Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)


Futur immédiat dans le passé


Download 0.51 Mb.
bet44/58
Sana03.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1075838
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58
Bog'liq
Grammatika bilan ham tanishing

Futur immédiat dans le passé
Futur immédiat dans le passé o`tgan zamondagi yaqin kelasi zamon hisoblanadi.
Yasalishi. Ushbu zamonni yasash uchun aller yordamchi fe`lini Imparfait – o`tgan davomli zamonda tuslab, so`ng tuslanuvchi fe`lning infinitif, ya`ni noaniq shakli qo`yiladi:
J`allais parler, il allait revenir
Ishlatilishi. 1. Futur immédiat dans le passé zamoni muallif gapi o`tgan zamonda bo`lganda ko`chirma gap tarkibidagi Futur immédiat zamoni o`rniga ishlatiladi. Masalan:
Il m`a dit: “Je vais rentrer”. Il m`a dit qu`il allait rentrer.
2. Futur immédiat dans le passé o`tgan zamonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan, yaqin daqiqalarda sodir bo`lishi kutilgan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatiladi:
J`allais sortir quand on m`a appelé au téléphone. – Men endi ketmoqchi bo`lib turgan edim, shu payt menga qo`ng`iroq qilishdi.
Passé immédiat (Passé récent)
Passé immédiat yaqin o`tgan zamon hisoblanadi.
Yasalishi. Ushbu zamonni yasash uchun venir yordamchi fe`lini Présent – hozirgi zamonda tuslab, so`ng de predlogi va tuslanuvchi fe`lning infinitif, ya`ni noaniq shakli qo`yiladi:
je viens de parler, il vient de revenir
Eslatma: Olmoshli fe`llar Passé récent zamonida tuslanganda, se olmoshi shaxslarda o`zgaradi:
Je viens de me laver Nous venons de nous laver Tu viens de te laver Vous venez de vous laver Il vient de se laver Ils viennent de se laver Elle vient de se laver Elles viennent de se laver
Ishlatilishi. Passé immédiat zamoni yaqin o`tmishda bajarilgan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatiladi: Michel doit être là. Je viens de le rencontrer.
Plus-que-parfait immédiat
Plus-que-parfait immédiat o`tgan zamondagi yaqin o`tgan zamon hisoblanadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling