Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)


III-guruh fe`llari o`tgan zamon sifatdoshi turlicha hosil qilinadi. a)


Download 0.51 Mb.
bet40/58
Sana03.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1075838
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58
Bog'liq
Grammatika bilan ham tanishing

3. III-guruh fe`llari o`tgan zamon sifatdoshi turlicha hosil qilinadi.
a) Infinitivi -endre, -ondre qo`shimchali fe`llarda –re o`rniga –u qo`shimchasini qo`yish bilan yasaladi: attendre – attendu
b) Infinitivi –aître qo`shimchali fe`llarda –aitre o`rniga –u qo`shimchasini qo`yish bilan yasaladi: paraître – paru
c) Infinitivi –frir, -vrir qo`shimchali fe`llarda –rir o`rniga –ert qo`shimchasini qo`yish bilan yasaladi: ouvrir – ouvert
d) Infinitivi –uire qo`shimchali fe`llarda –re o`rniga –t qo`shimchasini qo`yish bilan yasaladi: traduire – traduit
e) Infinitivi –eindre, -oindre qo`shimchali fe`llarda –dre o`rniga –t qo`shimchasini qo`yish bilan yasaladi: éteindre – éteint
f) Infinitivi partir fe`liga o`xshash fe`llarda –ir o`rniga –i qo`shimchasini qo`yish bilan yasaladi: partir – parti
g) Qolgan III-guruh fe`llari o`tgan zamon sifatdoshi quyidagicha hosil qilinadi: dire – dit mettre – mis prendre – pris venir – venu battre – battu avoir – eu être – été savoir –su vouloir – voulu pouvoir – pu devoir – dû lire – lu faire – fait aller – allé naître – né mourir – mort écrire – écrit recevoir – reçu boire – bu courir – couru croire – cru falloir – fallu plaire – plu pleuvoir – plu résoudre – résolu rire – ri rompre – rompu vêtir – vêtu vivre – vécu voir – vu
Masalan: J`ai lu ce roman. Cette année il a beaucoup voyagé. Elle est entrée doucement.
O`tgan zamon sifatdoshining moslashuvi.
1.avoir ko`makchi fe`li bilan tuslanuvchi fe`llarning o`tgan zamon sifatdoshi gapdagi ega bilan rod va sonda moslashmaydi: J`ai écrit une lettre. Nous avons écrit une lettre.
Ammo avoir ko`makchi fe`li bilan tuslanuvchi fe`ldan oldin vositasiz to`ldiruvchi kelsa, bu fe`llarning participe passé shakli vositasiz to`ldiruvchining rod va soniga qarab o`zaro moslashadi: - As-tu reçu mes letters? - Oui, je les ai reçues.
2. être ko`makchi fe`li bilan tuslanuvchi fe`llarning participe passé shakli eganing rod va soniga qarab o`zaro moslashadi: Elle est venue la première. Nous nous sommes souvenus de cette histoire.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling