Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)


Yasalishi Futur simple zamoni fe`lning noaniq shakliga –ai, -as, -a, -ons, -ez, -ont


Download 0.51 Mb.
bet42/58
Sana03.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1075838
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58
Bog'liq
Grammatika bilan ham tanishing

Yasalishi
Futur simple zamoni fe`lning noaniq shakliga –ai, -as, -a, -ons, -ez, -ont qo`shimchalarini qo`shish orqali yasaladi:
Je parler-ai, je finir-ai, je parti-ai.
Eslatma: Noaniq shakli –re bilan tugagan fe`llarda e tushirib qoldiriladi: j`ecrir-ai.
Plus-que-parfait
Plus-que-parfait uzoq o`tgan zamon bo`lib, u o`tgan zamonda biror ish-harakatdan oldin bajarilgan ish-harakatni ifodalaydi.
Yasalishi: Plus-que-parfait avoir yoki être yordamchi fe`llarini Imparfait zamonida tuslab, so`ng tuslanuvchi fe`lning o`tgan zamon sifatdoshi shaklini qo`yish yo`li bilan hosil qilinadi:
j`avais lu, j`étais venu.
Ishlatilishi:_1'>Ishlatilishi: 1. Plus-que-parfait bosh gapdagi ish-harakatga nusbatan ergash gapdagi ish-harakatning oldin tugaganligini anglatadi: Il a corrigé les fautes qu`il avait faites dans sa dictée.
2. Plus-que-parfait ergash gaplar tarkibida ham ishlatiladi: Le soleil s`était déjà levé quand il se reveilla.
3. Shart ergash gaplarda si bog`lovchisidan keyin plus-que-parfait ishlatiladi, bunda bosh gapning kesimi Conditionnel passé zamonida bo`lishi talab etiladi: S`il avait reçu ce telegramme, il serait venu à la gare.
Passe antérieur
Passé antérieur murakkab o`tgan zamon bo`lib, u o`zbek tiliga ko`pincha ravishdosh shaklida tarjima qilinadi.
Yasalishi. Passé antérieur zamonini yasash uchun avoir yoki être yordamchi fe`llarini passé simple zamonida tuslab, so`ng tuslanuvchi fe`lning o`tgan zamon sifatdosh (participe passé ) shakli qo`yiladi:
il eut parlé, il fut venu
Ishlatilishi. Passé antérieur zamoni tugallangan ish-harakatni ifodalash uchun yozma nutqda badiiy adabiyotda ishlatiladi. Bu zamon Plus-que-parfait kabi ikki ish-harakatdan birining ikkinchisidan oldinroq bajarilganligini ifodalaydi. Plus-que-parfait oldinroq o`tgan ish-harakatni ifodalasa, Passé antérieur ketma-ket bo`lib o`tgan ish-harakatdan birining ikkinchisidan oldinroq bajarilgankigini anglatadi. Ushbu zamon dès que, aussitôt que, quand, lorsque, à peine … que, après que kabi kabi bog`lovchi so`zlar bilan boshlangan payt ergash gaplarda ishlatiladi, bunday paytda bosh gapda Passé simple zamoni qo`llaniladi:
Dès qu`on eut téléphoné, il se leva et s`approcha de la table. – Qo`ng`iroq chalinishi bilan u o`rnidan turdi va stolning oldiga bordi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling