O’tish chegarasi = tug’ilgan kun; Hayoldagi o’tish chizig’ini chizish va tushintirish kerak


Download 1.11 Mb.
bet3/12
Sana14.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1701949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot

Tizimli tahlil nima? Tizimni va undagi jarayonni o’rganish, ularning birgalikdagi kirish va chiqish parametrlarini topish, parametrlarning o’zaro bog’lanishini aniqlash, tahlildan so’ng to’g’ri echim topiladi. Demak, tizimli tahlil tizim bilan jarayonning kirish va chiqish parametrlarini aniqlab, ularning o’zaro bog’lanishlarini topish uchun bir-biriga ta’sir qiluvchi ichki ierarxik pog’onalardagi tizimchalar va ulardagi jarayonlarning ketma-ketligi asosida o’z ifodasini topadi.
Tizimli fikrlash va tahlilning tarixi va rivojlanishida tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil terminlari yoki qisqacha tizimli yondoshish hozircha standart talqinga ega emas. Fan xronologiyasi tizimlar nazariyasi va tizimli tahlilni o’tgan asr o’rtalarida paydo bo’lganligini ta’kidlashiga qaramasdan, bu tushunchalar insoniyat fikrlashni boshlaganidan boshlab ishlatilayotganligini e’tirof etish maqsadga muvofiq. Ilk tahlil soddaroq, osonroq bo’lsa, borgan sari murakkablashib, asta-sekin echim topish yo’llarini qidirishning har xil yo’llari vujudga kela boshlagan. Tizim tushunchasining ta’rifida ham ko’plab variantlarni topish mumkinki, ularning bir qismi chuqurroq falsafiy yondoshishga asoslangan, qolgan qismi esa tizimdagi amaliy masalalar echimini topishga undaydigan oddiy holatlarga asoslangan bo’ladi [4,5, 9,10,11].
Avvallari izlanuvchi fikrlashida tekshirilayotgan ob’ekt tizimi bitta ierarxik bosqichda ko’rilgan, shunga yarasha echimlarni belgilagan, keyinchalik ikki va ko’proq ierarxik sathdagi fikrlash tanlangan tizimdagi jarayonning makro va mikro kinetikasini ham e’tiborga olishga intilingan. Qaror qabul qilish jarayonida tizim ichidagi ierarxik sathlardagi jarayonlarni tahlil etish asosida katta tizimni tahlil etish, oraliqdagi ierarxik bosqichlar tizimlarini etarli darajada o’rganishga yaxshi e’tibor berish olingan natijani to’liqroq ifodalaydi. Misol qilib texnologiyalarni tashkil qilishda atom-molekulyar darajadagi jarayonlarni tahlilidan texnologik liniyalarni tashkil qilishga sakrab o’tilishi o’rniga oraliqdagi tizimlarni to’liqroq tahlil qilish yaxshi natija berishi mumkin.
Tizimli tahlil asosida izlanuvchi kamida uchta darajada masalani aniqlashi va echimini topishga intilishi mumkin:

  • tadqiq etilayotgan ob’ekt to’g’risidagi o’z tushunchalarini va dunyoqarashini kengaytirishi, chuqurlashtirishi;

  • tadqiq etilayotgan tizim elementlarining o’zaro munosabatini aniqlashi, yangi xususiyatlarini topishi;

  • o’zini qiziqtiruvchi ob’ekt ishlashining samaradorligini oshirishi.

Yillar davomida bajarilgan ilmiy ishlar, adabiyotlarda keltirilgan uslublar, har bir g’oyani tahlil uslublarini qiyoslab, asosiy uslub taklif qilinmoqda. Taklif etilayotgan uslub mavjud uslublarni rivojlantirgan holda tizimni deyarli qiynichiliksiz tahlil etish imkoniyatini beradi [1,3,6]. Bu uslubni muhandislik texnologiyasida qo’llanilishi yaxshi natijalarni ko’rsatdi. Uning samarasi xususan ko’plab doktorlik va nomzodlik dissertasiya ishlarida ko’rildi. Rivojlantirayotgan uslubiyot asta-sekinlik bilan ilmiy ishlar bajarilishi va hayotga tatbiq etilishida o’z natijalarini bermoqda va keyinchalik keng qamrovda ishlatiladi degan umiddamiz.
Tizimli tahlilni quyidagicha bajarilishini izohlash mumkin:

  1. Avvalo ish tanlangan ob’ektning o’zini va uning boshlang’ich tizimini to’liq o’rganishdan boshlanadi;

  2. Tizimdagi muhim jarayonlar to’liq o’rganiladi;

  3. Tizim va tizimdagi jarayonning kirish va chiqish ko’rsatkichlari aniqlanadi;

  4. Ko’rsatkichlarning bog’lanishlari topiladi. Ko’rsatkichlarning bog’lanishlari bayonnomalar, iboralar, jadvallar, grafiklar, rasmlar, aksariyat matematik yoki kompyuterdagi modellar asosida ifodalanishi mumkin;

  5. Optimal yechim topiladi. Qaror qabul qilinadi.

Boshlang’ich tizimda ko’rsatkichlar bog’lanishlarining topilishi murakkab bo’lsa, ko’p pog’onali tizimli tahlil usuli taklif qilingan. Ya’ni, ko’rsatkichlarning bog’lanishlari topilishi uchun qadam-baqadam tizim ichiga kirib (zaruratga qarab), ko’rib chiqilayotgan tizimning (elementning) tashkil etuvchi elementlari aniqlanadi. Har bir element o’ziga yarasha ob’ekt deb qabul qilinadi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling