Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)


Eslatma: 1. A peine … que bog`lovchisi bilan boshlangan ergash gaplarda ega-kesim inversiya qilinadi: A peine


Download 0.51 Mb.
bet43/58
Sana03.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1075838
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58
Bog'liq
Grammatika bilan ham tanishing

Eslatma: 1. A peine … que bog`lovchisi bilan boshlangan ergash gaplarda ega-kesim inversiya qilinadi: A peine fut-il parti que son ami arriva.
2. Og`zaki nutqda yuqoridagi holatlarda Passé antérieur va Passe simple zamonlari o`rniga Passé composé zamoni ishlatiladi: Dès que je l`ai aperçu, je me suis précipité vers lui.
Futur antérieur
Futur antérieur murakkab kelasi zamon bo`lib, u nutq so`zlanib turgan paytdan keyin bajariladigan ikki ish-harakatdan birining ikkinchisidan oldinroq sodir bo`lishini anglatadi.
Yasalishi. Futur antérieur zamonini yasash uchun avoir yoki être yordamchi fe`llarini futur simple zamonida tuslab, so`ng tuslanuvchi fe`lning o`tgan zamon sifatdosh (participe passé ) shakli qo`yiladi:
j`aurai parlé, je serai parti
Ishlatilishi. 1.Payt holini ifodalovchi so`zlar ishtirokidagi mustaqil gaplarda: Demain, à cette heure, il sera arrivé à Tachkent. Ertaga shu paytda u Toshkentga keladi.
2. Ushbu zamon dès que, aussitôt que, quand, lorsque, à peine … que, après que kabi kabi bog`lovchi so`zlar bilan boshlangan payt ergash gaplarda ishlatiladi, bunday paytda bosh gapda Futur simple zamoni qo`llaniladi: Je vous téléphonerai dès que je serai rentré. Qaytishim bilanoq sizga qo`ng`iroq qilaman.
Qo`shimcha zamonlar
Futur immédiat (Futur proche)
Futur immédiat yaqin kelasi zamon hisoblanadi.
Yasalishi. Ushbu zamonni yasash uchun aller yordamchi fe`lini Présent – hozirgi zamonda tuslab, so`ng tuslanuvchi fe`lning infinitif, ya`ni noaniq shakli qo`yiladi:
je vais parler, il va revenir
Eslatma: Olmoshli fe`llar Futur proche zamonida tuslanganda, se olmoshi shaxslarda o`zgaradi:
Je vais me laver Nous allons nous laver Tu vas te laver Vous allez vous laver Il va se laver Ils vont se laver Elle va se laver Elles vont se laver
Ishlatilishi. Futur proche zamoni yaqin kelajakda bajarilishi rejalashtirilgan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatiladi: Attends-moi, je vais revenir.
Ushbu zamon hozirgi fransuz tilida Futur simple zamonining o`rnida ham keng qo`llaniladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling