O’zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri prof. B. Umurqulov


Download 34.63 Kb.
bet1/2
Sana07.05.2023
Hajmi34.63 Kb.
#1439357
  1   2
Bog'liq
mustaqil tilshunoslik nazariya 2022 ko\'rsatma


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI






Termiz davlat universiteti
O’zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri prof.B.Umurqulov ____________
2022-yil “___”__________________



TILSHUNOSLIK NAZARIYASI
fanidan seminar darslari mustaqil ta’lim bo’yicha
KO’RSATMALAR


(kunduzgi ta’lim shakli 1-kurs 522- guruh talabalari uchun)

Bilim sohasi: 200000 –San’at va gumanitar fanlar


Ta’lim sohasi: 230000 – Tillar
Ta’lim yo‘nalishi: 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)
Fanga oid ma’lumotlar



Fanning malakaviy kodi:

400.1TK9M

O‘quv yili:

2022/2023

Semestr:

1

Kafedra nomi:

O‘zbek tilshunosligi

Ajratilgan soatlar:

150 soat

Ajratilgan kreditlar soni:

6

Fanturi:

Majburiy

Professor-o‘qituvchi:

Xolova.M.A

E-mail / telefon:

xolovam@tersu.uz (97) 530-50-21

Qabul soatlari:

Kafedrada tasdiqlangan reja-grafigi asosida

Soatlar taqsimoti




Semestr




I

Umumiyo‘quvsoati

150

Auditoriya soati

90

Ma’ruza




Amaliy

30

Seminar

30

Mustaqil ta’lim

90



Termiz – 2022


Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi



t/r










Soat

To’planadigan kredit


Mavzu:

Tilning ijtimoiy ko‘rinishlari. sotsiolingvistika.




2

0,4




Vazifa:

Seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik (slayd tayyorlash)













Ko’rsatma:

Talaba ushbu slaydni tayyorlashda tilning ijtimoiy hayotdagi tutgan o’rniga alohida e’tibor qaratadi, tilshunoslikdagi sotsiolingvistika sohasiga ta’rif beradi. Insonlar o’rtasidagi tilning aloqa-aralashuv vositasi ekanligining mohiyatini ochishga harakat qiladi.











Mavzu:

Millatlararo tillar. Xalqaro tillar. Sun’iy tillar.




2

0,4




Vazifa:

Seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik (slayd tayyorlash)













Ko’rsatma:

Talaba seminar mashg‘ulotlariga slayd tayyorgarligini ko’rish jarayonida millatlararo tillarning o’ziga xos xususiyatlari, xalqaro til va o’zbek tilining xalqaro tillar bilan umumiy va farqli tomonlatiga e’tibor qaratadi. Sun’iy tillarning yuzaga kelish sabablarini yoritadi.











Mavzu

Hozirgi kunda tilshunoslikning ahvoli.




2

0,4




Vazifa:

Internet tizimidan maqola topish













Ko’rsatma

Talaba seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik jarayonida scopus, google scholar kabi ilmiy maqolalar aks etgan bazalardan hozirgi kunda tilshunoslikning tadrijiy rivojlanishi va lingvistika oldida turgan muammolar va uning yechimlari haqidagi maqolalarni topadi. Maqoladan chiqarilgan xulosalar bilan o’rtoqlashadi, bahs yuritadi.











Mavzu:

Maktabda ona tili darslari qay tartibda o‘tilishi kerak.




2

0,4




Vazifa:

Vazifani slayd yoki konspekt shaklida tayyorlash













Ko’rsatma:

Ushbu seminar mashg‘ulotlariga talaba tomonidan tayyorgarlik ko’rish uchun umumta’lim maktabida bir soatlik darslar kuzatiladi. Olingan tajribalar asosida ona fanidan tili bir soatlik konspekt tayyorlanadi. Shu tayyorgarliklar xulosasi o’laroq ona tili fanini o’tish uchun ko’rsatmalar va fan oldida turgan dolzarb muammolar hamda uning yechimlari haqida suhbatlashiladi. (slayd yoki konspekt tayyorlash)











Mavzu:

Tilshunoslik va semiotika.




2

0,4




Vazifa:

Mavzuni konspektlashtirish













Ko’rsatma:

Ushbu seminarga tayyorgarlik jarayonida talaba semiotika haqida tassavvurga ega bo’ladi. Ya’ni semiotikaning semiologiya — 1) axborot, maʼlumotlarni saqlash va uzatish uchun xizmat qiladigan belgilar va belgi tizimlarining umumiy xususiyatlarini oʻrganadigan fan sohasi; 2) u yoki bu obyektning bir maʼnodagi S. nuqtai nazaridan oʻrganiladigan tizimi (mas, muayyan film yoki ekanligini anglaydi. Lingvistik semiatikaning asosiy tushuncha lisoniy belgi boʻlib, u muayyan matnlardagi va muomala vaziyatidagi shakl va mazmunning dialektik birligi sifatida namoyon boʻlishi, belgi oʻzi shartli ravishda aloqador boʻlgan narsa haqida muayyan jamiyat vakillariga xabar berishini, belgilarning eng muhim va murakkab tizimi tilshunoslik oʻrganadigan tilligini tushunadi. Talaba tomonidan belgi tizimlari tabiiy (inson tili, xayvonlarning belgi tizimlari) va sunʼiy (yasama, sunʼiy tillar, dasturlash tili, fizika, kimyo, matematika va mantiqdagi ramzlar tizimi) boʻlilishi, belgi tizimlarini oʻrganishda sintaktika, semantika va pragmatika oʻzaro ajratiladi. Sintaktikaning nutq zanjirida yoki muayyan matnda ketma-ket, izchil qoʻllanadigan til birliklari oʻrtasidagi oʻziga xos munosabatlarni oʻrganishi, semantika belgilarning ular ifodalaydigan obʼyektlar bilan munosabatini oʻrganishi, pragmatika esa belgilar, ular ifodalaydigan obʼyektlar hamda belgilar tizimidan foydalanuvchilar oʻrtasidagi munosabatni oʻrganishini talaba o’rganadi va tahlil qiladi. S.ning "belgilar haqidagi fan" sifatida umumiy kridalari, xususiyatlarini Ch.S. Pirs va shveysariyalik tilshunos F. de Sossyur,, faylasuf Ch. U. Morris kabi olimlarning o’tkazgan tadqiqotlarini o’rganadi. Mavzuga oid manbalarni topadi va tilshunoslik doirasida tizimlarning bog’liqligi haqida xulosalar qiladi. (slayd tayyorlash)











Mavzu:

Til birliklari va nutq birliklari.




2

0,4




Vazifa:

Til birliklari va nutqiy birliklar yuzasidan slayd tayyorlash













Ko’rsatma:

Ushbu seminar mashg’ulotiga tayyorgarlik jarayonida talaba nutqiy muloqotni tashkil etuvchi til va nutq elementlari, jahon tilshunosligidan ushbu masalada izlanish olib borgan tilshunos olimlarning fikr-mulohazlari bilan tanishadi Bundan tashqari, nutqiy muloqotning ikkita asosiy turlarga (rasmiy va norasmiy muloqot uslubiga) ajratilishi haqida fikr yuritadi. Til va nutq birliklari : 1.Fonema va tovush; 2.Leksema va so'z; 3.Morfema va qo'shimcha; 4.Qolip va hosila haqida tushunchaga ega bo’ladilar. Seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik; (slayd)











Mavzu:

Til birliklarning alohida tizim sifatida o‘zaro mutanosibligi.




2

0,4




Vazifa:

Til birliklarning alohida tizim sifatida o‘zaro mutanosibligini ochib beruvchi taqdimot tayyorlash.













Ko’rsatma:

Ushbu seminarga talaba tayyorlanish jarayonida til birliklarning alohida tizim sifatida o‘zaro mutanosibligi haqida tassavurga ega bo’ladi. Til tizimliligini ta’minlovchi sathlar: fonetika, fonologiya, morfemika, morfologiya, grammatika, leksikologiya haqida fikrlaydi, tahlil qiladi va xulosalaydi. Seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik (slayd tayyorlash)











Mavzu:

Yozuv – madaniy taraqqiyot mahsuli













Vazifa:

“Yozuv taraqqiyot mahsuli” mavzusida konspekt tayyorlash













Ko’rsatma:

Talaba tomonidan tayyorlanish jarayonida quyidagicha ma’lumotlarga ega bo’lishadi. Masalan: Yozuv — muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar oʻrtasidagi muloqatga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yo.— kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining tom maʼnodagi ibtidosi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biri. Yo. tildan ancha keyin paydo boʻlgan (tovush tili 400—500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, Yo.ning paydo boʻlganiga esa 4—5 ming yillar boʻlgan). Ogʻzaki til (nutq)ning zamon (vaqt) va makon (masofa) nuqtai nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf etish zaruriyati Yo.ning paydo boʻlishiga olib kelgan. Ogzaki til talaffuz vaqtidagina va ayni paytda muayyan masofadagi (tovush toʻlqinlari yetib borishi mumkin boʻlgan) kishi uchungina mavjuddir. Boshka sharoitlarda tilga ehtiyoj paydo boʻlishi bilan inson dahosi bu ehtiyojni qondira oluvchi vositalarni qidira boshlagan, natijada belgilar tizimidan iborat Yo. dunyoga kelgan. Yo.ning paydo boʻlishi va taraqqiyoti jamiyat rivoji, shuningdek, muayyan masofadagi kishilarning oʻzaro aloqa qilish ehtiyoji, siyosiy, huquqiy, diniy va estetik harakterdagi axborotlarni qayd etish, sakdash zaruriyati bilan bevosita bogʻliq. Xalqlarning davlat sifatida birlashuvi nutqiy aloqa doirasini kengaytiradi va murakkablashtiradi; i.ch. va savdo kengayadi; boshqa xalklar va davlatlar bilan harbiy, siyosiy va b. shartnomalar tuziladi; qonunlar paydo boʻladi va mustahkamlanadi; diniy qarashlar va mafkuraning boshqa turli koʻrinishlari shakllanadi; xalqlarning oʻz tarixini bilishga boʻlgan ehtiyoj kuchayadi.






2

0,4


Mavzu:

Til sathlari; tilning fonetik-fonologik sathi.













Vazifa:

Seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik (slayd)




2

0,4




Ko’rsatma:

“Til sathlari: tilning fonetik-fonologik sathi” mavzusiga talabalar tayyorlanish doirasida” Trubetskoy N. M., Osnovi fonologii, per. s nem., M., 1960; Zin der L . R., Obshaya fonetika, L., 1960; Polivanov Ye. D., Stati po obshemu yazikoznaniyu, M., 1968; Reformatskiy A. A., Iz istorii otechestvennoy fonologii, M., 1970; Baskakov N. A., Sodiqov A. S, Abduazizov A. A., Umumiy tilshunoslik, T., 1979, Nurmonov A. N., Oʻzbek tilining fonologiyasi va morfonologiyasi, T., 1990; Abduazizov A. A., Oʻzbek tilining fonologiyasi va morfonologiyasi, T., 1992.Abduhamid Nurmonov. kabi olimlarning ilmiy asarlaridan foydalangan holda tayyorlashadi.











Mavzu:

Til oilalari. hind-yevropa tillari oilasi. roman tillari.




2

0,4




Vazifa:

Mavzuni til shajarasi bo‘yicha o‘zlashtirish (maqola topish va tahlil qilish)













Ko’rsatma:

Til oilalari tarkibida hind-yevropa va roman-german tillarini yoritishda LL.Meye A., Vvedsniye v sravnitslnoye izuchenis indoyevropeyskix yaznkov, psr. s angl., M.-L., 1938;Porsig V., Chleneniye indo-yevropeyskoy yaznkovoy oblasti, per. s nsm., M., 1964; Ivanov V.V., Obsheindoyevro-peyskaya, praslavyanskaya i anatoliyskaya yazm-kovms sintezm, M., 1965; Il l i ch-S vitmch V.M.. Opnt sravneniya nostraticheskix yazn-kov. Sravnitelnny slovar [t. 1–3|, M., 1971–84; Yazmki Azii i Afriki, t. 1–2. In-doyevropeyskiye yaznki, M., 1976–78; Gamk-relidze T.V., Ivanov V.V., Indo-yevropeyskiy yaznk i indoyevropeysn. Rekon-struksiya i istoriko-tiiologicheskiy analiz prayazmka i protokulturn, kn. 1–2, Tbilisi, 1984; Sravnitslnoye yazmkoznaniye i istoriya yazmkov. L., 1984. Abduvahob Madvaliyev, Ilhom Madrahimov, Oʻroq Lafasov. Kabi olimlarning qarashlariga tayangan holda tayyorlangan maqolalar internet tizimida e’tirof etilgan ilmiy bazalardan topiladi, tahlil va tadqiq etishga harakat qilinadi, xulosalanadi. topiladi













Mavzu:

Tilning leksik taraqqiyotidagi ichki va tashqi omillar.




2

0,4




Vazifa:

Tilning leksik taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni aks ettirgan ma’lumotlar qamrab olinadi va seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko’rish uchun slayd tayyorlanadi













Ko’rsatma:

Til taraqqiyotida ichki va tashqi omillarni ajratish mumkin.Ichki omillarga kiradi Bular

Download 34.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling