O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi
Download 1.11 Mb.
|
Реаниматсия
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.5. Shoshilinch holatlarda reanimatsiya va tez yordam Ozini-ozi osganda yoki mexanik asfiksiyada reanimatsiya.
- Birinchi yordamda
- VIII bob TOMIRLAR ICHIDA QONNING QUYILIB QOLISH
- Qon toxtatish — gemostazning patogenezi.
- Qon ivishi — gemostazning buzilishi.
- TIQQS quyidagi darajalarda kechadi
- 8.2. TIQQSda hamshira tashxisi va parvarish rejasi
- И - 93 IX bob TOQIMALARNING UZOQ BOSILISH SINDROMI 9.1.Toqimalarnmg uzoq bosilish sindromi va uning turlari
- 9.2. Uzoq bosilish sindromida hamshira tashxisi va parvarish rejasi
Gipertermiya ayrim jarohat, kasallik va stresslarga qarshi organizm haroratining ko'tarilish bilan javob berishidir. Bu bir tomondan organizmning agressorga javobi bo'lsa, ikkinchi tomondan esa ayrim kimyoviy jarayonlarning tezlashuviga va organizmdan ko'p energiya sarflanishiga sabab bo'ladi. Ayrim operatsiya va narkozlardan so'ng boshqarib bo'lmaydigan gipertermiyalar sodir bo'ladi. Bunda issiqlik ishlash bilan issiq-likni sarflash jarayoni o'rtasida organizmda buzilishlar ro'y beradi. Gipertermiya sabablari xilma-xildir, chunonchi, harakat markazining jarohatlari, infeksiyalar, degidrotatsiya holatlari, zaharlanishlar yoki tashqi muhit haroratining oshib ketishi va hokazolar. Gipertermiyalarda, hususan boshqarib bo'lmaydigan gipertermiyada , harorat tez ko'tariladi. Miya vabutun organizm tomirlari qisqarib, asidoz holati va to'qimalarning kislorod bilan ta'minlanishi buziladi. Bujarayonbolalarda og'ir kechadi. Bolaning rangi oqarib ketadi, tanasi sovuq, tutqanoqlar tutadi; tomir urishi ipsimon bo'lib, qon bosimi oshadi; harorati 42°C va undan ortadi. Birinchi yordamda keltirib chiqargan sabablarga qarshi kurashiladi, vegetativ asab sistemasini blokada qilish, ganglio-blokatorlar qo'llash, antigistaminlar qo'llash va katta tomirlar o'tgan joylarga muzli xaltachalar qo'yish, sovuq suv bilan huqnalar qilish va oshqozonni sovuq suv bilan yuvish, terini spirt bilan ishqalash, bemorni sovuq suvga botirilgan choyshablar bilan o'rash, harorat tushiruvchi dorilar qo'llash muolajalari bajariladi. Shuni esda tutish kerakki, tana harorati tez tushirilmasa, qaytmas holatlar sodir bo'lib, organizm holdan toyishi mumkin. Issiq eltish organizmda issiqlikni ishlab chiqarish ko'payib, uni sarflash kamayishidan kelib chiqadi. Issiq eltish issiq sex va fabrikalarda, operatsiya xonalarida ko'p uchraydi. Bemorning kuchli chanqashi va terlashi, ko'ngli aynishi, qusishi, hushini yo'qotishi va o'tkir yurak-tomir yetishmovchiligi klinik belgilari hisoblanadi. Bemor bunda komaga tushib qolishi mumkin. Birinchi yordamda muzdek suv ichirish, salqinga olib chiqish va sindromli terapiya o'tkazish lozim. vannalarga isitkichlar qo'yib isitiladi. Vannaga organizm haroratidan yuqori bo'lgan suyuqlik quyiladi, issiq suv bilan huqna qilinadi. Tinchlantirish maqsadida Gomk, seduksin, antigistamin dorilari beriladi. Glukoza, novokain-insulin aralashmasi ko'p miqdorda quyiladi. Asoratlar sodir bo'lgan bo'lsa, ularga qarshi kurashiladi. 7.5. Shoshilinch holatlarda reanimatsiya va tez yordam O'zini-o'zi osganda yoki mexanik asfiksiyada reanimatsiya. Mexanik asfiksiyada yoki bo'g'ilganda, asosan, yuqori nafas yo'llarida o'tkazuvchanlik buziladi. Mexanik asfiksiyaga nafas yo'llariga yot narsalarning tushib qolishi, uning jarohati, joniga qasd qilib o'zini-o'zi osish yoki qasddan bo'g'ish sabab bo'ladi. Mexanik asfiksiya gipoksiya, gipoksemiya, giperkapniya, miya tomirlarining spazmi, keyinchalik esa ularning kengayishi kabi klinik belgilar bilan ifodalanadi. Bunda qon bosirai oshadi, miyada qon quyilishlar sodir bo'ladi. Agar osilish, bo'g'ilish oqibatida gipoksiya 3—4 daqiqa davom etsa, miyada qaytmas holatlar sodir bo'ladi. Miya ensefalopatiyasi, miya shishuvi bel-gilari kuzatiladi. Mexanik asfiksiya natijasida sodir bo'lgan o'lim quyidagi bosqichlarda kechadi:
birinchi bosqich — nafas olish chuqurlashib, nafas nafas mushaklari yordamida amalga oshiriladi, vena qon bosimi oshadi, tomir urishi tezlashadi, bemorning rangi ko'kimtir- qoramtir bo'ladi; ikkinchi bosqich — bemorhushiniyo'qotadi, siydik tuta olmaydi, tutqanoqlar tutishi kuzatiladi, qon bosimi pasayadi, nafas ritmi buziladi; — uchinchi bosqich — nafas butunlay to'xtaydi, terminal pauzaga o'tib, keyinchalik sanoqli soniyalarda klinik o'limga o'tadi.Quyidagi belgilar kuzatilganda bemorni qutqarib qolishning imkoni bo'ladi; bemorning hushi bo'lmaydi; qo'z- g'aluvchan; yuzi qoramtir, shishgan; ko'zi qontalash; mushaklar tonusi oshgan; nafas tezlashgan, bosim oshgan; tomir urishi tez, markaziy vena bosimi oshgan. Birinchi yordamda bemor qutqarilgandan so'ng, mexanik asfiksiya sabablari aniqlanadi va yuqorida qayd etilgan sindrom-larga qarshi choralar ko'riladi. Oddiy o'pka-yurak va miya reanimatsiyasi choralari qo'llaniladi, bemor qo'zg'aluvchan bo'lsa, tinchlantiriladi. Oksigenoterapiya, kerak bo'lsa, sun'iy nafas berish, miya shishuviga qarshi degidrotatsiya usullari, miya metabolizmini yaxshilash choralari ko'riladi. Bunday be-morlar yaxshi bo'lgandan keyin ham nevropatolog kuzatuvida bo'lishlari kerak. Gipertermiya ayrim jarohat, kasallik va stresslarga qarshi organizm haroratining ko'tarilish bilan javob berishidir. Bu bir tomondan organizmning agressorga javobi bo'lsa, ikkinchi tomondan esa ayrim kimyoviy jarayonlarning tezlashuviga va organizmdan ko'p energiya sarflanishiga sabab bo'ladi. Ayrim operatsiya va narkozlardan so'ng boshqarib bo'lmaydigan gipertermiyalar sodir bo'ladi. Bunda issiqlik ishlash bilan issiq-likni sarflash jarayoni o'rtasida organizmda buzilishlar ro'y beradi. Gipertermiya sabablari xilma-xildir, chunonchi, harakat markazining jarohatlari, infeksiyalar, degidrotatsiya holatlari, zaharlanishlar yoki tashqi muhit haroratining oshib ketishi va hokazolar. Gipertermiyalarda, hususan boshqarib bo'lmaydigan gipertermiyada , harorat tez ko'tariladi. Miyavabutun organizm tomirlari qisqarib, asidoz holati va to'qimalarning kislorod bilan ta'minlanishi buziladi. Bujarayonbolalarda og'ir kechadi. Bolaning rangi oqarib ketadi, tanasi sovuq, tutqanoqlar tutadi; tomir urishi ipsimon bo'lib, qon bosimi oshadi; harorati 42°C va undan ortadi. Birinchi yordamda keltirib chiqargan sabablarga qarshi kurashiladi, vegetativ asab sistemasini blokada qilish, ganglio-blokatorlar qo'llash, antigistaminlar qo'llash va katta tomirlar o'tgan joylarga muzli xaltachalar qo'yish, sovuq suv bilan huqnalar qilish va oshqozonni sovuq suv bilan yuvish, terini spirt bilan ishqalash, bemorni sovuq suvga botirilgan choyshablar bilan o'rash, harorat tushiruvchi dorilar qo'llash muolajalari bajariladi. Shuni esda tutish kerakki, tana harorati tez tushirilmasa, qaytmas holatlar sodir bo'lib, organizm holdan toyishi mumkin. Issiq eltish organizmda issiqlikni ishlab chiqarish ko'payib, uni sarflash kamayishidan kelib chiqadi. Issiq eltish issiq sex va fabrikalarda, operatsiya xonalarida ko'p uchraydi. Bemorning kuchli chanqashi va terlashi, ko'ngli aynishi, qusishi, hushini yo'qotishi va o'tkir yurak-tomir yetishmovchiligi klinik belgilari hisoblanadi. Bemor bunda komaga tushib qolishi mumkin. Birinchi yordamda muzdek suv ichirish, salqinga olib chiqish va sindromli terapiya o'tkazish lozim. Oftob urishi. Boshga ko'p vaqt davomida oftob tushib turishi natijasida sodir bo'lib, miya ichidagi harorat 4ГС dan oshib ketadi. Oqibatda miyada gipertermiya bo'lib, miya shishuvi va o'tkir yurak yetishmovchiligi belgilari kuzatiladi. Oftob urishi-ning klinikasi seroz meningit belgilarini eslatadi, ya'ni bemor-ning boshi og'riydi, bosh aylanish, ko'ngil aynish, qusish, darmonsizlik, og'ir holatlarda komaga tushib qolishi kuzatiladi. Davolashda simptomli va sindromli terapiya o'tkaziladi. O'tkir nafas yetishmovchiligi sindromini davolashda qo'llaniladigan dorilar retsepti: Rp: Sulfacomfokofiui — 2 ml. D.t.d. N 10 in amp S. 2 ml dan 2 marta mushaklar orasiga Rp: Sol. Atropimi sulfati 0,1% -1,0. D.t.d. N 10 in amp S. shifokor ko'rsmatasi bilan teri ostiga Rp: Broncholitini — 100 ml. S. kichik qoshiqda 3 marta Rp: Sol. Eyphillini 2,4% - 5,0. D.t.d. N 10 in amp S. 5 ml dan 0,9% NaCl bilan tomir ichiga Rp: Sol. Lobelini—1,0. D.t.d. N 10 in amp S. shifokor ko'rsatmasi bilan, muskul orasiga NAZORAT SAVOLLARI Zaharli moddalar organizmga qanday yo'llar orqali kiradi? O'tkir zaharlanishda markaziy asab sistemasida qanday o'zgarishlar kuzatiladi? Alimentar zaharlanishda qanday birinchi yordam ko'rsatiladi? lion chaqqanda kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar nimalardan iborat? Cho'kkanda o'limga nimalar sabab bo'ladi? Gipertermiya sabablari nimalardan iborat, birinchi yordam qanday ko'rsatiladi? Hasharotlar chaqqanda qanday birinchi yordam ko'rsatiladi? Asfiksiyaning klinik belgilari va bosqichlari haqida nimalarni bilasiz? Gipotermiyagaolib keluvchi sabablar vaularni bartaraf qilish bosqichlari haqida nimalarni bilasiz? TESTLAR 1. Zaharlanish turlari qaysi javobda to 'liq ко 'rsatilgan ? l.O'tkir. 2. Yarim o'tkir. 3. Surunkali. 4. Ekzogen. 5. Endogen. A. 1,2,3,4. B. 1,3,4,5. С 1,2,4,5. D. 2,3,4,5. E. 1,2,3,5. 2. Zaharli moddalarning organizmga tushish yo'llarini ко 'rsating. A. Oshqozon-ichak yo'llari orqali. B. Nafas yo'llari orqali. C. Teri va shilliq qavatlar orqali. D. Qon orqali. E. Barchajavoblarto'g'ri. 3. Quyidagi javoblardan qaysi biri zaharlanishlarda birinchi yordam ko'rsatishga kirmaydi? A. Zaharli moddalarni organizmdan tezda chiqarib tashlash. B. Antidod yordamida zahar ta'sirini va so'rilishini kamaytirish. C. Vitaminoterapiya qo'llash. D. Hayot uchun zarur bo'lgan a'zo va sistemalar ishini
E. Asoratlarning oldini olish. 4. Gipotermiyada tana harorati necha gradusgacha pasayganda klinik о 'lim sodir bo 'ladi? A. 28°C. B. 30°C. С. 25°С. D. 35°C. E. 32°C.
B.Gipotermiya. C. Gipertermiya. D. AvaB javoblar to'g'ri. E. Qon ketishdan.
SINDROMI (TIQQS) 8.1. TIQQS haqida tushuncha Ko'p adabiyotlarda tomirlar ichida qonning quyilib qolish sindromi degan ibora uchraydi. Tomirlar ichida qon quyilib qol-ganda bu sindrom yuzaga keladi. Deyarli hamma og'ir holatlarda TIQQS uchraydi, biroq u yashirin, simptomsiz holda kechadi. Kasallikning oxirgi darajalarida biror bir holat turtki bo'lib (qon quyish, plazma yoki biror suyuqlik quyish), perfuzion qon ketish kuzatiladi. TlQQSni o'rganishdan oldin qonning ivish, suyulish va to'xtatish mexanizmlarini ko'rib chiqamiz. To'qimalar yoki qon tomirlarining jarohatlanishi natijasida qon to'xtamasligi va trombozlar sodir bo'lishi mumkin. Bu holat reanimatsiya, akusher-ginekologiya va jarrohlik amaliyotida tez-tez uchrab turadi. Bunday holatlarning oldini olish va qon tomirlarida qonning normal oqishini — harakatini ta'minlash quyidagi omillarga ham bog'liq: qonning ivish vaqti va fibrinolitik (fibrinlarni eritish) sistemasiga; tomirlar endoteliyasining, ya'ni ichki qava-tining butunligiga; qon bosimi va qon oqish (tomirlar ichida) tezligiga; qon tarkibi va qon ishlab chiqarish a'zolarining ish faoliyatiga. Qon to'xtatish — gemostazning patogenezi. Organizm hayotning dastlabki soniyalaridan boshlab gemostaz uchun butun kuchini ishga soladi. Gemostaz bir-biriga bog'liq bo'lgan ikkita mexanizmda kechadi. Gemostazning b i r i n с h i mexanizmi trom-botsitar-tomir mexanizmi, ya'ni jarohatlangan joyga trom-botsitlarning adgeziyasi (yopishishi), keyin i к к i n с h i s i — agre-gatsiyasi — to'da bo'lishi va jarohat ustida gemostatik tiqinning hosil bo'lishi bilan yakunlanadi. Gemostazning bu turi kapillarlar-dan qonni to'xtatish uchun xizmat qiladi. Tomirlardan katta bosimda ketayotgan qonni to'xtatish uchun ikkinchi koagulatsiya mexanizmi ishga tushadi, natijada qon laxtalari paydo bo'ladi. Xalqaro nomenklatura bo'yicha qonning ivishida XIII omil qatnashadi. Qonning ivishini o'rganishda turli xil qarashlar bor. Fibrinogen fibringa aylanishi natijasida qon laxtasi hosil bo'ladi. Bu laxta protrombinning trombinga aylanishiga olib keladi. Protrombinni trombinga aylantirishda kalsiyning ahamiyati katta.
Shu ko'rsatkichlar vaqtining kamayishi gipokoagulatsiya, vaqtning ko'payishi esa giperkoagulatsiyadan xabar beradi. Fibrinoliz tomirlar sistemasida hosil bo'lgan laxtaning, plaz-min fermenti ta'sirida erishidir. Normada plazmin bir litr qonda 20 mg yoki 0,2 g bo'ladi. Katta operatsiyalarda, jarohatlarda to'qimalarning majag'lanishi oqibatida qonga tushib turadigan kinazalar (urokinaza, streptokinazalar) qonda doimo bo'ladi. Ular fibrinolizni tezlashtirishda katta rol o'ynaydi. Qon ivishi — gemostazning buzilishi. Qon ivishi va fibrinoliz nasldan-naslga o'tadigan kasalliklarda sodir bo'ladi. Bu kasalliklarga gemofiliya, Verlgof kasalligi misolbo'la oladi. Koagulopatiyaning 90 % qonda VIII chi omilning yetishmovchiligidan sodir bo'lib, to'qimalardan doim qon ketishi bilan xarakterlanadi. Koagulopatiya hayot jarayonida uchrab, quyidagi kasallik va sabablardan keyin yuzaga kelishi mumkin: jigarda vitamin К ishlab chiqarish jarayoni biror kasallik oqibatida buzilsa; ichak kasalliklarida; antikoagulantlar bilan davolanganda yoki ularning miqdori oshirib qo'llanilganda; qonning VII, IX, X omillari faoliyati buzilganda; operatsiyalar, jarohatlar, tug'uruqlar paytida to'qimalarning ezilishi natijasida qonga to'qima omillari tushishi oqibatida; fibrinogen miqdori kamayib ketganda (normada 20 mg %); plazma qonda kamayganda va fibrinogenning fibringa aylanishiga to'sqinlik qiladigan moddalar ko'payib ketganda; — juda ko'p qon quyilganda; — sun'iy qon quyish apparati bilan ishlaganda trom- botsitlarning ezilishi oqibatida; — TIQQS, vazopatiya — tomirlar kasalliklari, gemostaz bu- zilganda. TIQQS sindromi og'ir kasalliklar, jarohatlar, turli xil zahar-lanishlar, behad ko'p qon quyish, homiladorlik toksikozining og'ir darajalari, tug'uruq jarayonining og'ir turlari, shoklar, gipoksiya holatlari va asoratlari natijasida kelib chiqadi. TIQQS o'tkir va surunkali formalarda kechadi. Uzoq vaqt (bir necha oylab) kasal bo'lib yurgan bemorlarda TIQQS organizmda biror bir ta'sir yoki salbiy omil tufayli yuzaga chiqdimi, oldingi surunkali kechib turgan TIQQS ham yuzaga chiqib o'z faolligini namoyon qiladi. Masalan, kechki toksikozni o'tkazib yuborgan homilador bemorlar surunkali shok yoki TIQQS holatida yuradilar. Ularning ahvoli og'irlashib qolishi uchun qusish, ich ketish yoki kam miqdorda bo'lsa ham qon ketish yoki biror infeksiyaning o'zi yetarli bo'ladi. TIQQS mayda qon tomirlar ichida qon ivib qolishi natijasida to'qimalarda qon aylanishi buziladi, ya'ni gipoksiya, asidoz holatlari sodir bo'ladi. To'qima va a'zolarda trofik va metabolik o'zgarishlar, buzilishlar yuz beradi va bu TIQQS patogenezi asosini tashkil qiladi. Mikrosirkulatsiyaning buzilishi fibrinogen va trombotsitlar yetishmasligiga oqibatda to'qimalardan profuz qon ketishlarga sabab bo'ladi. TIQQS akusher-ginekologiya va jarrohlik amaliyotida ko'p uchraydi, umuman bu sindrom deyarli barcha og'ir holatlarning yo'ldoshi hisoblanadi, uni tashxislash qiyin. Har qanday og'ir holatda tashxisda TIQQS bor deb o'ylab shunga qarshi choralarni ko'rish bemor hayotini saqlab qoladi. TIQQS quyidagi darajalarda kechadi: — birinchi daraja — tomirlarda trombotsitlar agre- gatsiyasi natijasida mikrosirkulatsiya, a'zolarda qon aylanish buziladi, asidoz sodir bo'ladi. Qonning suyultiruvchi va quyul- tiruvchi — ivituvchi sistemasi ishdan chiqadi. Tomirlar ichida mayda tromblar paydo bo'ladi. TIQQS birinchi darajasida geparin qo'llash yaxshi natija beradi; — ikkinchi daraja — gipokoagulatsiya, bunda qonni ivituvchi omillar butunlay holdan toyadi,V—VIII omillar ishdan chiqadi. Zaharli moddalar fibrinogenni parchalab, uni blokadaga uchratadi, oqibatda fibrinogen miqdori kamayib ketadi. ' Koagulopatiya holati sodir bo'lib, barcha to'qima va a'zolardan qon keta boshlaydi. Qon suvdek suyuqlashib qoladi, hatto qon ketishlar igna suqilganda yoki muolajalar o'tkazilgan joylarda ham kuzatiladi; — uchinchi daraja — TIQQSning tuzalish darajasi
TIQQS hech qachon o'z-o'zidan birdan paydo bo'lmaydi, u og'ir holatlarning asorati yoki asosiy kasallikka nisbatan ikkilamchi holat hisoblanadi. TIQQSning kelib chiqishida gipoksiya muhim o'rin tutadi. Tashxis qo'yish uchun TIQQSga hos belgilar va laboratoriya tahlillariga asoslaniladi: qon tarkibida majag'langan, ezilgan eritrotsitlar topilsa, trombotsitopeniya bo'lsa, fibrinogen parcha-lari ko'payib fibrinogenni blokirovka qiladi, natijada fibrinogen miqdori, protrombin indeksi kamayadi, ya'ni 40—50 % gacha tushib ketadi; qonda V, VII, VIII, X omillarning kamayishi; geparinga qarshi moddalarning qonda ko'payib ketishi, anti-trombinning kamayishiga e'tibor beriladi. TIQQS klinikasi. Bu xastalikda quyidagi sindromlar paydo bo'ladi: gemokoagulatsion shok; gemostazning buzilishi; trombotsitopeniya; gemorragik sindrom; mikrosirkulatsiyaning buzilishi; o'pka shoki; o'tkir buyrak, jigar yetishmovchiligi. Hamma a'zo va to'qimalardan qon keta boshlaydi. Yuqorida qayd etganimizdek TIQQSda zarar ko'rmagan a'zo qolmaydi. Bemor hushida emas, hatto stupor holatiga tushib qoladi. O'tkir nafas yetishmovchiligi belgilari namoyon bo'ladi; bosim tushadi, tomir urishi tezlashadi; bemorda sirkulator kollaps holati bo'lishi mumkin. Oshqozon, ichaklardan qon keta boshlaydi; qon qusadi; siydik miqdori kamayadi, siydik qon aralash keladi; o'tkir buyrak yetishmovchiligi belgilari sodir bo'ladi; teri ostida mayda-mayda qon quyishlar, gematomalar, hatto nekrozlarni kuzatish mumkin. Davolash. Birinchidan, bemor shu holatga tushib qolmasdan oldin barcha choralarni ko'rish kerak. Chunki TIQQS sodir bo'lsa, bemorni bu holatdan chiqarish juda qiyin. Ikkinchidan, davolash paytida keltirib chiqargan asosiy sabablar yoki kasalliklarga qarshi kurashish kerak. TIQQSni davolashda muzlatilgan toza plazma 200 ml dan ikki marta quyilsa, yaxshi yordam beradi. Anti-trombinning 20 % li 200 ml eritmasidan ikki marta tomir ichiga yuboriladi. Muzlatilgan toza plazma shunisi bilan ham foydaliki, uning tarkibida 60—80 g/1 oqsil, 11 g/1 organik va 9 g/1 noorganik moddalar bor. Bulardan tashqari, plazma tarkibida qonni quyultiruvchi omillar va immunnoglobulinlar mavjud. Toza, nativ (suyuq) plazma muzlatish yo'li bilan tayyorlanadi va uning faolligi bir yilgacha saqlanadi. Bundan tashqari, quritilgan plazmani fiziologik suyuqlikda eritib, keyin tomchilatib yuborish ham TIQQSni davolashda muhim rol o'ynaydi. Plazmalardan tashqari, oqsil preparatlaridan albumin, proteinni quyish ham katta ahamiyatga ega, chunki ular onkotik bosimni oshirib, to'qimalardagi suyuqliklarni tomirlar ichiga olib kiradi, natijadagipovolemiyaga qarshi, eritrotsitlarning agre-gatsiyasiga, sekvestratsiyasiga qarshi kurashadi, tomirlar ichida aylanib yurgan qon miqdorini to'ldiradi.Gipotenemiyagaqarshi ham qo'llaniladi. Plazma tarkibida antitrombin, fibrinogen bor. Bulardan tashqari, aminokapron kislotasining 4 % li 200 ml eritmasi ikki-uch marta, trombotsitar va eritrotsitar massa, katta miqdorda kontrikal tomir ichiga yuboriladi. TIQQS sindromida to'g'ridan-to'g'ri qon quyishning ahamiyati katta. TIQQSning birinchi darajasida, ya'ni giperkoagulatsiya darajasida antikoagulantterapiya, ya'ni geparinni qo'llash ayni muddao bo'ladi. Geparin hosil bo'lgan tromblarni to'liq eritmasa ham ular ko'payishining oldini oladi. Geparinning sutkalik miqdori 20000-30000 ТВ ni tashkil qiladi. Geparin qo'llashda trombotsitlar miqdorini hisobga olib borish kerak. Bundan tashqari, geparinni homilador ayollarda qo'llash, qon ketishiga xavf tug'diradi. Infuzion terapiya uchun reopoliglyukin, Ringer suyuqligi, dezagregantlardan: kurantil, aspirin, trental, nikotin kislotasi, vitaminlar, gormonlar, qonni to'xtatuvchi dorilar qo'llash maqsadga muvofiqdir. Ular tarkibi, miqdoriga qarab mutaxassislar tomonidan belgilanib qo'llaniladi.
Tug'uruqxonaning qabul bo'limiga 24 yoshli bemor og'ir ah-volda tez yordam mashinasida keltirildi. Bemor ahvolini ko'rgan akusher-ginekolog va reanimatolog bemorda surunkali TIQQS va shok, gipovolemiyaborligini hamdatug'uruq jarayonining og'ir o'tishi mumkinligi, TIQQS yuzaga chiqishi, homilador ayolni reanimatsiya bo'limiga yotqizib tug'uruqqa tayyorlashga, qon quyishga, infuzion terapiya o'tkazish, bemorga ruhan va jismonan yordam berishni rejalashtirdilar. Bemor yaqinlariga habar berib, kutiladigan asoratlarni ularga tushuntirish, qon tayyorlash, barcha tahlillarni olib, hamma narsaga tayyor bo'lib turishlarini ogoh-lantiradilar. Shifokorlar tashxisi quyidagicha bo'ladi: homiladorlikning 38— 39- haftasi, og'ir anemiya, nevropatiya — kechki toksikozning og'ir darajasi, surunkali TIQQS, surunkali shok, gipovolemiya. Homilador ayol reanimatsiya xonasiga yotqizilib, hamshira tomonidan atroflicha ko'rib, tekshirilib, obyektiv, subyektiv va laboratoriya tekshirishlari o'tkazildi. Bemor va uning yaqinlari bilan suhbat o'tkazilib, anamnezi yig'ildi, homiladorning asosiy ehtiyojlarini, muammolarini to'liq aniqlab, hamshira quyidagicha tashxis qo'ydi: bemorning ahvoli og'ir, kuchli bosh og'riq, og'iz qurishi, darmonsizlik, uyqusizlik, oyoqlar, organizmda shish bor, terisi quruq, shilliq qavatlari biroz ko'kimtir, jismoniy hansirash, ko'ngil aynish bor, qon bosimi 180/120 mm.sim.ust.ga teng, tomir urishi tez — bir daqiqada 114 ta. Tahlillari quyidagicha: siydikda oqsil bor — HB—5,3 g/1, umumiy oqsil miqdori 5,8 g/1, mochevina miqdori 9,9 mmol, qand miqdori meyorida, markaziy vena bosimi manfiy, siydik miqdori kam, qon ivish vaqti boshlanishi 1 daqiqa 45 s, tugashi 2 daqiqa 35 s. Homiladorga venasi orqali kerakli suyuqliklar quyildi va boshqa muolajalar o'tkazildi. Qilingan ishlar, bemor ko'rsatkich-lari kuzatuv varaqasiga yozib borildi. Shifokorlar tomonidan belgilangan muolajalar va ko'rsatmalar bajarildi, homilador ehtiyojlari va muammolari, muloqot orqali hal etildi. Hamshira birinchi, ikkinchi, uchinchi navbatda va keyinchalik qanday ishlarni amalga oshirishi kerakligini bemor va uning oila a'zolari bilan suhbatlashib hal qildi, ya'ni parvarish rejasini tuzdi. Parvarish rejasiga bemorning o'zi, yaqinlari va boshqa tibbiyot hodimlari jalb etildi. Shifokorning ko'rsatmalari bajarildi, qilingan ishlar
Bemor uxlab turgach, o'zini yaxshi his qildi va to'lg'oq tuta boshladi. Bemor tug'uruqxonasiga olindi. Bemorga infuzion terapiya, yengilgina degidrotatsion terapiya davom ettirildi. Homilador ayol kelgandan tug'uruqxonasiga olingunicha unga bir litrga yaqin plazma, 500 ml toza qon va tegishli miqdorda suyuq-liklar quyildi. Ahvoli yaxshilangani homiladorning holati, qon tahlillari va gemodinamik ko'rsatkichlari stabillashganidan ko'-rinib turardi. Tug'uruq jarayoni ham og'riqsizlantirish va infuzion terapiya ostida o'tdi. Ajratilgan vaqt o'tishi bilan xavf-xatarlar yo'qligini hisobga olib, bemor tug'uruqdan keyingi xonaga o'tka-zildi. NAZORAT SAVOLLARI TIQQS sindromi nima, sabablari, klinik kechishi to'g'risida nimalarni bilasiz? Belgilari, darajalari, birinchi yordamingiz qanday bo'ladi? TIQQSni oldindan bilsa bo'ladimi, oldindan biladigan qanday belgilarini bilasiz? TIQQS asoratlari to'g'risida nimalarni bilasiz? Qon ivishiva suyulishjarayonlari to'g'risida nimalarni bilasiz? Gemostaz nima, uning mexanizmlari haqida qanday tushunchaga egasiz? Organizmning qanday ko'rsatkichlari gemokoagulatsiya holatini bildiradi? Gemostazning buzilish turlarini bilasizmi? TIQQSda hamshira tashxisini qo'ying. Parvarish rejasi qanday bo'ladi?
TESTLAR 1. Tomir ichiga qonning quyilish sindromining qanday formalari mavjud? A. Yengil va og'ir. B. O'tkirva surunkali.
D. Yengil va o'rtacha. E. O'tkir va yarim o'tkir.
A. III.
B. I-II-III. С I-IMII-IV. D. I-IIA-HB. E. To'g'ri javob yo'q. 3. TIQQS klinikasiga xos belgilami ко 'rsating. Gemokoagulatsion shok. Gemorragik sindrom. Gemostazning buzilishi. Mikrosirkulatsiyaning buzilishi. O'tkir buyrak vajigar yetishmovchiligi. A. 1,2,4. B. 1,2,5. С 1,2,3,4,5. D. 1,3,5. E. 2,3,4,5.
A. Trombotsitopeniya. B. Fibrinogen miqdorining kamayishi.
D. Qonda parchalangan eritrotsitlarning aniqlanishi. E. Barchajavoblar to'g'ri.
A. Geparin. B. Plazma.
D. Poliglyukin. E. Qon.
И - 93 IX bob TO'QIMALARNING UZOQ BOSILISH SINDROMI 9.1.To'qimalarnmg uzoq bosilish sindromi va uning turlari Bu sindrom oyoq-qo'llar yoki butun tananing uzoq vaqt davomida bosilib yotishi natijasida yuzaga keladi. Ko'p adabiyot-larda bu sindrom Krash sindromi, tomirlar ichida qonning quyilib qolish sindromi, toksik shok, travmatik toksikoz, gemoglobin uremik nefroz atamalari bilan ham yuritiladi. Bu sindromning asosida ezilgan, majag'langan to'qimalardan katta miqdordagi miogemoglobin va boshqa toksik mahsulotlaming qonga o'tishi yotadi. Qon bosimining tushib ketishi, hushning yo'qolishi, siydik va axlatning beixtiyor ketib qolishi, keyinchalik oyoq-qo'llarning shishishi, kuchli og'riq, siydik miqdorining juda kamayib ketishi, rangining qizarishi bilan xarakterlanadi. Bu sindrom shaxta qulaganda, yer qimirlashlar oqibatida ■ odamlarning uylar, tuproqlar tagida qolib ketishi natijasida sodir bo'ladi. Mast, behush kishilar uzoq vaqt — 8 soat bir holatda yotganda yoki yotqizilganda ham shu sindrom kuzatiladi. Bundan tashqari, uzoq vaqt oyoq, qo'lga jgut qo'yilgan bo'lsa, uni bo'shatgandan keyin ham shu sindromni kuzatish mumkin. Bu turniket shok (turniks jgut) yoki ozod qilish sindromi deb ham ataladi. Uzoq bosilish sindromi o'ta og'ir kechib, uning quyidagi formalari mavjud: Og'ir formasi ikki va undan ko'p segmentlarning 3—4 soat davomida bosilib turishidan yuzaga kelib, o'tkir nafas yetish-movchiligi, chuqur zaharlanishlar, o'tkir buyrak yetishmoy-chiligi, oligoanuriya, anuriya bilan kuzatiladi. Bu formasida o'lim 50—80 % ni tashkil qiladi. O'rtacha og'ir formasi qo'l yoki oyoqlardan birining kamida 4 soat davomida bosilib qolishi natijasida kelib chiqib, yuqoridagi belgilar kuzatiladi. Oligoanuriya 5—12 kun davom etib, 2—2,5 oy davolaniladi. Bunda o'lim holati 20—30 % ni tashkil qiladi. Bu formasini davolasa bo'ladi. Yengil formasi organizm segmentlaridan birining 3—4 soat davomida bosilib qolishida yuzaga kelib, oligoanuriya 1—7 kun davom etadi.
O'tkir buyrak yetishmovchiligida zarar ko'rmagan a'zo qolmaydi, birinchi navbatda buyraklar ishi buziladi. Og'riq tomirlar spazmi, asablarning qisilishi, to'qimalarning shishishi, qonning quyuqlashishi natijasida kelib chiqadi. Toksemiya esa dekompres-siya qilgandan keyin sodir bo'lib, 75 % miogemoglobin, 66 % kaliy, 75 % fosfatlar hisobiga bo'ladi. Bosilib qolgan segment shishishi natijasida plazmayo'qolib, 80 % o'lim giperkalemiya hisobiga sodir bo'ladi. Laboratoriya ko'rsatkichlarida kasallikning boshlanish davrida qon quyuqlashadi, gematokrit ko'payadi, giperkalemiya, gipernatremiya, fosfatomiya, gipoproteinemiya kuzatiladi; gemoglobin hisobiga siydik qon aralash keladi; siydikda mochevina miqdori 18—25 mg/mol va undan yuqori; siydikda silindrlar, oqsillar va eritrotsitlar ko'rinadi, solishtirma og'irligi past bo'ladi. Biologik o'limda organizmda hayot uchun zarur bo'lgan bar-cha a'zolar faoliyati pasayadi. Yurak urishi to'xtaydi, bosh miya to'qimasi o'ladi, nafas olish to'xtaydf, hayotga qaytarishning iloji bo'lmaydi. Birinchi yordam. Bemorning yuk ostidan oldin boshi, keyin tanasi, keyin esa oyoq-qo'llari bo'shatiladi. Og'riqsizlantiruvchi dorilar qilinadi, o'ta og'ir holatlarda narkoz beriladi. Barmoq uchidan sonning yuqori qismigacha elastik bint bilan o'raladi. Bundan maqsad o'tkir buyrak yetishmovchiligi kuchayishining oldini olish. Oyoq-qo'llar immobilizatsiya qilinib, ularga muz xaltachalar qo'yiladi (toksinlar so'rilishini kamaytirish maqsa-dida) va kasalxonaga keltiriladi. Yo'lda og'riqsizlantirish davom ettirilib, ko'p miqdorda sodali suv beriladi. Bemor kasalxonaga yotqizilgandan so'ng og'riqsizlantirish choralari ko'riladi. O'tkir buyrak yetishmovchiligiga qarshi muolajalar: kaliy antagonistlar, 10 % li kalsiy xloran, 30—40 ml gacha reopoliglukin, sodali suyuqliklar; qon bosimini ko'tarishga qaratilgan chora-tadbirlar; 200 ml plazma, poliglukin, traviol, gordoks, gormonlar; yurak ishini kuchaytiruvchi dorilar; gemodez va tinchlantiruvchi dorilar; qon ketadigan bo'lsa, gemostatik dorilar buyuriladi. Umuman olganda, simptomatik davolash choralari qo'llaniladi. Jarrohlik yo'li bilan davolashda fatsiyalarni kesish, mahalliy muzlatish, nekroektomiya; agar bosilish sindromi 6 soatdan o'tgan bo'lsa, oyoqning bosilgan qismini kesib tashlash buyuriladi; qonni almashtirish, regionaryuvish, gemodializ, giperbarik oksigenatsiya yoki yuqori kislorod bosimi ostida davolash, infuzion-transfuzion davolash usullari qo'llaniladi. Demak, barcha choralar o'tkir buyrak yetishmovchiligi, zaharlanishga qarshi, gemodinamikani yaxshi-lash, nafas sistemasini yaxshilashga qaratiladi. Toksik shokning kelib chiqishiga infeksiyalangan qon yoki suyuqliklarni quyish sabab bo'ladi. Infeksiya o'chog'i, infeksiya kirish darvozasi va yuqorida qayd etilgandek turtki bo'lganda toksik shok deb tashxis qo'yiladi. Toksik shok kelib chiqishida birinchi bo'lib siydik tanosil sis-temasi a'zolari kirish darvozasi hisoblansa, ikkinchi o'rinda o't va o't chiqarish yo'llari turadi. Ginekologik kasalliklar va organizmda bo'lgan turli xil yiringli jarayonlar muhim o'rinni egallaydi. Yiringli jarayon yoki yuqorida ko'rsatib o'tilgan sistemalar kasalliklari bilan bemor yotqizilib, uchinchi kun qaltirash kuzatilsa, bemorda toksik shok klinikasi boshlanadi. Bunda hamshira o'z ishini va yordamini, tutadigan yo'lini aniq bilishi kerak. Uzoq bosilish sindromida toksik shok ham kuzatiladi. Toksik shok ko'pincha stafilakkoklar tomonidan chaqiriladi va orga-nizmning chuqur zaharlanishi bilan kechadi. Bir necha soat ichida bemor og'ir ahvolga tushib qoladi. Stafilakkoklar tanani istalgan yerida bo'lishi mumkin. Ayollarda 25 % stafilakkok qinda ko'-payadi. Bu sindromdan o'lim 5 % ni tashkil qiladi. Toksik shok o'z davrlarini o'tadi, ya'ni mikroblarprganizmda ko'payadi, yashash uchun o'zidan zahar chiqaradi. Shu zahari organizmga so'riladi va zaharlanish klinikasini beradi. Toksik shokning kelib chiqishida mikroblar va ular toksinlarining qonda ko'payib ketishi muhim rol egallaydi. Bunga birinchidan antibiotiklar berilishi natijasida lizisga uchragan bakteriyalar, ikkinchidan kasallikning kechishi jarayonida mikroblardan ajraladigan endotoksinlar sabab bo'ladi. Shuning uchun ham kasallik kechadigan jarayon endotoksik shok yoki bakterimik shok deb ataladi. Bu shok grammanfiy grammusbat mikroblar bilan chaqiriladi va o'ta og'ir kechishini yuqorida aytib o'tgan edik. I" 164
Toksik shok patofiziologiyasiga kelsak, jarayon asosan to'qi-malarda kechadi, natijada a'zolar va. to'qimalarning qon bilan ta'minlanishi (perfuziyasi) buziladi, qaytmas holatlar sodir bo'ladi. Bemorni toksik shokdan chiqarish vaqt holati, ya'ni kasallangan vaqti, ko'rsatilgan yordam vaqti va patologik o'choqning sanatsiya qilish vaqtiga bog'liq. Bulardan tashqari, toksik shok kechishida va kelib chiqishida mikrobning chidamliligi, makro-organizm holati (reaktupka—sun'iy ventilatsiyasi) ga hamda toksik shok rivojlanishi uchun biror-bir turtkining bo'lishi katta aha-miyatga ega. Masalan, yuqori lab yoki yuzning yuqori qismidagi furunkulni ikki-uch marta siqib tashlash mikrobning rivojlani-shiga turtki bo'ladi. Klinik belgilari. Organizm harorati ko'tarilib, kuchli bosh og'riq, ko'ngil aynish, qusish, keyinchalik ularga tinimsiz ich ketishi ham qo'shilib, bemor ahvoli og'irlashadi. Davolash. Keltirib chiqargan sabablar aniqlanadi. Tezda kasalxonaga yotqizilib, infeksiya o'chog'i yo'qotiladi; sanatsiya qilinadi, ta'sir kuchi yuqori bo'lgan dezintoksikatsion antibiotiklar qo'llaniladi; ko'p miqdorda yo'qotilgan suyuqliklarning o'rnini to'ldirish, hayot uchun zarur a'zo va sistemalar ishini yaxshilash hamda simptomatik davolashlar qo'llaniladi. 9.2. Uzoq bosilish sindromida hamshira tashxisi va parvarish rejasi 26 yoshli bemor og'ir ahvolda reanimatsiya bo'limiga keltirildi. Bemorning hushi yo'q; vaqti-vaqti bilan qo'zg'aluvchan bo'lib, harakatlari beixtiyor, maqsadsiz, ma'nosiz; nafas olishi tez-tez; lablari, tirnoqlari ko'kargan; qon bosimi past; tomir urishi tez, chap oyog'i va chap qo'lida majag'langan joylari bor. Bu joylar shishgan; terisi ko'karib, mushaklari, yog' qavatlari qoramtir; barmoqlarida harakat yo'q; tegilsa sezilmaydi. Bemorni keltirgan kishilarning aytishicha uy buzish paytida uning ustiga uyning bir qanoti tushgan. Bemorni yuk ostidan olgunlaricha 3—4 soat vaqt o'tgan. Tez yordam chaqirilib, birinchi yordam ko'rsatilgan va bemor jadal davolash anesteziologiya-reanimatologiya bo'limiga keltirilgan. Bo'limda shifokorlar tomonidan tekshirib ko'rilib, quyidagicha tashxis qo'yilgan: chap son suyagining o'rta qismi yopiq singan; yumshoq to'qimalar ezilgan; chap qo'lning yumshoq to'qimalari
Bemor hamshiraga topshirilib, kerakli muolajalar belgilanadi va nimalarga ahamiyat berishi kerakligi, qanday asoratlar bo'lishi mumkinligi va boshqa tegishli muolajalar belgilanadi. Hamshira muolajalarni bajarishga kirishadi. Hamshira bemorni qabul qilib, quyidagi ishlarni amalga oshiradi: bemorga kuzatuv varaqasi ochadi; ko'rsatkichlarning hammasini aniqlaydi; kerakli hamma tahlillar uchun qon va boshqalar olinadi; bemorning hushsiz ekanini hisobga olib, yaqinlaridan bemor to'g'risida va u qanday qilib bu holatga tushib qolgani to'g'risida axborotlar yig'adi; zarur bo'lsa, mas-lahatga mutaxassislarni chaqiradi va o'z (hamshira) tashxisini qo'yadi: bemorning hushi yo'q, muolajalarga reaksiyasi yo'q, nafasi 30—35 ta, tomir urishi 128—132 ta, qon bosimi 80/30 mm. sim. ust. ga teng, lablari, tirnoqlari ko'kargan, siydigi qon aralash, bir soatda 30 ml ni tashkil qiladi, markaziy vena bosimi manfiy, bemor tuproq ostida 3—4 soatcha yotgan, nevrologik belgilari aniqlanmaydi, ko'z qorachiqlarining reaksiyasi yaxshi. Chap qo'l va chap oyog'i shishgan, terisi va yumshoq to'qimalari ezilgan, rangi qoramtir, barmoqlarining harakati sezilmaydi, tana harorati 35,7°C, tanasi sovuq. Bemorga barcha, jumladan, jarroh-lik muolajalari qilinib, oksigenoterapiya, infuzion terapiya orqali qon bosimi ko'tarildi. Bemor shok holatidan chiqarildi. Oradan 8—10 soat o'tgandan keyin bemorning ahvoli yoki hamshira tashxisi quyidagicha: bemor hushida, savollarga javob beradi yoki harakat qiladi; tanasi issiq, harorati 37,8°C, lablari, tirnoqlari qizargan; barmoqlari issiq; nafas olishi 28—30 ta, tomir urishi 114 marta, aritmik qon bosimi 100/65 mm.sim.ust. ga teng, siydik miqdori soatiga 35—40 ml, rangi qizg'ish; chap oyog'i va chap qo'lidagi yaralardan qon ketish bor; to'qimalar rangi ancha yaxshilangan, paypaslaganda og'riq sezadi; markaziy vena bosimi 30—35 mm.sim.ust.ga teng; gemoglobin, gematokrit normaga yaqinlashgan; erkin gemoglobin miqdori ham kamaygan va hokazolar. Endi hamshira bemorning muammolaridan kelib chiqqan holda ularning oldini olish va hal qilish choralarini ko'radi va parvarish rejasini tuzadi. Kutiladigan muammo va asoratlarning oldini olish choralarini ко'rib, kuzatuv varaqasiga yozib boradi. O'zi hal qila olmagan muammolarni shifokor bilan yoki boshqa tibbiyot xodimlari bilan yoxud bemor yaqinlari bilan hal qiladi Bemorning holati, ko'rsatkichlariga qarab parvarish rejalarini o'zgartiradi. Agar hammasi yaxshi bo'lsa, bajarilgan ishlarni baholab kuzatish varaqasiga yozib qo'yadi. Hamshira tashxisi bemor ahvoliga qarab o'zgarib boradi. Tash-xis qo'yish tamoyili hamma holatlarda ham hamshira jarayonida qayd etilgan bosqichlardan iborat. Shu bosqichlarni yaxshilab o'rganib olgan hamshira hamshira tashxisi qo'yishga, hamshira parvarishi rejasini tuzishga qiynalmaydi. Uzoq bosilish sindromida qo'l yoki oyoq 8 soat va undan ortiq vaqt davomida bosilib qolsa, u segment nekrozga uchrab bemor hayotiga xavf soladi. Oyoqni kesib tashlash (amputatsiya) bilangina bemor hayotini saqlab qolish mumkin. To'g'ri, oyoq yoki qo'lni olib tashlash bemor uchun ham, jarroh uchun ham juda og'ir davo usuli. Bu usul eng oxirida — boshqa davo usulining foydasi bo'lmaganda qo'llaniladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling