O„zbek tili va adabiyoti fakulteti o„zbek tili va uni o„qitish uslubiyati kafedrasi


Download 196 Kb.
bet23/46
Sana14.09.2023
Hajmi196 Kb.
#1677542
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi abdulla qodiriy -fayllar.org

Topshiriq. Berilgan misollarni so„z birikmalari, qo„shma so„zlar va iboralarga
ajrating: og„zi qulog„ida, og„zining chekkasi, otquloq, chap bermoq, burnidan ip 


o„tkazmoq, ipning uzunligi, toshbaqa, temir yo„l.
Dastlab o„quvchilar berilgan misollarni ibora, so„z birikmalari va qo„shma 
so„zlarga ajratib, keyin ularni izohlaydilar.

Iboralar: og„zi qulog„ida, burnidan ip o„tkazmoq: 

So„z birikmalari : og„zining chekkasi, ipning uzunligi. 

Qo„shma so„z: otquloq, chap bermoq, toshbaq, temir yo„l. 
Og„zi qulog„ida – ibora , qanday ? so„rog„iga javob bo„ladi, xursand so„ziga 
teng keladi.
Burnidan ip o„tkazmoq – ibora, nima qilmoq? so„rog„iga javob bo„ladi, o„zining 
yo„liga yurgizmoq birikmasiga to„g„ri keladi.
Og„zining chekkasi – so„z birikmasi, moslashuv yo„li bilan birikkan, nimaning 
chekkasi? so„rog„iga javob bo„ladi.
Ipning uzunligi -– so„z birikmasi, moslashuv yo„li bilan birikkan, nimaning 
uzunligi? so„rog„iga javob bo„ladi.
Otquloq – qo„shma so„z, ikkita mustaqil so„zning birikishidan hosil bo„lgan, 
nima? so„rog„iga javob bo„ladi.

Chap bermoq – qo„shma so„z, qo„shma fe‟l, nima qilmoq? so„rog„iga javob
bo„ladi.
Toshbaqa - qo„shma so„z, ikkita mustaqil so„zning birikishidan hosil bo„lgan,
nima? so„rog„iga javob bo„ladi. 


38


Temir yo„l – qo„shma so„z. Ba‟zan qo„shma so„zlar tashqi tomondan bog„li-
turg„un , barqaror birikma xarakteriga ega bo„ladi.
9
Temir yo„l – temirdan qilingan 

yo„l emas, shartlangan.


Bu topshiriqni bajarishda sinfdagi o„quvchilarning mustaqil fikri so„raladi. Ular 

so„zlarga savol berish orqali , ularning ma‟nolari izohlash orqali qaysi so„z ibora,


qaysi so„z qo„shma so„z va qaysi biri so„z birikmasi ekanligini topadi. 
Topshiriqni bajarishda o„quvchilar ibora, qo„shma so„z va so„z birikmasining
o„zaro farqli tomonlari haqida tasavvur hosil qiladilar. Chunki bajarish jarayonida 
faol ishtirok etib, umumiy tushunchalarga ega bo„ladi. Shu umumiy tushuncha va
xulosalarni mustahkamlash maqsadida yangi mavzuni tushuntiramiz. 
Yangi mavzu bayonini ko„rgazmali qurol vositasida beramiz.



Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling