Iqtisodiy tahlilni jahon andozasi darajasiga ko ‘tarish muammosi. Bu hozirgi paytda iqtisodiy tahlilda qo‘llanilayotgan ko‘rsatkichlami milliy hisob tizimi ko‘rsatkichlariga moslashti- rishni talab qiladi. Buning uchun eng muhim muammolardan biri makro va mikro tahlil ko‘satkichlarini ishlab chiqish, ulaming bog‘liqligi va xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Bu o‘z navbatida buxgalteriya va statistika hisobotlar ko‘rsatkichlarini milliy hisob tizimiga moslashtirishni talab qiladi.
Moliyaviy va boshqaruv tahlilini shakllantirish muammosi. Buning uchun tegishli imkoniyatlar yaratilmoqda. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarga o‘tishi, bu bo‘yicha milliy standartlaming ishlab chiqilishi moliyaviy va boshqaruv hisobining shakllanishini ham talab qildi. Bu esa o‘z navbatida moliyaviy va boshqamv tahlilining vujudga kelishini taqozo qildi. Shu jihatdan moliyaviy tahlil metodologiyasi shakllanmoqda. Ammo, boshqaruv tahlili hozirgi erkin iqtisodiyotga mos tarzda to‘la shakllangan
emas. Tahlil usullarini ham iqtisodiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda mazmunan yangicha ishlab chiqish lozim.
Navbatdagi muammo, tahlilni erkin raqobat sharoitiga moslashtirish hisoblanadi. Bu sharoit ham iqtisodiy tahlil usullarini tubdan takomillashtirishni talab qiladi. Hozirgi mavjud tahlildan ichki (tijorat sirini saqlay oladigan) va tashqi (korxonaning faoliyatini ko‘z-ko‘z qila oladigan) tahlilni shakllantirish, ulaming ko‘rsatkichlarini va tahlil qilish usullarini ishlab chiqishdan iboratdir. Tahlil usullarini takomillashtirishda faqatgina raqamlarga tayanib qolmasdan, unga mantiqan yondashish usullarini (evristik usul) ham joriy qilish lozim deb o‘ylaymiz. Chunki, bozor iqtisodiyoti jarayoni hamisha kutilmagan hodisalami, ko‘zda tutilmagan jarayon va munosabatlami keltirib chiqarishi mumkin.
Endilikda reja ko‘rsatkichi oldingidek ko‘r-ko‘rona yuqoridan berilmaydi. Har bir korxona o‘z rejasini o‘zi tuzadi. Buni qanday qilib amalga oshirish mumkmligini aniqlash hozirgi kunda juda muhim bo‘lib turibdi. Korxonaning biznes rejasini tuzganda uning realligini ta'minlash lozim. Buning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida mezon ko‘rsatkich qilib “foydalilik nuqtasi”ni olish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Foydalilik nuqtasini topish korxonaning doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarini oldindan bilishni, ulami kamaytirish yo‘llarini aniqlashni talab qiladi. Shunga qarab faqatgina mahsulotni ishlab chiqarish emas, balki uni sotishni ham aniqlash lozim. Bu esa korxonadan bozorni o‘rganishni talab qiladi, ya'ni uning marketing faoliyatini takomillashtirish zarurati tug‘iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |