Tekshirilayotgan ob’ekt tizimidan yuqoridagi ierarxik pog’onaga chiqish. Ba’zi masalalarda ko’rilayotgan tizim bilan boshqa tizimlardan yangi optimal tizim tashkil qilish vazifasi qo’yiladi [6]. Unda ko’rilayotgan tizimdan bir pog’ona yuqoridagi yangi ierarxik pog’onaga chiqish mumkin.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish haqida umumiy ma’lumotlar
Ishlab chiqarish sohasidagi boshqarish tizimlari uch sinfga bo’linadi:
Nazorat qilish, rostlash va boshqarishning lokal tizimlari (NRBLT)
Nazorat qilish, rostlash va boshqarishning markazlashtirilgan tizimlari. (NRBMT). Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari
17-rasm. Lokal nazorat, rostlash va boshqarish tizimi tuzilishi
(TJABT). NRBLT asosan o’zaro bog’liq bo’lmagan va deyarli bitta joyda bo’lgan hamda murakkab bo’lmagan qurilmalarning parametrlarini rostlash va dasturiy boshqarish uchun ishlatiladi. (17-rasm)
NRBMT ob’ekt haqida axborot to’plash va qayta ishlash hamda ular asosida boshqarish tizimi maqsadiga mos holda boshqarish ta’sirlarini hosil qilish uchun mo’ljallangan. Bu tizimlar boshqarish ob’ekti va jarayonlarni masofadan nazorat qilish, rostlash va boshqarish uchun ishlatiladi. Nazorat qilinayotgan va boshqarilayotgan kattaliklar ko’p bo’lib, ular tarqoq holda bo’lishi ham mumkin. (18-rasm)
18-rasm. Markazlashtirilgan nazorat, rostlash va boshqarish tizimi tuzilishi
MB – masofadan boshqarish.
MNBP – markaziy nazorat qilish va boshqarish punkti.
IA – ikkilamchi asboblar.
TBQ – topshiriq beruvchi qurilma
MBBQ – mantiqiy buyruq berish qurilmasi
TJABT inson-mashina tizimlari bo’lib, qabullangan mezon bo’yicha texnologik ob’ektni optimal boshqarish uchun zarur bo’lgan axborotni avtomatlashtirilgan holda jamlaydi va qayta ishlaydi hamda texnologik boshqarish ob’ektlariga boshqaruv ta’sirlarini ishlab chiqaradi va amalga oshiradi. (18-rasm)
Texnologik boshqaruv ob’ekti (TBO) – bu texnologik uskuna va unda ma’lum bir reglament bo’yicha amalga oshirilgan texnologik jarayon majmuasidir.
TBO va TJABT avtomatlashtirilgan texnologik majmuani (ATM) tashkil etadi.
Boshqarish mezonlari sifatida texnik-iqtisodiy ko’rsatkich, masalan, berilgan sifatda mahsulot tannarxi, samaradorlik yoki texnologik ko’rsatkichlar-jarayon parametrlari, chiqish mahsuloti tavsiflari bo’lishi mumkin.
Hozirgi paytda o’zaro bog’liq bo’lgan texnologik jarayonlarni boshqarishda lokal boshqarish tizimlari yirik boshqarish tizimlari tarkibiga kirish mumkin.
Bu holda ko’p pog’onali tarkibga ega boshqarish tizimi tarkibi quyidagicha bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |