Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)


Yasalishi. Ushbu zamonni yasash uchun venir


Download 0.51 Mb.
bet45/58
Sana03.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1075838
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58
Bog'liq
Grammatika bilan ham tanishing

Yasalishi. Ushbu zamonni yasash uchun venir yordamchi fe`lini Imparfait – o`tgan davomli zamonda tuslab, so`ng de predlogi va tuslanuvchi fe`lning infinitif, ya`ni noaniq shakli qo`yiladi:
Je venais de parler, il venait de revenir
Ishlatilishi. 1. Plus-que-parfait immédiat zamoni muallif gapi o`tgan zamonda bo`lganda ko`chirma gap tarkibidagi Passé immédiat zamoni o`rniga ishlatiladi. Masalan:
Il m`a dit: “Je viens de rentrer”. Il m`a dit qu`il venait de rentrer.
2. Plus-que-parfait immédiat o`tgan zamonda yaqinda amalga oshirilgan, yaqin daqiqalarda sodir bo`lgan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatiladi:
Il venait de rentrer lorsqu`on l`appela au téléphone. – Unga qo`ng`iroq qilishganda u endigina qaytib kelgan edi.
Mode impératif (Buyruq mayli).
Imperat9if buyruq mayli hisoblanadi. Fransuz tilida 3ta shaxsga qarata buyruq beriladi: 2-shaxs birlik va 1-va 2-shaxs ko`plik.
2-shaxs birlik va ko`plikda ishlatilganda Imparfait buyruq, iltimos, maslahat ma`nolarini anglatadi: Sortez immédiatement! – Hoziroq chiqing! Passez-moi mon livre, s`il vous plaît. – Menga kitobimni uzatib yuboring, iltimos. Faites bien attention à cet homme! – Bu odamga e`tibor bering!
1-shaxs ko`plikda Imparfait taklif ma`nosini ifodalaydi: Réunissons-nous demain! – Ertaga yig`ilaylik!
Yasalishi. Buyruq mayli har uchala guruh fe`llarining Présent de l`Indicatif zamonida tuslangan shaklidan olingan. Impératif maylida gapda ega ishlatilmaydi:
Ier groupe IIe groupe IIIe groupe Parle! Finis! Ecris! Parlons! Finissons! Ecrivons! Parlez! Finissez! Ecrivez!
Olmoshli fe`llar
Lève-toi! Levons-nous! Levez-vous! Ne te lève pas! Ne nous levons pas! Ne vous levez pas!
Diqqat qiling! I-guruh fe`llari, shuningdek, III-guruhdan aller, cueillir va infinitivi -frir, -vrir qo`shimchali fe`llarda buyruq maylida 2-shaxs birlikda –s harfi qo`yilmaydi: Parle! Va! Ouvre! Cueille!

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling