O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi
Download 1.11 Mb.
|
Реаниматсия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinik belgilari.
- Ishemik insult yoki miya infarkti
- Patogenezi.
- Gemorragik insult
- Ishemik insult.
7-rasm. Miya ichi gematoma turlari. gipoksiya sodir bo'lib, tomirlar o'tkazuvchanligini oshiradi va diapedez yo'li bilan qon quyilishi sodir bo'ladi. Diapedez yo'li bilan qon quyilganda qonning ivish siste-masining ahamiyati ham katta. Qon quyilishlar miya stvoli, miya yarim sharlari, miyachada ko'p uchraydi. Quyilgan qon o'lchami turli xil bo'lishi mumkin. Quyilgan qon gematoma shaklida va to'qimalarga singib kirgan holda bo'lishi mumkin. Gematoma shaklida qon quyilishlarda quyidagi zonalarni uchratish mumkin (7-rasm):
gematoma zonasi — qon laxtalari bo'lib, aniq bir chegarasi bo'lmaydi; infiltrat zona o'lchami 2—3 ml bo'lib, miya to'qimalari nekrozga uchragan bo'lishi mumkin; miya to'qimasi shishuvi zonasi — miya to'qimalariga singib kiruvchi qon quyilishlarda aniq bir chegara bo'lmaydi. Klinik belgilari. Kasallik to'satdan, ko'pincha, kunduzi boshlanadi. Boshlanishiga kuchli jismoniy mehnat, to'yib ovqat yeyish, ruhiy taranglik, kuchlanish bahona bo'ladi. Bemor hushini yo'qotib, yiqiladi, koma holatiga tushadi, sezuvchanlikning barcha turlari yo'qoladi. Bemorning yarim tanasi shol bo'lib qoladi, ya'ni gemiplegiya sodir bo'ladi. Shol bo'lgan tovon tashqariga qarab buraladi, bemorning boshi, ko'zi qon quyilgan tomonning teskarisiga qarab qoladi. Bu holat „bemor o'choqqa qaramoqda" deb ham nomlanadi. Shol bo'lgan tomonda mushaklar tonusi bo'lmay, patologik reflekslardan Babinskiy belgisi bo'ladi. Ko'z 4 qorachiqlari kengaygan, anizokariya bo'lib, qon quyilgan tomon burun-lab burmasi yo'qoladi, og'iz burchagi osiladi. Bemorning ko'zi qizargan; nafasi tez-tez shovqinli, ya'ni nafas yo'llari o'tkazuvchanligi buziladi; nafas yo'llari balg'am bilan to'ladi. Tomir urishi to'liq va tez bo'ladi; qon bosimi 200/110, 300/180 mm.sim.ust. Organizm harorati 40°C va undan ortiq bo'lishi mumkin. Ikkinchi kundan boshlab o'pkada yallig'lanish jarayoni boshlanadi va yotoq yaralar paydo bo'ladi. Agar miya qorinchalariga qon quyilsa, yuqoridagi belgilar kuchliroq bo'ladi. Hatto gemiplegiya bo'lgan tomonda ham tartibsiz harakat paydo bo'ladi. Bemor ko'rpani ustiga tortadi, pashsha haydagandek tartibsiz va ma'nosiz harakatlar qiladi. Bu harakatlar avtomatik ravishda bajariladi. Miya qorinchalariga ko'p qon quyilsa yoki qon bilan to'lib qolsa, biror ta'sirotdan keyin klonik, tonik tutqanoqlar paydo bo'ladi. Qonda leykotsitoz, siydikda eritrotsitlar, oqsil va silindrlar paydo bo'ladi. Qonda qand miqdori oshadi, mochevina ham oshadi, orqa miya suyuqligida bosim oshib, qon paydo bo'ladi. Gemorragik qon quyilishida o'lim 80—85 % ni tashkil qiladi. Bemor o'lmay qolsa, asta-sekin komadan chiqa boshlaydi, oldin sezuvchanlik paydo bo'ladi, komadan saporoz holatiga, keyin karaxtlik holatiga o'tib, keyin hushdan ketadi.
Suboroxnoidal qon quyilishlarga tashxis qo'yish uchun orqa miya kanali punksiya qilinadi, punksiyada miya suyuqlik bosimi oshgan bo'lib, kanaldan qon aralash suyuqlik keladi. Bu qon quyilishi shunisi bilan xavfliki, u qaytalanishi mumkin. Qaytalanganda bemor koma holatidan chiqmasligi mumkin. Ishemik insult yoki miya infarkti keksa kishilarda ko'p uchraydi. »«*: ш&& mm N№ * Miya tomirlari aterosklerozi, qand, gipotoniya, yurak kasal-liklari va revmatizm bilan kasallangan kishilarda boshqalarga qaraganda 2—4 marta ko'p uchraydi. Patogenezi. Miyaning ma'lum bir qismi qon bilan ta'min-lanmay qolishi natijasida miya shishadi, keyinchalik nekrozga aylanadi. Miyada destruktiv o'zgarishlar paydo bo'ladi. Ishemiya va nekrozga olib keladigan sabablardan yana biri qon tomirining tromb yoki embol bilan berkilib qolishidir. Miya infarkti miyaning turli sohalarida bo'lishi mumkin. Ko'pchilik hollarda miya po'st-log'i, miya yarim sharlari, po'stloqosti qismida bir yoki bir necha ishemik zonalar paydo bo'ladi. Klinik belgilari. Ishemik insultning xarakterli belgilaridan biri lining asta-sekinlik bilan rivojlanib borishidir. Insultdan oldin quyidagi belgilar paydo bo'ladi: qo'1-oyoqlar darmonsizlanadi, sezuvchanlik va harakat pasayadi, til g'aldir boiib, ko'rish qobiliyati pasayadi. Bunday belgilar bir necha soatdan sutkalab davom etishi mumkin. Ishemik insult ko'p hollarda uyqu yoki tinch yotgan paytda sodir bo'ladi. Bemor uyqudan turib yuqorida qayd etilgan belgilarni o'zida sezadi. Keyinchalik umumiy miya yetishmovchiligi belgilari paydo bo'ladi. Klinik belgilari ishemiya yoki nekroz bo'lgan markaz faoliyati bilan xarakterlanadi. Ishemik insult bo'lgan kishilarda revmatizm, yurak-tomir va qon kasalliklarini qidirish kerak. Gemorragik va ishemik insultni bir-biridan quyidagi belgilar bilan farqlanadi. Gemorragik insult to'satdan boshlanadi, bemor tezda hushini yo'qotadi, anamnezidagipertoniyakasalligi bo'lishi, to'satdan bir tomonining shol bo'lishi, umumiy miya va meningial simptom-larni aniq hamda qisqa vaqt ichida kuchli rivojlanishi va kasallik o'rta yoshli kishilarda ko'p uchrashi kuzatiladi. Orqa miya suyuq-ligi qon aralash bo'lishi, ko'z tubida qon quyilishi, ensefalografiya (EXO) bir tomonga 6—7 mm siljishi, kasallikningjismoniy ishdan keyin va faqat kunduzi sodir bo'lishi gemorragik insult uchun xosdir. Ishemik insult. Insultdan oldin yuqorida qayd etilgan belgilar asta-sekin rivojlanadi, anamnezida revmatizm, yurak-tomir kasalliklari bo'ladi. Kasallik uyquda yoki tinch holatda sodir bo'ladi. Qon bosimi past bo'ladi, kasallik keksalarda uchraydi. Orqa miya suyuqligi toza bo'ladi. Ko'z tubi, to'r parda va tomirlar sklerozga uchraydi. Ensefalografiya (EXO) siljimasligi ishemik insult uchun xosdir. Davolashda yotoq rejimi buyuriladi. Toza havo zarur. Agar sharoit bo'lsa, uyda qoldirish mumkin. Operatsiya qilish kerak bo'lsa, bemorni kasalxonaga keltirish qoidalariga qat'iy rioya qilish lozim. Bular insult xarakteri aniq bo'lmaganda qo'llaniladi. Insult xarakteri aniqlangach, maqsadli davolash qo'llaniladi. Bunda apoplastik (yoki miyaga qon quyilishidan keyingi komalarda) bemorning terisi va organizmi parvarish qilinadi. Asistoliya va apnoe bo'lsa, o'pka-yurak reanimatsiyasi usullari ishga solinadi (yurak-o'pka reanimatsiyasi mavzusiga qarang). O'tkir yurak-tomir va nafas yetishmovchiligi sodir bo'lsa, ularni bartaraf qilish choralari ko'riladi. Qon bosimi oshgan bo'lsa, bosimni tushiradigan dorilar, o'pka shishuvi sodir bo'lsa, unga qarshi choralar qo'llaniladi. Davolash, asosan, nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini ta'minlash, yotoq yaralarning oldini olish, miya shishuviga qarshi tadbirlardan iboratdir. Miya shishuvini davolashda 2,4 % li eufillin, 10 ml 25 % li magniy sulfat tomir ichiga, 10 ml 5 % li vitamin С tomir ichiga, gormonlar beriladi. Ichishga glitserin, manitol yoki laziks, reo-poliglyukin buyuriladi.Gipertermiyaga qarshi kurashiladi.Ovqat-lantirish zond orqali amalga oshiriladi. Siydik ajralishi hisobga olib boriladi. Differensial davolash insult xarakteri aniq bo'l-gandan keyin qo'llaniladi. Gemorragik insultda bemorning bosh tomoni sekin-asta ko'tarib qo'yiladi. Boshiga muzli xaltachalar qo'yiladi. Oyoqlariga issiq grelka qo'yib, qon bosimini pasay-tirish choralari ko'riladi. Degidratatsiya vagipotenziv tera-piya birga olib boriladi. Qon ivish davri kam bo'lganda kalsiy glyukonat, vikasol, jelatin, 20—50 ml aminokapron kislotasi (fibrinoletik hususiyatni yaxshilash maqsadida) qo'llaniladi. Differensial davolashda ishemik insult bilan og'rigan bemor chalqanchasiga yotqiziladi, boshi ko'p ko'tarilmaydi, 10 ml 2,4 % li eufillin miya shishuvi, qon aylanishiga yaxshi ta'sir qiladi. Ishemiya bo'lgan joyda kollaterallardan qon olib boriladi, bunga „Roben Gud fenomeni" deyiladi. Sun'iy gemadelatsiyaning ahamiyati katta. Bu maqsadda 400 ml reopoliglyukin tomir ichiga va antikoagulantlar (geparin 10000 ТВ 4 marta, fibrinolizin) qo'llaniladi. Bunday insult bilan og'rigan bemorlarda kasallik epileptik tutqanoq ko'rinishida kuzatiladi. Agar tutqanoqlar tez-tez sodir bo'lsa, epileptik koma holati yuzaga keladi.
|J28 9-93 ; i Epileptik tutqanoq — miyaning surunkali kasalligi bo'lib, vaqti-vaqti bilan tutib turadi. Tutqanoqlar to'xtaganda bemorning hushi va sezuvchanligi yo'qoladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling