O’tish chegarasi = tug’ilgan kun; Hayoldagi o’tish chizig’ini chizish va tushintirish kerak
-rasm. Lokal boshqaruv tizimining tarkibi
Download 1.11 Mb.
|
2-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21-rasm. Avtomatik nazorat qilish tizimi tarkibining soddalashgan sxemasi.
- 2.2. Texnologik jarayonlarni tizimli fikrlash asosida avtomatlashtirish. avtomatlashtirish tizimlari xaqida tushunchalar.
20-rasm. Lokal boshqaruv tizimining tarkibi. TBQ – topshiriq beruvchi qurilma; TQ – taqqoslovchi qurilma; K – kuchaytirgich; O’ – o’zgartirgich; KQ – korrektlovchi qurilma; IEQ – ijro etuvchi qurilma; BO – boshqarish ob’ekti;
O’Q-o’lchovchi qurilma; TBQ ning vazifasi – tizimning kirish kattaligini xosil qilish. Dasturiy boshqarish tizimlarida TBQ sifatida mikroprocessorlar, eHM lar ishlatilishi mumkin. TQ – tizimga qo’yilgan talab bilan tizim chiqishidagi boshqarilayotgan kattalikni taqqoslash natijasida xatolik signalini hosil qiladi. O’Q – boshqarilayotgan kattalikning o’lchab, taqqoslash uchun oson bo’lgan shaklga keltiradi. O’ – xatolik signalini kuchaytirish va uni kerakli shaklga almashtirish (modulyator, demodulyator). IEQ – boshqarish ob’ektiga bevosita ta’sir qilib boshqaruvchi kattalikni o’zgartirish uchun ishlatiladi. K – asosan quvvatni kuchaytirib, hosil bo’lgan xatolik signalini IEQ ni boshqarish uchun etarli bo’lgan qiymatga etkazadi. KQ – tizimga qo’yilgan sifat ko’rsatkichlariga erishish uchun ishlatiladi. Murakkab tizimlarda bu qurilma sifatida mikroprocessorlar hamda EHM ishlatiladi. Avtomatik nazorat qilish tizimi tarkibining soddalashgan sxemasi 21-rasmda berilgan. 21-rasm. Avtomatik nazorat qilish tizimi tarkibining soddalashgan sxemasi. SHQ – shakllovchi qurilma; NQO – nazorat qilinuvchi ob’ekt; O’ – o’zgartirgich; K- klassifikator; QQ – qayd qiluvchi qurilma; I – informator; O – operator. SHQ – berilgan texnik topshiriq, ob’ekt modeli va nazorat qilinayotgan ob’ekt xaqidagi axborotga asoslanib test (tekshirish) signallarini ishlab chiqaradi. O’ – ob’ektning holati xaqidagi signallarni normallashtirilgan (standart) ko’rinishga aylantirib beradi. K – ob’ekt haqidagi axborotni uning moduli bilan taqqoslab ob’ektning holati haqida xulosa chiqaradi. QK – ob’ekt xaqidagi axborot beradi va nazorat qilinayotgan parametrlar ularning nominal qiymatidan qanchalik chetga chiqishini qayd qiladi. Bu qurilma ob’ektning nosozligini tuzatish uchun ham maslaxat beradi. I – ob’ektning ishdan chiqish sababi va bu sababni yuqotish uchun ko’rsatma beradi. Avtomatik nazorat qilish tizimlari nosozlik sababini aniqlashdan tashqari diagnostika va ob’ektni ishdan chiqish ehtimoli borligini oldindan bashorat qilish uchun ham ishlatiladi. Texnik tavsiflari va sintezlash masalalari. A va BT ni loyixalashda uning tarkibi, asosiy elementlari va ularning parametrlari aniqlaniladi. Loyihalash jarayonida ularning quyidagi xususiyatlarini hisobga olish kerak.: 1. Statik xususiyatlar (kuchaytirish koefficienti, chiqish va kirish kattaligi, ularning quvvati, minimal va maksimal qiymatlari va x.k.); 2. Dinamik xususiyatlar (astatizm tartibi, chastotaviy tavsiflar, sifat ko’rsatkichlari, turg’unlik zahirasi va h.k.); 3. Aniqlik xususiyatlari (statik xatolik, dinamik xatolik, g’alayon ta’siri natijasidagi statistikk xatolik); 4. Ishlatish paytidagi xususiyatlar, (parametr va xususiyatlari o’zgarmasligi, ishga tayyor bo’lish qobiliyati, o’lchamlar, manbaga qo’yilgan talablar, tuzatish osonligi, tashqi ta’sirlarga chidamliligi va h.k); 5. Iqtisodiy xususiyatlar (chidamlilik, ishonchlilik, f.i.k., elementlarni tayyorlashdagi chetga chiqishlarning tizim sifatiga kam ta’sir etish va h.k.). A va BT larni loyihalashda xamma xususiyat va talablarni bir varakayiga hisobga olish og’ir masala. SHuning uchun avvalo tizimning qaysi maqsadga mo’ljallanganligini hisobga olgan holda bitta yoki ikkita mezonlar tanlab olinadi. Mezonlar umumiy yoki xususiy bo’lishi mumkin. Umumiy mezon tizimning eng yaxshi variantini uni boshqa tizimlar bilan bog’liqligini nazarga olgan holda topish uchun ishlatiladi. Xususiy mezon esa loyihalashning oraliq bosqichlarida qaror qabul qilish uchun ishlatiladi. Tizimga bir nechta talab quyilgan bo’lsa va ular o’zaro ziddiyatli xarakterga ega bo’lganda vektorli optimallashtirish usullari ishlatiladi. A va BT ni sintezlashni osonlashtirish uchun sintezlash qator bosqichlarga bo’linadi: tizim tarkibini aniqlash va parametrlar sintezi, elementlarni tanlash; energetik va konstruktiv xisoblash; elementlar ta’sirlarini moslashtirish va boshqalar. Optimal echimni topish uchun tizimning bir nechta variantini qarab chiqish lozim. 2.2. Texnologik jarayonlarni tizimli fikrlash asosida avtomatlashtirish. avtomatlashtirish tizimlari xaqida tushunchalar. Topshiriq: 1. Texnologik jarayonlarni tizimli fikrlash asosida avtomatlashtirish tizimlanirini analizini tushintiring. 2. Texnologik jarayonlarni tizimli fikrlash asosida avtomatlashtirish tizimlarining iboralarni tushintiring. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling