34
Mum tishlab qoldi – mutlaqo gapira olmaslik.
“Nimaga mum tishlab qolding ? Ichingdagini ayt.” – “Nimiga
gapirmaysan? Ichingdagini ayt.”
O„quvchilar
yozgan misollarini taqqoslab, ular o„rtasidagi ma‟nolarni
izohlasa, maqsadga muvofiq bo„ladi.
5-sinf o„quvchilarida ko„rgazmalilikning ahamiyati katta.
Ghunki ularning
yosh xususiyatlari shuni taqazo qiladi. Ko„rgazmali
vosita asosida tushuntirish
ham ko„rish orqali, ham eshitish orqali xulosa chiqarish imkoniyatini yaratadi.
Ko„rgazmali
vositalar jadval, sxema yoki biror rasm tasviri asosida bo„lishi
mumkin.
Yuqoridagi savol javobdan so„ng mavzuni yanada mustahkamlash
maqsadida ekranga iboralarni ifodalovchi rasmlar chiqariladi.
Guruh a‟zolari rasmga qarab iboralarni topadi va
izohini beradi, qo„shimcha
ravishda gaplar tuzadi. Rasm.
“Chaqqonlar” guruhi:
Tepa sochi tikka bo„ldi – birdan jahli chiqmoq ma‟nosini beradi.
Bu holatni ko„rib ukamning tepa sochi tikka bo„ldi.
“Topqirlar ” guruhi:
Tarvuzi qo„ltig„idan tushdi – umidi puchga chiqmoq, hafsalasi pir bo„lmoq.
Ahmadjon qishloqdan tarvuzi qo„ltig„idan tushib qaytib keldi.
Yangi mavzu mustahkamlangandan so„ng g„olib komandalar aniqlanib, ular
rag„batlantiriladi. Darsda faol qatnashgan o„quvchilar ham 5 ballik tizimda
baholanadi.
O„quvchilarni darslarda baholab, rag„batlantirishning ahamiyati juda katta.
Chunki bunda o„quvchilarning darsga qiziqishi
yanada ortadi, o„z ustida ko„proq
ishlaydi. Darsda faol ishtirok etmagan o„quvchilar ham ularga yetishishga harakat
qiladi.
Dars oxirida 539-mashq uyga vazifa qilib beriladi.