazlarni aniqlash mumkin. Sog'lom kishilarda elektroensefa-lografiya, asosan, alfa, betta va delta to'lqinlarni yozadi. Miya o'zgarishlarida shu to'lqinlar yuqori, past yoki yo'qolishi ham mumkin. Roensefalografiya — bosh miyada qon aylanishini o'rganadi. Turli jarohat, operatsiya va zaharlanishdan keyin bosh miya shishuvi sodir bo'ladi. Bundan tashqari, miya shishuviga ko'pincha /gipoksiyavaallergikreaksiyalar ham sabab bo'ladi.
va dorilar yordamida miyani vaqtincha blokada — tinchlantirish katta ahamiyatga ega. Miya o'limiga miya shishuvi sabab bo'ladi. Miya shishuvi natijasida tomirlar qisiladi, miyada qon aylanishi buziladi, miya qonsizlanib qoladi va nekrozga uchraydi. Har qanday terminal yoki o'ta og'ir holatlar gepatorenal sindrom bilan kechadi. Terminal holatga olib keladigan sabablar va ularning zaharli mahsulotlari jigar va buyrakka bir vaqtda ta'sir qiladi va o'tkir buyrak yetishmovchiligini keltirib chiqarishda muhim rol o'ynaydi. Shularni hisobga olib terminal holatlarni davolaganda jigar va buyrak ishini nazorat qilishga e'tibor berish, ya'ni diurezni stimulatsiya qilish va jigar faoliyatini yaxshilash zarur. O'tkir jigar, buyrak yetishmovchiligi yoki terminal holatlarda keng qo'llaniladigan davolash usullarini ko'rib chiqaylik. Bu usuUar bir-birini to'ldiradi va har qaysisi o'z ko'rsatmasiga ega (8-rasm). Peritonial dializ. Qorin parda orqali bir soatda 3—6 litrgacha suyuqlik so'rilishini hisobga olsak, peritonial dializning qanchalik foydali ekanini (zaharlangan organizmning tozalanishida) ko'rish mumkin. Bunda dializga quyiladigan suyuqlik tarkibiga e'tibor berish kerak. Ular tarkibi turli xil bo'lishi mumkin. Petrov suyuq-ligining tarkibi quyidagicha: 5—6 g natriy xlor, 0,2 g kaliy xlor, 0,20 g kalsiy xlor, 0,60 g natriy limon kislota, 0,36 g soda, 5 g glukoza va bir litr distillangan suv. Dializ o'tkazilganda qon plazmasi bilan dializ suyuqligi o'rtasida almashinuv jarayonlari ta'minlanishi kerak. Peritonial dializ jarrohlik yo'li bilan amalga oshiriladi. Qorin bo'shlig'iga rezina naychalar qo'yiladi, shu naychalar orqali 4—6 litrgacha suyuqlik yuborilib, pastki naychalardan suyuqlik chiqarib yuboriladi. Bu jarayon bemorning ahvoli yaxshilanguncha davom ettiriladi. Gemosorbsiya yoki qonni sun'iy tozalash maqsadli ko'rsat-malarga ega. Bu maqsadda bemor qoni maxsus sorbentlardan o'tkazilib bemorning o'ziga qayta quyiladi. Natijada qon tarkibidagi zaharli moddalarni aktupka — sun'iy ventilatsiyalangan ko'mir o'ziga tortib oladi. Sorbentlar turli xil bo'lishi mumkin. Limfasorbsiya organizmdan bir kecha-kunduzda 6—8 litrgacha limfa suyuqligi ajralishidir. Shuning uchun ham o'tkir zaharlanishlar yoki kritik holatlar, o'tkir jigar-buyrak yetishmovchiligi va o'tkir buyrak yetishmovchiliklarida limfasorbsiyaning o'rni muhimdir. Bu maqsadda ko'krakda limfa yo'li topilib, limfa yig'iladi. Yig'ilgan limfa sorbentlar orqali o'tkazilib qayta organizmga quyiladi. Limfatrob yo'l bilan limfa tomiri ichiga dorilar yuborish. Bu maqsadda oyoqning birinchi va ikkinchi barmoqlari orasiga novokainga qo'shilgan rangli eritma yuboriladi. Yuz qismidan sekin limfa tomiri topiladi va unga katetr qo'yiladi. Shu katetr orqali hamma antibiotiklar yoki kerakli muolajalar o'tkaziladi, natijasi juda yaxshi. Gemodializ yoki sun'iy buyrak. Bu yo'l bilan qondagi zaharli moddalar — metabolitlarni tozalash mumkin. Xususan, o'tkir buyrak yetishmovchiligi va zaharlanishlarda keng qo'llaniladi. Apparat maxsus tayyorlangan mutaxassislar tomonidan ishlatiladi. Plazmofarez. Bu maqsadda bemordan qon olinadi va qonni katta tezlikda aylantirib, plazma qismi ajratiladi. Natijada qonning asosiy oqsillari: albumin, protein, fibrinogen, trombin va kriopretsitatlar, gammaglobulinlar ajratib olinib, kerakli maqsadda ishlatiladi. Qonning quyuq qismi esa donorga qaytib quyilishi yoki shunday usul bilan bemordan qon olinib, ajratilgan plazmasi, sorbentlar bilan tozalanib, kasalga quyilishi mumkin. Bu usul o'tkir zaharlanishlar, o'tkir buyrak yetishmovchiligi va o'tkir buyrak-jigar yetishmovchiliklarida, terminal holatlarda keng qoilanib kelmoqda. Boshqa jigardan foydalanish. Bu maqsadda bemorning qoni cho'chqaning jigari orqali o'tkaziladi. Bu bilan bemor qonidagi metabolitlar ushlanib qoladi. Bu usul jigarni detoksikatsiya qilishda asosiy o'rinni egallaydi. Eng keng tarqalgan va foydali yo'llardan yana biri, bemor qonini sog'lom donor jigari orqali o'tkazish hisoblanadi. Bunda bemor jigaridagi va organizmidagi metabolitlar donor jigarida ushlanib qoladi. Siydikni sun'iy yo'l bilan zo'rlab chiqarish ham detoksikatsiya usullarida o'tkir buyrak yetishmovchiligi va o'tkir buyrak-jigar yetishmovchiliklarida qo'llaniladi. Terminal holatlarda bu maqsadda bemorga 4—5 litr turli xil suyuqliklar quyilib, siydik haydovchi dorilar o'tkaziladi. Maqsad organizmdan metabolitlarni olib chiqish, jigar, buyrak va yurak ishini yaxshilashdan iboratdir. Yuqoridagilardan tashqari, o'tkir buyrak yetishmovchiligi va o'tkir buyrak-jigar yetishmovchiligi hamda terminal holatlarni davolashda jigar komasi va ensefalopatiyasini davolashda giperbarik oksigenoterapiya muhim rol o'ynaydi. Xususan, jigar ensefalopatiyasini davolashda oshqozon, ichaklardagi qoldiq va chiqindilarni tozalash, oshqozon va ichaklarni yuvish texnikasini qo'llash maqsadga muvofiqdir.
38 yoshli bemor og'ir holatda tez yordam mashinasida tez tibbiy yordam bo'limiga keltirildi. Anamnezi, umumiy ko'rinishi, patogenezi, klinik belgilari va kasallikning kechishiga qarab shifokorlar giperglikemik koma, qandli diabet, insulinga muhtojlik formasi, dekompensatsiya darajasi, ogranizmda jarohatlanish borligini aniqladilar. Yo'ldosh kasali — surunkali gepatit, surunkali piyelonefrit. O'ng oyoqning bosh barmog'iga qarab diabetik gangrena (diabet asorati, angiopatiya) tashxisi qo'yilgan. Hamshiraga biriktirilgan xonaga bemor yotqizildi, palata shifokoridan tegishli ko'rsatma, muolaja va topshiriqlar olib, hamshira ishga kirishdi.
Bemordan ma'lumot yig'ayotganingizda bemor ehtiyojlari, imkoniyatlari, kasallik rivojlanish tarixiga, boshidan o'tkazgan kasalliklarga, oldin ham shu holatga tushganmi-yo'qmi, hozirgi ahvoliga baho beriladi. Bemorning hushi bo'lmasa, yaqinlaridan kerakli ma'lumotlar to'planadi. Bemor yoki yaqin kishilari bilan suhbat o'tkazganingizda kommunikatsiya tamoyillariga e'tibor beriladi. Bemorning barcha ko'rsatkichlarini tekshirib chi-qing. Yuqoridagilarni kuzatuv varaqasiga yozib, hammasini umumlashtiring, tahlil qiling va ro'yxatga olib qo'ying. Endi tashxis qo'yishga urunib ko'ring-chi? Bunda siz bemor muammolarini, qaysi muammo birinchi, uni kechiktiib bo'lmasligini, kechiktirilsa ikkinchi muammo paydo bo'lishini aniqlaysiz. Yuqoridagi bemorni olsak, u komada, nafas yo'llarini
tozalay olmaydi, balg'am nafas yo'llarini berkitib qo'ymoqda, natijada gipoksiya kuchayib bormoqda. Gipoksiya nimalarga olib kelishini oldingi mavzulardan yaxshi bilasiz. Demak, nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini ta'minlash va kislorod ulash kerak. Bemor oshqozoni to'la bo'lsa, regurgutatsiya bo'lishi xavfi bor. Demak, shifokorni chaqirib oldin bemorni intubatsiyaga tay-yorlash, tashxis qo'yishda muammolarni keltirib chiqaradigan sabablar, kasallik simptomlari va ko'rsatkichlaridan foydalanasiz; Gordon formulasini qo'llang. Demak, tashxisingiz quyidagicha: bemorning ahvoli og'ir, hushsiz; nafas yo'llari balg'am bilan berkilgan; nafas tez — bir daqiqada 38—45 ta , lablari ko'kimtir, tana harorati ko'tarilgan; tanasi terlagan, tomir urishi tez — bir daqiqada 132 ta, qon bosimi ko'tarilgan bo'lib, 160/100 mm.sim.ust.ga teng, ish bosimi bemor kelganda 110/70 mm. sim. ust. edi. Muolajalarga reaksiyasi yaxshi emas, oshqozon to'la, siydik miqdori kam, vaqti-vaqti bilan mushaklari uchib turibdi; qon, siydikda qand miqdori 20 mol; siydikda kuchli musbat va boshqa bioximik klinik tahlillar javobi belgilanib tashxis qo'-yiladi. Zarur bo'lsa, shifokorni chaqirib, birgalikda muammolarni hal qilasiz. Sizning tashxisingiz to'g'ri baholangan bo'lsa, shifokor yoki konsultant kuzatuv varaqasini olishi bilan tash-xisingizga e'tibor qaratib, choralar ko'rishga kirishadi. Siz ishingizni davom ettirib, bemor holatidan kelib chiqqan holda ko'rsatmalarga tayanib parvarish rejasini tuzasiz. Birinchi nav-batda qilinadigan ishlarni hal qilishga kirishasiz, muammolarni bemor (agar hushi bo'lsa) yoki uning qarindoshlari bilan hal qilasiz. Kerak bo'lsa, muhokama ham qilasiz. Muammolarni bemorga va uning qarindoshlariga tushuntirish kerak. Shundagina parvarish rejasini amalga oshirish uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi. Keyingi qiladigan ishingiz — tuzilgan rejani amalga oshirish. Rejani amalga oshirishda mustaqil harakat qilishingiz mumkin. Bajarilgan ishlarni baholab, o'tkazilgan muolajalardan keyin bemorda qanday o'zgarish bo'ldi, og'irlashdimi, qanday usullar qo'llasak yoki dorilar miqdorini ko'paytirsak, bemorga yaxshi bo'lishi mumkinligini belgilab, kuzatuv varaqasiga vaqti bilan yozib qo'yiladi. Agar parvarish rejasidan foyda kam bo'lsa, bemorning har tomonlama shart-sharoitlari hisobga olinib, parvarish rejasi qayta tuziladi. NAZORAT SAVOLLARI Koma nima? Komaga yaqin yana qanday holatlarni bilasiz? Insult nima? Nima sababdan insult yuz beradi? Birinchi yordam qanday amalga oshiriladi? Ishemik insultning gemorragik insultdan farqi nimada? Miya shishuviga nimalar sabab bo'ladi? Birinchi yordamda, miya shishuvida qanday dorilar ishlatiladi? Asab sistemasi jarohati nimalardan iborat? Travmatik komada qanday birinchi yordam ko'rsatiladi, bemor qanday keltiriladi? Lat yeyish, miya silkinishining bir-biridan farqi nimada? Hush yo'qotish darajalari haqida nimalami bilasiz? Elektroensefalografiya nima, vazifalari nimalardan iborat? Qaysi belgilariga qarab miyani o'lgan deb aytish mumkin? Orqa miya punksiyasi uchun hamshira qanday asboblarni tayyorlashi kerak? O'tkir buyrak yetishmovchiligi, sumnkali buyrak yetish- movchiligi nima? Uremik komada birinchi yordam qanday bo'ladi? Endogen komaning qanday turlari bor? Jigar komasi nima sababdan kelib chiqadi, klinik belgilari, birinchi yordam qanday bo'ladi? Jigar komasida qo'llaniladigan dezintoksikatsiya qiluvchi usullar to'g'risida nimalarni bilasiz? Komalarda hamshira tashxisini qo'ying, parvarish rejasini tuzing. Komalarda kuzatish varaqasini to'ldiring. Komalarda qanday kuzatish hollarini bilasiz? Qanday tahlillar olib ularga e'tibor berasiz? Komalarda tez sodir bo'lib turadigan xavfli sindrom — Mendelson sindromining oldini olish choralarini bilasizmi? Komalarda ovqatlantirishni qanday amalga oshirasiz? Komalardagi parvarish usullarining boshqa parvarish usullaridan farqi nimada? TESTLAR /. Koma so'zining ma'nosi qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan? A. O'zini-o'zi himoya qilish. B. Tebranish. С Qo'zg'alish. D. Chuqur uyquga ketish. E. A va D javoblar to'g'ri.
A. Jigar va o't yo'llari kasalliklari. B. Sirroz. C.Gipoksiya va og'ir shikastlar. D. Shok holatlari. E. Barcha javoblar to'g'ri. 3. Miyaga qon quyilishi natijasida sodir bo 'ladigan кота qanday nomlanadi? A. Gipoglikemik koma. B. Apopleksik koma. C. Uremik koma. D. A va С javoblar to'g'ri. E. Hamma javoblar to'g'ri. 4. Buyrak kasalliklari natijasida yuzaga kelib, qonda siydik miqdori ко 'payadi, azot qoldiqlari bilan organizm qattiq zaharlanadi. Ushbu ta'rif qaysi komaga tegishli? A. Uremik koma. B. Apopleksik koma. C. Gipoglikemik koma. D. Jigar komasi. E. Barcha javoblar to'g'ri. 5. O'tkir buyrak yetishmovchiligining 3-bosqichi qanday nomlanadi? A. Poliuriya bosqichi. B. Oligoanuriya bosqichi. C. Sog'ayish bosqichi. D. Boshlang'ich bosqich. E. Kompensatsiya bosqichi. VII bob O'TKIR ZAHARLANISH, CHO'KISH, BO'G'ILISH VA BOSHQA SHOSHILINCH HOLATLARDA REANIMATSIYA VA JADAL DAVOLASH 1.1. Zaharlanish haqida tushuncha Zaharlanish organizmga yot narsalarning tushishi oqibatida sodir bo'ladigan patologik o'zgarish hisoblanadi. Zaharlanishlarning o'tkir, surunkali, ekzogen va endogen turlari bor. Ekzogen zaharlanish deganda, tashqi muhitdan organizmga biror bir yot narsa kirishi oqibatida zaharlanish, endogen zaharlanish esa organizm o'z mahsuloti bilan o'zini zaharlashi tushiniladi. Zaharlanishlar kelib chiqishiga qarab quyidagicha bo'ladi: xo'jalik ishlari bilan bog'liq zaharlanish; ishlab chiqarish bilan bog'liq zaharlanish, ya'ni texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida kelib chiqadigan zaharlanishlar; o'z joniga qasd qilish natijasida kelib chiqadigan zaharlanish; tibbiyotda qo'llaniladigan dorilardan zaharlanish; biologik yoki turli xil hasharot, hayvon yoki gazandalar chaqishidan zaharlanish; sifatsiz ovqatlar, ichimliklar va narkotiklarni iste'mol qilish natijasida kelib chiqadigan zaharlanishlar va hokazolar. Qishloq xo'jaligi, ishlab chiqarish, sanoat rivojlanishi bilan bog'liq zaharlanishlar foizi ham o'sib bormoqda. Zahar qanday yo'l bilan organizmga tushadi? Zahar oshqozon-ichak, nafas yo'llari, teri, shilliq qavatlar, qon hamda turli muolajalar orqali organizmga tushadi. Zaharlanishlarning klinik belgilari va patogenezi, zaharlangan a'zo yoki sistemaning qaysi darajada zaharlanganligiga, zaharlovchi moddaning kuchiga, zaharlanish yo'li, o'tgan vaqti, zahar miqdori, berilgan yordam hajmi va makroorganizmning holatiga bog'liq bo'ladi. Zaharli moddalar organizmga qaysi yo'l bilan tushmasin, klinik jihatdan toksikogen va samotogen fazalarda kechadi. Toksikogen fazada zahar organizmga so'rilib, butun a'zo va to'qimalarni zaharlab, buzib, toksik shok keltirib chiqaradi. Birinchi yordamdan keyin yoki organizm o'zi kurasha olmasa, samotogen fazaga o'tadi. Bu faza a'zo va sistemalarda chuqur asoratlar qoldirish bilan ifodalanadi hamda ikkilamchi kollaps chaqiradi. Bu kollaps bemor taqdirini hal qilishi mumkin. Zahar organizmga tushgandan keyin o'z yo'lida to'qima va a'zolarning faoliyatini ishdan chiqaradi yoki nekrozga olib keladi. Bu holat, xususan, qon bilan ko'p ta'minlangan a'zolarda namoyon bo'ladi va qaysi a'zo zarar ko'rishiga qarab klinik belgilari quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi. Nafas yo'llarida bo'ladigan o'zgarishlar. Nafas markazining zarar ko'rishi yoki uning paralichi natijasida nafas olish va chiqarish jarayonlari buziladi. Hiqildoq stenozi va bronxdan suyuqlik ko'p ajraladi, nafas yo'llarining berkilishiga olib keladi. Bu holat o'z navbatidagipoksiyani kuchaytirib, tonik vakloniktutqanoqlarga olib kelishi mumkin. Bu bronxoreya fosfor bilan zaharlanganda ko'zga tashlanadi. Oldini olish uchun 0,1 % li atropindan kuniga 20—24 ml qo'llaniladi va nafas yo'llari so'rg'ich bilan tozalab turiladi, zarur bo'lsa, intubatsiya qilinib, sun'iy nafas berishga ham o'tish mumkin. Zahar ta'sirida o'pka yallig'lanadi, anti-biotiklar ta'siri esa kam bo'ladi. Ingalatsiya moddalari bilan zaharlanish nafas yo'llarining shilliq qavatini buzadi, natijada traxeobronxit, stenoz kabi asoratlar sodir bo'ladi yoki bronxial astma klinikasini berishi mumkin. Umuman olganda nafasni markaziy boshqarish hamda nafas mexanikasi buziladi, o'pka shishi degan sindromlar sodir bo'lib, shish boshqa o'pka shishlariga qaraganda klinik og'ir kechadi. Davolanishi bilan boshqa o'pka shishlaridan tubdan farq qiladi. Bemorlarda quruq yo'tal, darmonsizlik, ko'krak qafasida og'riq bo'lib, gipoksiyabelgilari ko'zga tashlanib turadi. Asoratlariga kelsak, o'pka yallig'lanishi, o'pka shishi, o'pka abssessi va gangrenasi kabi asoratlarni ku-zatish mumkin. Qonda bo'ladigan o'zgarishlar, asosan, eritrotsitlar va gemoglobinning gemolizi bilan bog'liq bo'lib, karboksigemoglobin miqdori, metgemoglobin va erkin gemoglobinning ko'payishi bilan ifodalanadi. Xususan, qon zaharlari bilan zaharlangan bemorlarda gemoglobinni ishlash qobiliyati umuman yo'qoladi. Bemorlar shilliq qavatlarining rangi ko'kimtir bo'ladi. Oradan ma'lum vaqt o'tgandan so'ng, qonda anemiya, leykotsitlar, fermentlarning ko'tarilishi kabi holatlar, gemogipoksiyabelgilari sodir bo'ladi. Uni zaharlanishdan farqlash uchun bemor qonining bir tomchisini idishga olib ko'rganda rangi tezda o'zgaradi. Bunday bemorlar barokameralarda davolanadilar va antidodli terapiya qo'llaniladi. Yurak-tomir sistemasidagi o'zgarishlar gipotoniya, aritmiya, ekzotoksik shok ko'rinishida namoyon bo'lishi mumkin. Gipertonik sindromlar shok yoki zaharlanishning oldingi fazalariga to'g'ri keladi. Chunki zaharlanishning dastlabki bosqichlarida zaharli moddalar so'rilib, tomirlar devorini spazmga uchratadi, natijada gipotoniya ,yurak yetishmovchiligi esa tomirlar ichida aylanib yurgan qon miqdori va gipovolemik holat natijasida kelib chiqadi. Yurak ritmining buzilishi, zahar yurakning o'tkazuvchi yo'llariga ta'sir qilishi va organizmdagi suv-tuzlar mutanosibligi buzilishi oqibatida kelib chiqadi. Oshqozon-ichak sistemasidagi o'zgarishlar alohida ko'zga tashlanadi. Bu holat bemorda qusish, qon ketish, ich ketish, qorinda og'riq, shish kabilar bilan xarakterlanadi. Oshqozon-ichak sistemasidagi kuyishlar, kontakt yaralarning hosil bo'lishi, shu a'zolarda chuqur patologik o'zgarishlarga olib keladi. Jigarning funksiyasi buziladi, bemor organizmi sarg'ayib ketadi. O'tkir buyrak va jigar yetishmovchiligi belgilari sodir bo'ladi va bemor jigar hamda uremik koma holatiga tushadi. Markaziy asab sistemasidagi o'zgarishlar zaharlanishning dastlabki bosqichlarida namoyon bo'ladi. Bemor qo'zg'aluvchan, bezovta, baqirib-chaqirib muolajalar o'tkazishga qo'ymaydi. Zaharning miyaga ta'siri kuchayib borgach, befarqlikka o'tadi, savollargajavob bermaydi.Toksikgipoksiya, miya shishi vatoksik ensefalopatiya belgilari paydo bo'ladi. Bemor o'z harakati va gaplariga javob bermaydi, vaqtga, joyga nisbatan nazoratni yo'qotadi. Vaqti-vaqti bilan tutqanoqlar tutadi, hushini yo'qota boshlaydi; a'zolar sistemasidagi funksional va patologik o'zgarishlar markaziy buzilishlarga aylanadi; bemor gipoksik vatoksik komaga tushadi. Umuman olganda o'tkir zaharlanishlarda organizmdagi barcha sistema va a'zolar zarar ko'radi. Zahar katta konsentratsiyaga ega bo'lsa, so'rilish xususiyati ham katta va tez bo'ladi, sanoqli soniya va daqiqalarda qon orqali hamma sistemalarni aylanib o'z ta'sirini ko'rsatadi. 7.2. Zaharlanishlarda birinchi yordam va uni davolash O'tkir zaharlanishlarni davolashda quyidagilar ko'zda tutiladi: zaharni organizmdan tezda chiqarib tashlash; antidodlar yordamida zahar ta'siri va so'rilishini kamaytirish; hayot uchun zarur bo'lgan a'zo va sistemalar ishini boshqarish va yaxshilash; asoratlarini davolash. li Tibbiyot xodimi bemorga yordam ko'rsatishda zudlik bilan zaharlanish sababi, zaharlovchi modda xarakteri, zaharlanish muddati va miqdori, zaharning organizmga tushgan yo'lini va o'tgan vaqtni aniqlashi kerak. Ingalatsion zaharli moddalar bilan zaharlangan bemorlar toza havoga olib chiqiladi, nafas yo'llari tozalanib ularning o'tkazuvchanligi ta'minlanadi. Zaharli modda teri yoki ochiq joyga tushgan bo'lsa, suv bilan yuviladi. Organizm bo'shliqlariga (qin, siydik qopi yoki oshqozon-ichaklar) tushgan bo'lsa, huqna va chayish yo'li bilan yuviladi. Zaharli hayvon yoki hasharotlar chaqqan bo'lsa, chaqqan joyiga jgut qo'yilib, blokadalar qilinadi, muz xaltachalar qo'yiladi va og'riq-sizlantiruvchi dorilar qilinadi; zaharga qarshi zardob yuboriladi (qoraqurt, ilon, qorasonga qarshi zardoblar mavjud). Oshqozonni yuvish texnikasi. Oshqozonni yuvish zaharlanish sodir bo'lgan joydan boshlanadi. Bemorning boshi biroz pasaytiriladi va chap yonboshga yotqiziladi. Zondga vazelin moyi surtilib, oshqozon ichiga tushganiga ishonch hosil qilinadi va zond voronkasi 20—30 sm ko'tarilib, 2—3 litr suv quyiladi, keyin voronka pastga tushirilib suv chiqarib tashlanadi. Suvning birinchi qismini laboratoriyaga tekshirish uchun yuborilgani ma'qul. Shu tartibda oshqozon toza bo'lgunicha 10—15 litr suv bilan yuviladi. Bemor hushida bo'lsa, yuvish mohiyati tushuntiriladi. Bemor behush bo'lsa, oldin intubatsiya qilinib, keyin oshqozon yuviladi, aks holda Mendelson sindromi kelib chiqishi mumkin. Yuvishdan oldin antidodlar yuborilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Oshqozon-dan qon kelishi yuvishga monelik qilmaydi. Oshqozonni yuvishdan oldin atropinizatsiya qilinsa, zond yuborish oson bo'ladi. Ayrim zaharlar suvda eruvchan bo'lib, hujayralar ichidagi va hujayralardan tashqaridagi suvda to'planadi. Ayrim zaharlar esa yog'da eruvchan bo'lib, yog' qatlamiga to'planadi, zaharlanishlarni davolashda bunga ahamiyat berish lozim. Zahar organizmdan quyidagi yo'llar bilan chiqariladi: biotransformatsiya — zahar oqsillar bilan birikib turli xil zaharsiz yoki zahri kam birikmalar hosil qiladi. Bu metabolik jarayonlarni organizmning o'zi tashkil qiladi. Bu yerda jigar va buyrakning ham xizmati katta. Organizmda bu jarayon terlash, qusish, nafasning tezlashuvi, ichning ketishi kabi holatlarda namoyon bo'ladi; buyrak orqali chiqarish, bunda siydik sun'iy yo'l bilan ko'paytiriladi. Buning uchun bemorga 3—5 litr suyuqlik quyilib yoki sun'iy gemadelatsiya o'tkazib, siydik haydovchi dorilar (manitol, mochevina, laziks) yuboriladi. Shu muolajani sutka mobaynida 2—4 marta takrorlash mumkin. Bunda qonning elektrolitlar balansini tekshirib turish kerak. Agar bemor hushida 4 bo'lsa, muolajani unga 5—8 litr suv ichirish yo'li bilan ham arhalga oshirsa bo'ladi. Zaharni organizmdan bemorni kuchli terlatish (aspirin yoki asfezol, paxikarpin berish yo'li bilan) yoki o't ajralishini ko'pay-tirish yo'li bilan ham chiqarish mumkin. Yuqorida qayd etilganlardan tashqari, detoksikatsiya uchun bemorga aktiv ko'mir yoki sorbentlardan ichiriladi, limfasorbsiya, gemodializ, peritonial dializ, gemasorbsiya kabi intra va ekstrakorporal detoksikatsiya usullari qo'llaniladi. Spetsifik va antidotlar bilan davolash usuli zaharning fizik-kimyoviy holatiga ta'sir qilishga asoslangan. Antidotlar zaharli moddalarni topib, ular bilan birlashib, zaharsiz birikmalar hosil qiladi yoki ular ta'sirida zahar o'z kuchini yo'qotadi. Og'ir metallar antidoti 5 % li unitiol, barbituratlar antidoti bemegrid, analgetiklar antidoti nolarfin, prozerin hamda fosfor antidoti atropin va hokazo. Simptomatik terapiya u paydo bo'lgan simptom va sindromlarga qarshi kurashishga asoslanadi. 7.3. Zaharli hayvon va hasharotlardan zaharlanish hamda birinchi yordam Qoraqurt o'rgimchaksimonlar turkumiga mansub hasharot. Uning turli nomlari bor: qora ajal, qora buqoq, qora beva. Uning zahari uy hayvonlari va odam uchun xavfli hisoblanadi. Uning 8 ta ko'zi bo'lib, ko'rish a'zosi yaxshi rivojlanmagan, oq va qora rangda bo'ladi. Qora beva deyilishiga sabab nikoh davri o'tgandan so'ng urg'ochisi erkagini yeydi. Urg'ochisining zahri erkaginikiga qaraganda 60 marta kuchliroq. Qoraqurt to'g'risidagi dastlabki ma'lumotlar 1827— 1837-yillarda paydo bo'lgan. Qoraqurt zahri toksik albuminlar guruhiga kiradi. U issiq mamlakatlarda ko'p uchraydi, tuxum qo'yib ko'payadi. Kuzda tuxum qo'ysa, bahorga borib bolalaydi. Bitta ona qoraqurt bir mavsumda 600 tadan ortiq tuxum qo'yadi. Qoraqurt zahri tomirlarni boshqarish markaziga va vegetativ asab sistemasiga ta'sir qiladi, qonning ivuvchanligini oshiradi. Zahri
— ilon chaqqan joyni aniqlab, og'iz bilan o'sha zahoti zaharni so'rib olinadi. (Agar yordam beradigan kishining og'iz shilliq qavatlarida yara bo'lsa, og'iz bilan so'rish man qilinadi. Zaharni so'rish 7—8 daqiqa davom etishi kerak); chaqqandan hosil bo'lgan yarani spirt bilan artib, biror malham boylab qo'yish va ustiga muzli xaltacha qo'yiladi; bemor isitiladi, issiq choy beriladi, kerak bo'lsa, og'riqsizlantiriladi, kasalxonaga yotqizilgan holda keltiriladi; ilon zahriga qarshi maxsus zardoblar yuboriladi. Zardob yengil zaharlanishda 10—20 ml, o'rtacha zaharlanishda 30—40 ml, og'ir zaharlanishda 70—80 ml. teri ostiga yuboriladi. Bezredko usulida qoqsholga qarshi zardob ham yuboriladi; ilon chaqqan joyga Futlyar va Veshnevskiy usullarida novokain bilan blokada qilinadi; zaharlanishga qarshi qon va qon o'rnini bosuvchi suyuqlik, oqsil va plazmalar quyish yo'li bilan o'tkir buyrak yetishmovchiligi, o'tkir buyrak-jigar yetishmovchiliklari kabi asoratlarning oldi olinadi; siydikni haydash usuli, ya'ni siydik ajralishini ko'paytirish usullaridan keng foydalaniladi; yurak glukozidlari, tomirlar devorini mustahkamlovchi va tuz-suv mutanosibligini saqlovchi dorilar, organizmning kislota va ishqorlar mutanosibligini normallashtiruvchi dorilar qo'l- laniladi; geparin, aminokapron kislotasi, antibiotiklar qo'Uaniladi; shish va pufakchalar jarrohlik yo'li bilan ochilib, turli xil malham yoki dorilar qo'yiladi. Nafas ritmi buzilsa, nafas markazini qo'zg'atuvchi dorilar qo'Uaniladi, zarur bo'lsa, bemorga sun'iy nafas berishga o'tiladi. Aroq berish, kaliy permanganatli suv bilan yuvishlar yoki uzoq vaqt o'tgandan keyin jgutlar qo'yish foyda bermaydi. Ari chaqqandan zaharlanish. Ma'lumotlarga qaraganda ari chaqqandan keyin kishilar o'limi eng kuchli zaharli ilonlar chaqqandan keyingi o'limdan uch barobar ko'p ekan. Arilar zahri tarkibida ham aminlar, peptidlar, proteinlar, turli xil fermentlar, seratonin, kininlar, gistaminlar, dofaminlar va boshqa moddalar bor. Ari zahri gialuronidaza fermenti ta'sirida organizmga yoyilib, gemolitik ta'sir qiladi. Asalaridan zaharlanish mell%tt Bulardan tashqari, apamin, miya tolalari, neyronlarga o' Klinikasi umumiy va qoraqurt chaqqandagi klinik be ari zahriga, chaqqan joyiga va sensibilatsiyasiga bog'liq. Ari chaqqanda tibbiyot bajarishlari kerak: chaqqan joydan zahrini yoki yod bilan ishlov berib, bo novokain bilan yaxshilab gistamin ishlab nafas yo'llari shishib, as qo'llash, zarur bo'lsa, sun'iy bemorning ahvoliga qo'llash; qon bosimi tushib zaharlanishga, o'tkir binhtii! choralar qo'llab, simptomatik bemor qo'zgaluvchan ko'rish, kerak bo'lsa, narkotlkl%^\i Sanab o'tilgan muolajalar 7.4. Suvga cho' Kishilar baxtsiz hodisa yoki ^jjj.fe cho'kadilar. Suvga cho'kkan yengish va suvdan qutilib uddasidan chiqmasa kishining ahvoli tiga, uning suvda bo'lgan bog'liq. Bemor qutqarilgandan^ behush ham bo'ladi; o'zini-o'z--; boshlaydi, terisi oqargan, tezlashgan, qon bosimi belgilari ko'zga tashlanib turadi. mexanizmi ikki ko'rinishda: a;; yuzaga keladi. Asfiksiya o'pkaning suv
Поп chaqqanda tibbiyot xodimlari quyidagi kechiktirib bo'lmaydigan davolash usullarini qo'Ilashlari kerak: — ilon chaqqan joyni aniqlab, og'iz bilan o'sha zahoti zaharni so'rib olinadi. (Agar yordam beradigan kishining og'iz shilliq qavatlarida yara bo'lsa, og'iz bilan so'rish man qilinadi. Zaharni so'rish 7—8 daqiqa davom etishi kerak); chaqqandan hosil bo'lgan yarani spirt bilan artib, biror malham boylab qo'yish va ustiga muzli xaltacha qo'yiladi; bemor isitiladi, issiq choy beriladi, kerak bo'lsa, og'riqsizlantiriladi, kasalxonaga yotqizilgan holda keltiriladi; ilon zahriga qarshi maxsus zardoblar yuboriladi. Zardob yengil zaharlanishda 10—20 ml, o'rtacha zaharlanishda 30—40 ml, og'ir zaharlanishda 70—80 ml. teri ostiga yuboriladi. Bezredko usulida qoqsholga qarshi zardob ham yuboriladi; ilon chaqqan joyga Futlyar va Veshnevskiy usullarida novokain bilan blokada qilinadi; zaharlanishga qarshi qon va qon o'rnini bosuvchi suyuqlik, oqsil va plazmalar quyish yo'li bilan o'tkir buyrak yetishmovchiligi, o'tkir buyrak-jigar yetishmovchiliklari kabi asoratlarning oldi olinadi; siydikni haydash usuli, ya'ni siydik ajralishini ko'paytirish usullaridan keng foydalaniladi; yurak glukozidlari, tomirlar devorini mustahkamlovchi va tuz-suv mutanosibligini saqlovchi dorilar, organizmning kislota va ishqorlar mutanosibligini normallashtiruvchi dorilar qo'l- laniladi; geparin, aminokapron kislotasi, antibiotiklar qo'llaniladi; shish va pufakchalar jarrohlik yo'li bilan ochilib, turli xil malham yoki dorilar qo'yiladi. Nafas ritmi buzilsa, nafas markazini qo'zg'atuvchi dorilar qo'llaniladi, zarur bo'lsa, bemorga sun'iy nafas berishga o'tiladi. Aroq berish, kaliy permanganatli suv bilan yuvishlar yoki uzoq vaqt o'tgandan keyin jgutlar qo'yish foyda bermaydi. Ari chaqqandan zaharlanish. Ma'lumotlarga qaraganda ari chaqqandan keyin kishilar o'limi eng kuchli zaharli ilonlar chaqqandan keyingi o'limdan uch barobar ko'p ekan. Arilar zahri tarkibida ham aminlar, peptidlar, proteinlar, turli xil fermentlar, seratonin, kininlar, gistaminlar, dofaminlar va boshqa moddalar bor. Ari zahri gialuronidaza fermenti ta'sirida organizmga yoyilib, gemolitikta'sirqiladi. Asalaridan zaharlanish mellatin zahri hisobiga sodir bo'ladi. Bulardan tashqari, apamin, peptid kabi zaharlar bo'lib, ular orqa miya tolalari, neyronlarga o'zining neyrotoksik ta'sirini ko'rsatadi. Klinikasi umumiy va mahalliy belgilardan iborat bo'lib, ilon, qoraqurt chaqqandagi klinik belgilarni beradi. Klinik manzarasi ari zahriga, chaqqan joyiga va faslga, asosan, makroorganizmning sensibilatsiyasiga bog'liq. Ari chaqqanda tibbiyot xodimlari quyidagi muolajalarni bajarishlari kerak: chaqqan joydan zahrini olib tashlash va o'sha joyga spirt yoki yod bilan ishlov berib, bog'lash, muzli xaltacha qo'yish; novokain bilan yaxshilab aylantirma blokada qilish; gistamin ishlab chiqarishga qarshi dorilar yuborish; nafas yo'llari shishib, asfiksiya belgilari bo'lsa, traxeostomiya qo'llash, zarur bo'lsa, sun'iy nafas berishga o'tish; bemorning ahvoliga qarab kerakli miqdorda gormonlar qo'llash; qon bosimi tushib ketmasligining choralarini qo'llash; zaharlanishga, o'tkir buyrak yetishmovchiligiga qarshi choralar qo'llab, simptomatik davolash olib borish; bemor qo'zgaluvchan bo'lsa, tinchlantirish choralarini ko'rish, kerak bo'lsa, narkotiklardan ham foydalanish. Sanab o'tilgan muolajalar bemorning ahvoliga qarab belgilanadi. 7.4. Suvga cho'kkanda birinchi yordam Kishilar baxtsiz hodisa yoki tutqanoq tutib qolishi oqibatida cho'kadilar. Suvga cho'kkan kishi uchun eng muhimi qo'rquvni yengish va suvdan qutilib chiqish yo'lini izlashdan iborat. O'zi uddasidan chiqmasa atrofdagilar uni qutqarishi zarur. Cho'kkan kishining ahvoli qutqaruvchining mahoratiga, suvning harora-tiga, uning suvda bo'lgan vaqtiga va asab sistemasining bolatiga bog'Hq. Bemor qutqarilgandan so'ng qo'zg'aluvchan, ba'zan behush ham bo'ladi; o'zini-o'zi nazorat qila olmaydi; qaltiray boshlaydi, terisi oqargan, tovuq terisini eslatadi; tomir urishi tezlashgan, qon bosimi yuqori; o'tkir nafas yetishmovchilik belgilari ko'zga tashlanib turadi. Suvga cho'kkan kishida o'Hm mexanizmi ikki ko'rinishda: asfiksiya vagipotermiyanatijasida yuzagakeladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling