O’tish chegarasi = tug’ilgan kun; Hayoldagi o’tish chizig’ini chizish va tushintirish kerak


Ko’p pog’onali tizimli tahlil usuli


Download 1.11 Mb.
bet4/12
Sana14.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1701949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot

Ko’p pog’onali tizimli tahlil usuli. Tadqiqot etilayotgan tizim (ishlab chiqarish, xalq xo’jaligi sohasi, mamlakat, viloyat, tuman, ishlab chiqarish korxonasi, uyushmalar yoki apparat, apparat elementi yoki bir nechta apparatlardan iborat liniya, yoki zavod, va h.k) birlamchi bo’lgan ob’ektning katta tizimi (birlamchi ierarxik sath) sifatida qabul qilinadi. Tizimni va unda sodir bo’layotgan - tekshirilayotgan jarayon o’rganilib kirish va chiqish parametrlari aniqlangandan so’ng:

  • Asosiy tizimning tashkil etuvchi elementlari aniqlanadi. Uning har bir elementi ikkinchi ierarxik sath tizimi elementi deb ataladi. Ikkinchi ierarxik sath har bir elementida - tizimida kerakli jarayon tekshiriladi va tizim hamda jarayon parametrlari aniqlanadi.

  • Ikkinchi ierarxik sath tizimining ham tashkil etuvchi elementlari aniqlanadi. Ikkinchi ierarxik sath tizimining har bir elementi uchinchi perarxik sath tizimi deb ataladi. Uchinchi ierarxik sath tizimining har bir elementida mazkur ierarxik sath tizimning jarayonlari ko’riladi. Parametrlari aniqlanadi.

  • Shu tariqa birlamchi tizimning ichiga kirib borib fikran tizimchalarni aniqlash imkon darajasidagi chuqurlikkacha davom etadi.

O’tgan asrning o’rtalaridan boshlab bizda va shu jumladan, xorijiy adabiyotlarda ham izlanilayotgan ob’ekt qora qutiga o’xshatilgan [1,3,4,7].

16-rasm. Ob’ektni noma’lum (qora) quti sifatida ifodalanishi

Tizimli tahlilning xususiy hollarida izlanilayotgan ob’ekt qora quti biroz oqarishi mumkin, ba’zida echim topish uchun u etarli deb qabul qilinadi. Ta’kidlash kerakki, ko’p pog’onali tizimli tahlil asosida qora quti oqarib borishi va to’liq oqarishi mumkin. Tizim va undagi jarayonlar birgalikda tahlil qilinishi sababli topiladigan echim aniqroq bo’ladi. Fikrlar umumlashtirilib tizimli tahlilning algoritmik formulasi tavsiya etildi [16].


Tizim tahlilining algoritmik formulasi
TT=((Tizim + Jarayon)→parametrlar) *n*n
Tizim tahlili algoritmik formulasi asosida bajarilishi quyidagicha:

  1. Tekshirilayotgan borliq - element sistema deb qabul qilinadi va o’rganiladi.

  2. Unda sodir bo’layotgan jarayonlar aniqlanadi, o’rganiladi. Ta’kidlash lozimki, har bir tekshirilayotgan elementda - tizimda ko’plab jarayonlar sodir bo’ladi, undan tadqiq etilishi lozim bo’lgan jarayonlar tanlanadi.

  3. Tizim bilan jarayon o’rganilib tizimga hamda jarayonga taalluqli parametrlar, eng asosiysi kirish va chiqish parametrlari aniqlanadi.

  4. Ana endi tanlangan tizimdagi parametrlarning bir-biriga ta’siri va bog’lanishi aniqlanadi. Buning uchun aksariyat tizim ichiga ketma-ket, qadama-qadam kirib boriladi. Buning uchun tizimning ko’p pog’onali tahlili taklif etilgan *n*n – ierarxik pog’ona va uning ichidagi tizimchalar soni

SHunday qilib, har bir tekshirilayotgan element tizimida ko’plab jarayonlar sodir bo’ladi, undan tadqiqot etilishi lozim bo’lgan jarayonlar tanlanadi. Tizim bilan jarayon o’rganilib, tizimga hamda jarayonga taalluqli parametrlar aniqlanadi. Tanlangan tizimda parametrlarning bir-biriga ta’sirini aniqlash uchun tizim ichiga ketma-ket, qadama-qadam kirib boriladi. Buning uchun tizimning ko’p bosqichli tahlili taklif etilgan.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling