O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Iqtisodiy tahlilning metodi


Download 1.1 Mb.
bet27/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

Iqtisodiy tahlilning metodi - korxonadagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyat turlarining yuzaga kelishi, o‘zgarishi hamda rivojlanishini dialektik yondashuv usulida o‘rganishdir. Ijtimoiy- iqtisodiy samaradorlikni oshirish maqsadida korxonaning xo‘jalik hamda boshqa faoliyat turlarini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar tizimi- dan foydalanish, ushbu ko‘rsatkichlaming o‘zgarishi sabablarini tadqiq qilish, ulaming o‘zaro bog‘liqliklarini aniqlash hamda hisob- kitob qilish iqtisodiy tahlil fani metodining o'ziga xos jihatlaridir.
Metodining mazmuniga ko‘ra tahlil vositasida xo‘jalik jairayonlari va boshqa faoliyat turlarini o‘rganishda dialektik yondashuv, ya'ni har bir voqelik mavjud va rivojlanishda, deb qaraladi. Bu voqeliklar sondan sifat o‘zgarishiga va yangi sifatning paydo bo‘lishi, inkomi - inkor qilish, qarama-qarshilik kurashi, eskining tugashi, yangi - ilg‘or voqeliklaming paydo bo‘lishi kabi xususiyatga ega bo‘ladi. Dialektik yondashuv va uning barcha usullari ho‘jalik jarayonlarini o‘rganishda, tahlil qilishda korxona faoliyatini barcha bosqichlarida qo‘llaniladi.
Iqtisodiy tahlil metodining ta'rifida uning e'tiborli jihatlari ham ko‘rsatilgan. Jumladan, xo‘jalik jarayonlari va iqtisodiy voqealami tahlil qilishda juda ko‘plab ko‘rsatkichlardan foydalanish zarurligi.
Tahlil uchun kerak bo‘lgan ko‘rsatkichlar, ulaming turi hamda miqdori o‘rganilayotgan iqtisodiy jarayonning mazmuni, hajmi va davriga bog‘liq bo‘ladi. Hatto, tahlil natijasida awaldan mo‘ljallanmagan yangi ko‘rsatkichlar ham hisoblab topilishi mumkin. Mazkur holat iqtisodiy tahlil metodining o‘ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi.
O‘rgamlayotgsmxo‘jalikjarayonlairining, ya'ni ko‘rsatkichlaming o‘zaro farqlanishi hamda o‘zgarishi sabablarini aniqlash tahlil ishlarida muhim ahamiyatga ega. Har bir o‘zgarishga ta'sir ko‘rsatgan sabablami (omillar) hisoblash iqtisodiy tahlil metodining yana bir o‘ziga xos xususiyatidir. Chunki, tahlil qilinayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar va ulardagi o‘zgarishlar doimo bir-biri bilan uzviy bog‘liq, o‘zaro aloqa hamda ta'sir natijasida sodir bo‘ladi. TahUl vositasida mazkur holatlar, ya'ni o‘zgarishlar aniq hisoblanadi va o'rganiladi. Ta'kidlash kerakki, ayrim olingan omillar oxirigi yakuniy natijaga sezilarli ta'sir ko‘rsatishi va uni tubdan o‘zgartirib yuborishi ham mumkin. Shuning uchun ham xo‘jalik faoliyatidagi o‘zgarish sabablari, ulaming omillar ko‘rinishida yuzaga chiqishi tahlilda jiddiy tarzda o‘rganiladi. Demak, ko‘rsatkichlarga ta'sir etuvchi asosiy va qo‘shimcha omillami aniqlash ulami tasniflash tahlil metodining muhim xususiyati bo‘lib sanaladi. Sabablami aniqlash va omillami to‘g‘ri guruhlash xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishning sifatli bo‘lishida muhim rol o'ynaydi.
Iqtisodiy tahlil metodining yana bir o‘ziga xos tomoni .o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlami bir - biriga o‘zaro ta'sirini va bog‘liqligini aniq hisoblab ko‘rsatib berishdir. Ma'lumki, korxona ishlab chiqaradigan mahsulot hajmi uch guruh omillar ishchi kuchi, mehnat vositalari va mehnat predmetlaridan foydalanishga bog‘liq. 0‘z navbatida har bir guruh omillar ham tarkibiy elementlarga ajraladi. Misol uchun, ishchi kuchidan foydalanish bo‘yicha omillar miqdor va sifati bo‘yicha guruhlanadi. Bu yerda, miqdor omil ishchilar soni, sifat omili esa ulaming mehnat unumdorligidir (bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan o‘rtacha mahsulot). Ishchining bir yildagi o‘rtacha mehnat unumi - bir yilda ishlangan o‘rtacha kishi kunlari, ish kuni davomiyligi va bir ishchining yil davomida ishlagan kishi soatiga bog‘liq. Bu sanab o‘tilgan har bir ko‘rsatkich o‘z navbatida boshqa omillarga bevosita bog‘liq. Ishchining bir yilda ishlangan o‘rtacha kishi kunlari qo‘shimcha dam olish, sababsiz ishga kelmaslik, uzoq safarga borish, kasallik tufayli ishga chiqmaslik va korxona aybi bilan bekor turish kabi sabablar ta'sir ko‘rsatadi. Aytilganlardan ma'lum bo‘lmoqdaki korxona iqtisodiy faoliyatidagi barcha ko‘rsatkichlar bir-biri bilan zanjirli bog‘lanib ketgan. Bu umumiy zanjir tizimida har bir omilning o‘z o‘mi bor hamda ular muayyan miqdorda voqeliklarga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Tahlil jarayonida e'tiborga olinmagan har bir ko‘rsatkich yoki omil uning natijalami noaniq bo‘lishiga hatto iqtisodchilami noto‘g‘ri xulosalariga olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytish mumkinki, tahlil metodining muhim xusu- siyati o‘rganiladigan muayyan iqtisodiy ko‘rsatkich alohida tarzda, boshqa omillardan ajratilgan holda tahlil qilmnaydi. Ulaming o‘zaro bog‘liqliqligi doimo e'tiborda tutiladi. Faqatgina, ayrim hollarda iqtisodiy jarayonlar bo‘yicha hisob-kitoblami mantiqiy asoslash uchun, ya’ni yakuniy natija ko‘rsatkichiga faqat bir omilning ta'siri o‘rganilayotgan vaziyatlarda boshqa omillaming o‘zgarish sabablari hamda ta’sir etish miqdori shartli o‘zgarmas, deb qaralishi mumkin.
Odatda ilmiy usullardan foydalanilganda, har qanday turdagi tahlil muvafaqqiyatli chiqadi. Tahlil qilishning to‘g‘ri tanlangan usuli ko‘pincha uning natijasini oldindan aniqlaydi. Ilmiy usulda fanni tekshirish ko‘pincha, dialektik usulga asoslanishi tushuniladi. Tushunishning dialektik usuli, hamma hodisa va jarayonlami muntazam harakatda, o‘zgarishda, rivojlanishda ko‘rish zarurligini bildiradi. Iqtisodiy tahlil usullarining xarakterli jihatlaridan biri - muntazam taqqoslab turishdir. Dialektika har bir jarayonni, har bir hodisani birlik va qarama-qarshiliklar kurashi deb qarash kerakligini o‘rgatadi. Bundan har bir hodisa va jarayonlami ichki qarama-qarshiliklar, ijobiy va salbiy tomonlarini o‘rganib chiqish zarurligi kelib chiqadi. Bu ham tahlilning xarakterli jihatlaridan biridir. Tahlil qilishda dialektik usuldan foydalanish, korxona xo‘jalik faoliyatini o‘rganib chiqishda barcha bog‘liq tomonlarini hisobga olinishini anglatadi. Hech qaysi hodisa, agar u alohida tekshirilsa to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lmaydi. Bu ham tahlilning xarakterli jihatlaridan biridir. Tahlilning muhim uslubiy jihatlaridan biri, u nafaqat sabab-oqibatlami aniqlabgina qolmay, balki u son jihatdan tavsif beradi, ya'ni har bir omilning faoliyat natijalariga qay miqdorda ta'sir ko‘rsatishini aniqlaydi, bu esa iqtisodiy tahlilning yanada osonroq bo‘lishini ta'minlaydi.
Sistemali yondoshish esa o‘rganilayotgan hodisa va jarayon- lami bosqichma-bosqich tahlil qilish, ulami o‘zaro bog‘liq holda tekshirish mufassal detallarda o‘rganilishini ko‘zda tutadi.

  1. Iqtisodiy tahlil metodologiyasi haqida tushuncha va
    uning asosiy elementlari tavsifi


Iqtisodiy islohotlar keng qamrovli jarayon. Respublikamizda amal- ga oshirilayotgan hozirgi islohotlar faqat iqtisodiy munosabatlami takomillashtirib qolmasdan, balki uning barcha mexanizm va dastaklarmi tubdan yangilashni talab qiladi.
Respublikamizda iqtisodiy munosabatlar sobiq ittifoq davrida uzoq yillar davomida ma'muriy buyruqbozlik asosida rejani baja- rishga qaratilgan, markazdan taqsimlash va moliyalashtirish tamoyili- ga asoslangan holda shakllangan edi. Ma'muriy buyruqbozlik yangi bozor iqtisodiyotiga yot tushuncha bo‘lib, mamlakatimiz mustaqil- likga erishganidan keyin bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘ta boshladi va ma'muriy buyruqbozlik tizimidan voz kechdi.
Bozor iqtisodiyotida har bir korxonaning davlat bilan iqtisodiy munosabati iaqat soliqlar va bojlar orqali amalga oshiriladi. Korxonalar davlatga mahsulot etishtirib bermaydi, balki faqat faoliyati ■natyasidan soliqlar va bojlar to‘laydi, xolos. Shu orqali korxonaning ish hajmi, daromadi, foydasi hisob-kitob qilinadi. Davlat xojalik hisobidagi birorta korxonani moliyalashtirmaydi. U faqat kam ta'minlangan aholini ijtimoiy himoyalashga, o‘z tasarrufidagi sohalami mablag‘ bilan ta’minlashga hamda davlat majburiyatlarini va vazifalarini bajarishga mablag‘ yo‘naltiradi. Bu albatta o‘ta murakkab, o‘ta qiyin jarayon. Shu tufayli islohotlar echimini faqat davlat rahbar kuchlar (olimlar, mutaxassislar, davlat arboblari, partiya va boshqa jamoat tashkilotlari)ni birlashtirish lozim.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling