O’tish chegarasi = tug’ilgan kun; Hayoldagi o’tish chizig’ini chizish va tushintirish kerak


Download 1.11 Mb.
bet2/12
Sana14.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1701949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot

Jarayon nima? Jarayon – tizim holatining o’zgarishi deyish mumkin. Shuning bilan bir qatorda asosiy jarayonga e’tibor berish kerak. U tadqiqot etilayotgan jarayon bo’lib, tadqiqotchining e’tibori qaratilgan asosiy jarayondir, tizimda ko’plab jarayonlar sodir bo’ladi. Ayrim hollarda asosiy jarayondan tashqari qo’shimcha jarayonlarni ham o’rganishga to’g’ri keladi.
Ob’ekt nima? Ob’ekt – u izlanuvchini e’tibori qaratilgan va izhlanish olib boriladigan borliq, tizim va undagi jarayonni birga ko’rilishi.
Asosiysi izlanuvchining (izlanuvchi - u tadqiqotchi, u chaqaloqdan boshlab, bog’cha, maktab, universitetlarda va umrining oxirigacha o’rganuvchi, va tahlil qiluvchi inson) e’tiborini tortuvchi borliqni ob’ekt deb atash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Aslida biz ob’ektni tahlil qilamiz. Buning uchun ob’ekt tizim va undagi jarayondan iboratligini va unlarningkirish va chiqish parametlarini aniqlaymiz. Tizimli tahlil ob’ektni to’liqroq o’rganishga yordam beradi.
Parametr nima? Parametr-ob’ektning tizimini va tadqiqot etiluvchi jarayonini tavsif etuvchi omil yoki ko’rsatkich. Ob’ekt parametrlari orqali tahlil qilinadi. Parametrlarni to’liq aniqlamasdan qilingan tahlil chala bo’ladi.
Ierarxik pog’ona (yoki satx) nima?
Ierarxiyasi - daraxt kabi pog’onalash, pastki pog’onalarni tepadagi pog’onaga hisobot berishi kabi fikrni bildirgan (Ἱερός «muqaddas» vaἀρχή «qoida» qadimgi yunon so’zlaridan ἱεραρχία). Ilm-fan keng tarmoqlarida muhandislik, iqtisodiyot va hokazo turli sohalarda ierarxik pog’onalash usuli ishlatiladi.
Avvallari boshlang’ich tizimni tashkil etuvchi elementlarning munosabatlarini yaxshilash uchun optimal tizim tashkil qilishga intilingan. Fan va texnikaning zamonaviy rivojlangan holatida katta tizimni oddiy tizimlarning to’g’ridan to’g’ri olingan to’plamidan iborat deb tahlil qilish murakkabliklar va chalkashliklar keltirishi mumkin. Shuning uchun tizimni tashkil etuvchi elementlarni guruhlash talabi kuchaymoqda. Ierarxik pog’ona (yoki satx) usuli ko’p pog’onali tizimli tahlil usulida boshlang’ich tizimni ichiga qadama qadam kirib borish imkoniyatini beradi. Har bir ierarxik pog’ona bir necha elementlar – tizimchalardan iborat bo’ladi. Pastki pog’onadagi tizimchalar yuqori pog’onadagi bitta elementga yig’iladi. Bu ishda ierarxik pog’onalarga ajratish uslubidan foydalanish yaxshi natija beradi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling