O’tish chegarasi = tug’ilgan kun; Hayoldagi o’tish chizig’ini chizish va tushintirish kerak


Tizimli fikrlash, tahlil va optimal echim topish bosqichlari


Download 1.11 Mb.
bet5/12
Sana14.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1701949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot

Tizimli fikrlash, tahlil va optimal echim topish bosqichlari. Tizimli fikrlash, tahlil va echim topish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi taklif etiladi:
Birinchi bosqich (tizimli tahlil).
- avval tanlangan borliq-element-tizim o’rganiladi. Tizimga bo’lgan talablar shaklllantiriladi;
- har bir tizimda (elementda) ko’p jarayonlar sodir bo’ladi. Jarayonlar to’plamidan qo’yilgan masala echimini to’g’ri topish uchun zarur bo’lgan jarayonlar o’rganiladi;
- tizim hamda o’rganilayotgan jarayonning kirish, chiqish parametrlari o’rganiladi. Ko’p hollarda parametrlarni o’zaro bog’lanishini aniqlash, tizimni tadqiqot etilishi uchun uning ichidagi tizimlarni aniqlashni talab etadi;
- element (borliq) - tizim tuzilishi aniqlanadi. Buning uchun ko’rilayotgan tizim (element) ning tashkil etuvchi elementlari aniqlanadi va har bir tanlangan element va jarayon uchun uning parametrlari – ko’rsatgichlarianiqlanadi. SHu tarzda tizimga chuqurroq kirib boriladi. Elementni (tizimni) tashkil etuvchi tizimlarga ajratish jarayoni cheklanmagan. Bu jarayon zaruriyat darajasiga va optimal qaror qabul qilish uchun tadqiqotlar o’tkazish imkoniyatlariga qarab amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqich (parametrlarni o’zaro bog’lanishini aniqlash). Bunda ob’ekt ko’rinishi va qo’yilgan masala mazmuniga qarab har bir tadqiqotchi tadqiqot olib borilayotgan o’z sohasi uslublarining katta imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin. Parametrlarning miqdoriy munosabatlarini aniqlash matemetik ifodalardan foydalanishni talab etsa matematik yoki kompyuter modellariga murojaat etilishi mumkin. Parametrlarning o’zaro bog’lanishlari aniqlangandan so’ng optimal tizimni qidirishga o’tish mumkin.
Uchinchi bosqich (optimal echim tanlanishi). Bunda tizimli tahlil asosida shakllangan talablar aniqlashtiriladi va konkretlashtiriladi. Birlamchi tizim hamda har bir ierarxik pog’onadagi tizimlar uchun optimallashtirish shartlari aniqlanadi. Optimal echim topish usuli tanlanadi. Optimal echim topiladi.
Shuni takidlash kerakki, birinchi bosqich-tizimli tahlil boshlanishi barcha fanlar uchun universal bo’lishi mumkin. Ikkinchi va uchinchi bosqichlar esa har bir sohada qo’riladigan masalaga bog’liq holda bajarilishi mumkin.
Tizimli tahlil optimal tizimlarni qidirishning fanlarda mavjud bo’lgan ko’plab har xil usullariga yo’l ochib beradi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling