O’tish chegarasi = tug’ilgan kun; Hayoldagi o’tish chizig’ini chizish va tushintirish kerak


Download 1.11 Mb.
bet12/12
Sana14.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1701949
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot

Birinchi bosqich (tizimli tahlil).
- avval tanlangan borliq-element-tizim o’rganiladi. Tizimga bo’lgan talablar shaklllantiriladi;
- ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirishdahar bir tizimda (elementda) ko’p jarayonlar sodir bo’ladi. Jarayonlar to’plamidan qo’yilgan masala echimini to’g’ri topish uchun zarur bo’lgan jarayonlar o’rganiladi;
- Ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirishdatizim hamda o’rganilayotgan jarayonning kirish, chiqish parametrlari o’rganiladi. Ko’p hollarda parametrlarni o’zaro bog’lanishini aniqlash, tizimni tadqiqot etilishi uchun uning ichidagi tizimlarni aniqlashni talab etadi va Ko’p pog’onali tizimli tahlil usuli yordamga keladi. Tadqiqot etilayotgan tizim (ishlab chiqarish, xalq xo’jaligi sohasi, mamlakat, viloyat, tuman, ishlab chiqarish korxonasi, uyushmalar yoki apparat, apparat elementi yoki bir nechta apparatlardan iborat liniya, yoki zavod, va h.k) birlamchi bo’lgan ob’ektning katta tizimi (birlamchi ierarxik sath) sifatida qabul qilinadi. Tizimni va unda sodir bo’layotgan - tekshirilayotgan jarayon o’rganilib kirish va chiqish parametrlari aniqlangandan so’ng:

  • Asosiy tizimning tashkil etuvchi elementlari aniqlanadi. Uning har bir elementi ikkinchi ierarxik sath tizimi elementi deb ataladi. Ikkinchi ierarxik sath har bir elementida - tizimida kerakli jarayon tekshiriladi va tizim hamda jarayon parametrlari aniqlanadi;

  • Ikkinchi ierarxik sath tizimining ham tashkil etuvchi elementlari aniqlanadi. Ikkinchi ierarxik sath tizimining har bir elementi uchinchi perarxik sath tizimi deb ataladi. Uchinchi ierarxik sath tizimining har bir elementida mazkur ierarxik sath tizimning jarayonlari ko’riladi. Parametrlari aniqlanadi;

  • Shu tariqa birlamchi tizimning ichiga kirib borib fikran tizimchalarni aniqlash imkon darajasidagi chuqurlikkacha davom etadi.

Ikkinchi bosqich (parametrlarni o’zaro bog’lanishini aniqlash).
Bunda ob’ekt ko’rinishi va qo’yilgan masala mazmuniga qarab har bir tadqiqotchi tadqiqot olib borilayotgan o’z sohasi uslublarining katta imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin.
Parametrlarning miqdoriy munosabatlarini aniqlash matemetik ifodalardan foydalanishni talab etsa matematik yoki kompyuter modellariga murojaat etilishi mumkin. Parametrlarning o’zaro bog’lanishlari aniqlangandan so’ng optimal tizimni qidirishga o’tish mumkin.
Uchinchi bosqich (optimal echim tanlanishi).
Bunda tizimli tahlil asosida shakllangan talablar aniqlashtiriladi va konkretlashtiriladi. Birlamchi tizim hamda har bir ierarxik pog’onadagi tizimlar uchun optimallashtirish shartlari aniqlanadi. Optimal echim topish usuli tanlanadi. Optimal echim topiladi. Optimal avtomatlashtik rostlash yoki boshыarish tizimlari topiladi.
Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling