O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim
Download 5.53 Mb.
|
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„ZBEK TILI DAVLAT TILI SIFATIDA
Фойдаланилган адабиѐтлар:Қосимов А. Тиббий терминлар изоҳли луғати. Икки жилдлик. жилд. – Тошкент: Абу Али ибн Сино, 2003. – 568 б. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдлик. 4-жилд. – Тошкент: ЎзМЭ, 2006. –671 б. Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент: ЎзМЭ, 2002. 164 б. Ҳомидий Ҳ., Абдуллаева Ш., Иброҳимова С. Адабиѐтшунослик терминлари луғати // Н. Маллаев таҳририда. –Тошкент: Ўқитувчи, 1967. –300 б. 4-SHO„BA. DAVLAT TILIDA ISH YURITISH MASALALARI O„ZBEK TILI DAVLAT TILI SIFATIDAQobilova Sora Sobirovna, Vobkent tumani 16- maktab o‗qituvchisi Annotatsiya. Til – millatning ma`naviy boyligidir. Til nafaqat muomala vositasi, balki, xalqning turmush tarzi, tarixidir. Ushbu maqolada o‗zbek tilining keng imkoniyatlari, o‗zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi haqida fikrlar bildirilgan. Kalit so„zlar. Til, o‗zbek tili, davlat tili, adabiy til, sheva, lahja. Biz til haqida gapirar ekanmiz, avvalo, bizga tanish bo‗lgan, nutqimizda tez-tez qo‗llovchi, o‗zbek tili, davlat tili va adabiy til kabi birliklariga biroz to‗xtalsak. O‗zbek tili – turkiy tillarning qarluq guruhiga mansub tillardan; yangi uyg‗ur tili bilan birgalikda qarluq-xorazm guruhchasini tashkil etadi. O‗zbek tili asosan, O‗zbekistonda, shuningdek, Afg‗oniston, Tojikiston, Qirg‗iziston, Qozog‗iston, Turkmaniston, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, AQSH, Germaniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. O‗zbek tili qipchoq, o‗g‗uz, qarluq-chigil-uyg‗ur kabi 3 ta til birligi sifatida shakllanib, murakkab dialektal tarkibi bilan ajralib turadi. Bu lahjalar tarkibidagi ko‗plab shevalar fonetik, leksik va qisman morfologik jihatdan o‗zaro farqlansa-da, ularning barchasi ham milliy O‗zbek tilining, adabiy o‗zbek tilining shakllanishida muayyan darajada ishtirok etgan. O‗zbek tilining lahjalari orasida, odatda, qarluq-chigil lahjasi hamda uning tarkibiga kirivchi shevalar (Toshkent, Andijon, Farg‗ona,Namangan, Qo‗qon, Jizzax,Samarqand, Kattaqo‗rg‗on, Buxoro, Qarshi, O‗sh, Marg‗ilon, Jalolobod va boshqa shaharlarning shevalari) o‗zbek adabiy tilining tayanch shevalari hisoblanadi. O‗zbek adabiy tilining me‘yorlarini belgilashda Toshkent shevasi fonetik jihatdan, Farg‗ona, Andijon shevalari morfologik jihatdan tayanch shevalar deb olingan. Davlat tili – har qanday davlatning tarixiy taraqqiyoti negizida vujudga kelgan, o‗zini anglash, milliy ong va tafakkurning in‘ikosi, avlodlar o‗rtasidagi ruhiy, ma‘naviy bog‗liqlik vositasi, mamlakatda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar yakdilligini ifoda etadigan, davlat doirasida va davlatlararo munosabatlarda o‗zaro muloqot vositasi hisoblangan, qonuniy maqomga ega bo‗lgan hamda qonun bilan himoyalangan rasmiy til. Adabiy til – har qaysi xalq va millat ma‘naviyatida ulkan ahamiyat kasb etadigan, uning ruhiy olamini moddiy shaklda yuzaga chiqarish va umumbashariy taraqqiyot uchun xizmat qildirish, el- yurtni birlashtirish, o‗zlikni anglashda muhim vosita bo‗ladigan buyuk ijtimoiy hodisa. Adabiy til umumxalq tilining sayqallangan, lekin, fonetik va grammatik jihatdan shu xalq shevalaridagi eng yaxshi xususiyatlarni o‗zida mujassam etib, hamma uchun tushunarli va ma‘qul me‘yorga solingan umummilliy muloqot vositasidir.Tarix va taraqqiyot jarayonida adabiy til o‗zgarib, takomillashib boradi. Masalan, Alisher Navoiy davridagi o‗zbek adabiy tili hozirgi zamon o‗zbek adabiy tilidan farq qiladi. Istiqlol davrida adabiy tilning ma‘naviy hayotimizdagi o‗rni va ahamiyati bo‗lsa tobora ortib bormoqda. Har qanday mamlakatda bo‗lgani kabi O‗zbekistonda ham o‗zbek tiliga davlat tili maqomining berilish jarayoni oson kechmagan. Prezidentimizning qat‘iyati va oqilona sa‘y-harakatlari tufayli 1989-yil 21-oktabrda mamlakatimizda o‗zbek tili Davlat tili deb e‘lon qilindi. Davlat tili odatda uch yo‗l bilan belgilanadi: Tarixiy an‘ana asosida muayyan davlat hududida istiqomat qiluvchi barcha xalqlar mavjud tillardan birini umum til deb tan oladi. U, ko‗pincha, shu davlatdagi ko‗psonli millatning tili bo‗ladi. Hukumat, president, parlament yoki rahbar organlar tomonidan xalqaro yoki jahon tillaridan biri davlatning rasmiy tili deb e‘lon qilinadi. Davlat organlari, hukumat idoralari va rasmiy tashkilotlarda yozishmalar faqat shu tilda qabul qilinadi yoki jo‗natiladi, shuningdek, barcha muzokara, muhokama, majlis, sessiya, konferensiya, kongress va shu kabi yig‗inlar ana shu rasmiy tilda o‗tkaziladi. Davlatning qonun chiqaruvchi organi yoki mamlakat prezidenti tomonidan jamiyat hayotining barcha sohalarida qollanilishi shart deb e‘lon qilingan til. Angliya, Kanada, Yaponiya, Xitoy, AQSh, Shvetsiya, Norvegiya davlatlarida hech qaysi til davlat tili deb e‘lon qilinmagan bo‗lsada, lekin ularda azaldan mamlakat aholisining ko‗p qismini tashkil qilgan xalqning tili davlat tili, rasmiy til sifatida tan olingan. Gvineya, Gana, Kongo kabi sobiq mustamlaka davlatlarda rasmiy til sifatida sobiq mustamlakachilar tili, masalan, ingliz yoki fransuz tili qabul qilingan. Shu tariqa, xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‗lmish ona tilimiz o‗zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‗ldi. Konstitutsiyamizda Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlab qo‗yilgan. O‗zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‗i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo‗li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi. Yer yuzida qancha millat, xalq, elat, qabila bo‗lsa, shuncha til bor. Tilsiz xalq yo‗q. Xalqsiz esa til ham bo‗lmaydi. Bular egizak tushunchalar bo‗lib, biridan birini ayirib bo‗lmaydi, ular ayirib qo‗yilsa, ikkisi ham o‗zligini yo‗qotadi. Xalq boshqa bir xalqqa qo‗shilib ketsada, uning tili o‗lik tilga aylanadi. Kezi kelganda shuni aytib o‗tish lozimki, birgina ―Til‖ so‗zi misolida ham tilimizning naqadar boy va serjilo ekanini yaqqol ko‗rish mumkin. Til rivojining hozirgi holati o‗z sohibi bo‗lgan millat yoki elatning tadrijiy ravnaqi, bosib o‗tgan tarixiy yo‗li, jamiyatning qaysi bir taraqqiyot bosqichida ekani, iqtisodi, madaniyati, fani va ma‘naviyati kabi omillarga bog‗liq. Biz uchun esa o‗z ona tilimiz bo‗lmish O‗zbek tili aziz-u mo‗tabar ekani shubhasiz. Bu esa barchamizni tilimiz sofligi, uni asrab-avaylash va takomillashtirish uchun mas‘ul ekanimizni anglatadi. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling