O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi


Download 1.11 Mb.
bet13/16
Sana31.05.2020
Hajmi1.11 Mb.
#112469
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Реаниматсия


Asfiksiya o'pkaning suv bilan to'lib qolishi natijasida yuzaga

147








keladi. 5—6 daqiqadan keyin yurak urishdan to'xtaydi; bemorlar-ning rangi oqargan yoki ko'kargan bo'ladi. Agar cho'kishdan o'lim sodir bo'lsa, shifokorlar o'jim reflektor yo'l bilan sodir bo'lgani yoki o'pkaning suv bilan to'lishi natijasida sodir bo'lganini mur-daning rangiga qarab bilishadi. Yuqorida qayd etilganlardan tashqari. kishi qanday suvda cho'kkanligining ham ahamiyati bor. Kishi oqar suvda yoki iste'mol qilinadigan suvda cho'ksa, nafas yo'llariga tushgan suv tezda qonga so'rilib, qonni gemolizga uchratadi; sho'r suv esa, aksincha, qonning suyuqlik qismi plazmani tortib olib, o'pkaning shishuviga sabab bo'ladi. Birinchi yordam ham shunga qarab ko'rsatilishi kerak. Agar bemorning rangi oqargan bo'lsa, u reflektor spazmi natijasida o'lgan deb, zudlik bilan nafas yo'llari tozalanadi, o'pka- yurak reanimatsiyasiga kirishiladi. Agarbemor dengiz suvida cho'milib, cho'kkan bo'lsa, bemorning nafas yo'llari va o'pkasi suv, ko'pikdan tozalanib, reanimatsiya ishlariga o'tiladi. Bu maqsadda bemorning og'zi tozalanib, boshi pastga qarab yotqiziladi, qorin sohasi bosiladi va o'pka, oshqozondagi suv chiqariladi (9-rasm). Ayni vaqtda sun'iy nafas berishni iloji boricha to'xtatmaslik kerak.

Cho'kkan kishiga reanimatsiya muolajalari suv ichidan boshlanadi, ya'ni cho'kayotgan kishining orqa tomonidan borib ushlanadi va og'izga 1—2 marta havo puflanadi. Bemorni qir-g'oqqa olib chiqqandan so'ng va bir joydan ikkinchi joyga ko'-chirilayotganda ham reanimatsiya ishlari to'xtatilmaydi. Cho'k­kan kishi o'limi davrida boshlang'ich preagoniya, agoniya va klinik o'lim davrlarini o'tkazadi. Bu belgilar to'g'risida oldingi mavzu-larda yozilgan.



Nazariy jihatdan reanimatsiyani klinik o'limdan 4—5 daqiqadan so'ng to'xtatish mumkin. Ammo klinik o'lim qachon sodir bo'lganini, hodisa qachon yuz berganini hech kirn, hech vaqt aniq bilmasligi va obyektiv, subyektiv holatlarni hisobga olib keltirilgan har qanday bemor yoki murdaga reanimatsiya ishlarini qo'llash kerak. Bu ish kamida 6—8 daqiqagacha davom ettirilishi shart. Agar o'likda dog'lar bo'lsa, unda reanimatsiya ishlari o'tkazilmaydi.

Gipotermiya organizm haroratining yashab bo'lmaydigan darajagacha pasayib ketishi. Gipotermiya biror falokat, qor yoki muz ko'chishi, hushsiz holda sovuqdan qotib qolish natija­sida kelib chiqadi. Bundan tashqari, gipotermiya biror maqsadni ko'zlab, ayrim kasalliklarni davolash yoki operatsiyalar o'tkazishda

9-rasm. Bolalar nafas yo'Ilaridan suvni chiqarish: a—go'daklarda; b—yosh bolalarda; d— o'smirlarda.

ham sun'iy ravishda chaqiriladi. Odam organizmining tashqi tana harorati o'zgaruvchan, ichki a'zolarda esa doimiy bo'ladi. Gipo-termiyaning organizmga tez va salbiy ta'siri sovuq havoning nam-ligi, oqimning tezligi, organizmning kuchiga bog'liq. Agar ta'sir kuchi suv ko'rinishida bo'lsa, sovuq havoga qaraganda 3—4 marta kuchli bo'ladi. Uzoq davom etsa, tomirlar spazmga uchrab a'zolarda qon bilan ta'minlanish buziladi. Sovuq ta'sirida hamma gormonlar miqdori kamayib ketadi. Moddalar almashinuvi sekinlashib, glikogen miqdori kamayadi; hamma markazlar ishi susayadi; bemor hushini yo'qotadi, tutqanoqlar tutadi. Tana haroratining 30—38°C ga tushishi organizmni charchatadi, 25— 27"C da organizmda moddalar almashinuvi to'xtab qoladi, 25°C da klinik o'lim sodir bo'ladi.

Birinchi yordamda keltirib chiqargan sabablarga qarshi ishlar, kerak bo'lsa o'pka-yurak-miya reanimatsiyasi amalga oshiriladi. Suvli


MM an Bern mm

vannalarga isitkichlar qo'yib isitiladi. Vannaga organizm haroratidan yuqori bo'lgan suyuqlik quyiladi, issiq suv bilan huqna qilinadi. Tinchlantirish maqsadida Gomk, seduksin, antigistamin dorilari beriladi. Glukoza, novokain-insulin aralashmasi ko'p miqdorda quyiladi. Asoratlar sodir bo'lgan bo'lsa, ularga qarshi kurashiladi.

7.5. Shoshilinch holatlarda reanimatsiya va tez yordam

O'zini-o'zi osganda yoki mexanik asfiksiyada reanimatsiya.

Mexanik asfiksiyada yoki bo'g'ilganda, asosan, yuqori nafas yo'llarida o'tkazuvchanlik buziladi. Mexanik asfiksiyaga nafas yo'llariga yot narsalarning tushib qolishi, uning jarohati, joniga qasd qilib o'zini-o'zi osish yoki qasddan bo'g'ish sabab bo'ladi. Mexanik asfiksiya gipoksiya, gipoksemiya, giperkapniya, miya tomirlarining spazmi, keyinchalik esa ularning kengayishi kabi klinik belgilar bilan ifodalanadi. Bunda qon bosimi oshadi, miyada qon quyilishlar sodir bo'ladi. Agar osilish, bo'g'ilish oqibatida gipoksiya 3—4 daqiqa davom etsa, miyada qaytmas holatlar sodir bo'ladi. Miya ensefalopatiyasi, miya shishuvi bel-gilari kuzatiladi.

Mexanik asfiksiya natijasida sodir bo'lgan o'lim quyidagi bosqichlarda kechadi:


  • birinchi bosqich — nafas olish chuqurlashib, nafas
    nafas mushaklari yordamida amalga oshiriladi, vena qon bosimi
    oshadi, tomir urishi tezlashadi, bemorning rangi ko'kimtir-
    qoramtir bo'ladi;

  • ikkinchi bosqich — bemor hushiniyo'qotadi, siydik
    tuta olmaydi, tutqanoqlar tutishi kuzatiladi, qon bosimi pasayadi,
    nafas ritmi buziladi;

  • uchinchi bosqich — nafas butunlay to'xtaydi,
    terminal pauzaga o'tib, keyinchalik sanoqli soniyalarda klinik
    o'limga о'tadi.Quyidagi belgilar kuzatilganda bemorni qutqarib
    qolishning imkoni bo'ladi; bemorning hushi bo'lmaydi; qo'z-
    g'aluvchan; yuzi qoramtir, shishgan; ko'zi qontalash; mushaklar
    tonusi oshgan; nafas tezlashgan, bosim oshgan; tomir urishi tez,
    markaziy vena bosimi oshgan.

Birinchi yordamda bemor qutqarilgandan so'ng, mexanik asfiksiya sabablari aniqlanadi va yuqorida qayd etilgan sindrom-larga qarshi choralar ko'riladi. Oddiy o'pka-yurak va miya reanimatsiyasi choralari qo'llaniladi, bemor qo'zg'aluvchan

L 150


bo'lsa, tinchlantiriladi. Oksigenoterapiya, kerak bo'lsa, sun'iy nafas berish, miya shishuviga qarshi degidrotatsiya usullari, miya metabolizmini yaxshilash choralari ko'riladi. Bunday be-morlar yaxshi bo'lgandan keyin ham nevropatolog kuzatuvida bo'lishlari kerak.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling