O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
Download 1.1 Mb.
|
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.6-chizma. Ko ‘rsatkichlarni shakllanish usuli bo yicha tasniflanishi.
- Hisob ko‘rsatkichi
- . Mavzn bo‘vicha tay a nch iboralar
- Takroriash uchun savollar
- Mustaqil p
- Iqtisodiy tahlil- mng mazmuni to‘g‘risidagi tushunchangizni yozmg
- Har bir alohida ko‘rsatilgan fikringizga qisqacha sharh yozing
- Iqtisodiy tahlilning obyekti
- Iqtisodiy tahlilning predmetiga ilmiy tarif bering
- Tahlil fanining predmeti deb
- m bob. IQTISODIY TAHLILNING METODI VA UNDA QO ‘LLANILADIGAN ANANAVIY USULLAR
- Metod
i .. .♦
2.6-chizma. Ko ‘rsatkichlarni shakllanish usuli bo yicha tasniflanishi. Reja ko‘rsatkichlariga xo‘jalik yurituvchi subyektlaining rivojlanish istiqbolini belgilovchi biznes-rejada ifoda etilgan ko‘rsatkichlar kiradi. Masalan, foyda rejasini olaylik. Ushbu ko‘rsatkich oldindan beltilanishi va barcha faoliyat shu rejadagi miqdorga erishishga qaralmog‘i lozim. Chunki foydaning miqdoridan davlat ham, mulkdor ham, mehnat jamoasi ham, korxona ham manfaatdordir. Foyda qancha ko‘p bo‘lsa aksiyadorlar oladigan deyidend summasi, davlatga to‘lanadigan sodiq miqdori, xodimlar oladigan rag‘batlantirish summasi, tashkilotni kengaytirishga qoladigan mablag‘ miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi. Demak, ko‘zda tutilgan rejadagi ko‘rsatkichni bajarishga hammaning harakat qilishi lozim. Chunki, unda barcha manfaatlar muvofiqligi ta'minlanadi. Hisob ko‘rsatkichi ham o‘ta muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Unga buxgalteriya, statistika va tezkor hisob malumotlarida ifoda etilgan ko‘rsatkichlar kiradi. Iqtisodiy jarayonlar ketma-ket doimiy ravishda sodir bo‘lib boradi. Ular uzluksiz hisobga olib borilishi lozim. Bu hisob ma'lumotlari ko‘rsatkichlaming haqiqiyligi va qonuniyligini ta'minlaydi, chunki har bir sodir bo‘lgan iqtisodiy jarayon tegishli ravishda hujjatlashtiriladi. Hujjatga tegishli mas'ul shaxslar imzo chekib, tashkilot muhri bosiladi. Masalan, birorta korxonadan ikkinchi bir korxonaga ma'lum hajmda tovar jo‘natildi. Bq tegishli hujjat orqali amalga oshiriladi, shu orqali hisobga olinadi va hisobdan chiqariladi. Demak, hisobdagi ko‘rsatkichlar har bir ko‘rsatkichning qonuniyligini ifoda etadi. Ushbu ko‘rsatkichlar jamlanib, ma'lum bir davr tamom bo‘lgach hisobotda ifodalanadi. Bu bilan hisobot ko‘rsatkichlari shakllanadi. Barcha ko‘rsatkichlardan tahlil jarayonida foydalaniladi. Shunday qilib, tahliliy ko‘rsatkichlar tizimi shakllanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar tasnifi oldingi betdagi chizmada keltirilgan. . Mavzn bo‘vicha tayanch iboralar: iqtisodiy tahlil fanining mazmuni; tahlil boshqaruvning muhim funksiyasi ekanligi; iqtisodiy tahlil fani predmetining ta'rifi; iqtisodiy tahlilning vazifalari; tahlil obyekti; tahlil subyekti; iqtisodiyot nazariyasi va tahlil fanlarining bog‘liqligi; buxgalteriya hisobi va tahlil; audit Va tahlil; marketing va tahlil; moliya va tahlil; soliq va tahlil. Takroriash uchun savollar: Tahlil so‘zining iqtisodiy mazmuni nimadan iborat? Xo‘jalik subyektlarini boshqarishda iqtisodiy tahlil fanining ahamiyati nimadan iborat? Tahlil fanining predmeti deganda nimani tushunasiz? Iqtisodiy tahlil fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat? Iqtisodiy fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligini nimalarda ko‘ramiz? Mustaqil pfcrganish uchun topshiriqlar: topshiriq. Iqtisodiy tahlilning mazmuni to‘g‘risida o‘z fikrlaringizni yozing va ulami izohlang.
topshiriq. Iqtisodiy tahlilning obyekti va subyekti nimalardan iborat?
topshiriq. Iqtisodiy tahlilning predmeti nima? Ushbu savolga quyidagi jadvalda keltirilgan tartib bo‘yicha javob yozing.
I'est savoflari: Iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari qaysi javobda to‘g‘ri aks ettirilgan? 0‘rganilayotgan obyektga (hodisaga) to‘g‘ri va xolisona baho berish; Tuzilgan biznes rejalaming to‘g‘ri va ilmiy asoslanganligiga baho berish; Moddiy, mehnat va moliyaviy boyliklardan samarali va oqilona foydalanganlikka baho berish; Xo‘jalik hisobi tamoyillariga, tijorat hisob-kitoblariga amal qilishlikni muntazam tekshirib turish; Korxonalarda mavjud bo‘lgan samaradorlikni oshirish yo‘lida ulaming imkoniyatlarini aniqlash; Eng to‘g‘ri va oqilona, kelgusida ish yuritish va korxonalami boshqarish bo‘yicha xulosalar berish; Korxonalami rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosini aniqlash; Rejaning bajarilishiga obyektiv baho berish hamda uni bajarishda korxonalarga bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan omillar va sabablami bir-biridan ajratgan holda aniqlash; Korxonalarning xo‘jalik faoliyati jarayonida erishishi mumkin bo‘lgan natijalami oldindan aniqlash; Hammasi to‘g‘ri; Tahlil fanining predmeti deb, - xo‘jalio jarayonlarinl iqtisoqiy manbalardan foydfhuub o‘rganishga byiilbdi; firma, uyushma, birlashmalarda moliyaviy-xo‘jalik jarayonlarim sodir bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zgarishini ijtimoiy- iqtisodiy samaradorligi hamda moliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati, raqobatga chidamli bo‘lib faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur texnik, tashkiliy, moddiy, moliyaviy, innovatsion boyliklaridan oqilona foydalanayotganligiga baho berishga aytiladi. Bunday o‘rganishda jamiyatda amal qilayotgan obyektiv va subyektiv qonunlarga tayanadi hamda ko‘pgina axborot manbalaridan foydalanadi. xo‘jaliklaming ishlab chiqarish mablag‘laridan foydala- nishini o‘rganishga aytiladi; xo‘jalikning barcha jarayonlaridagi o‘zgarish va farqlari sababini o‘rganishga aytiladi. Bunday o‘rganishda jamiyatda amal qilayotgan obyektiv va subyektiv qonunlarga tayanadi hamda ko‘pgina axborot manbalaridan foydalanadi. m bob. IQTISODIY TAHLILNING METODI VA UNDA QO ‘LLANILADIGAN AN'ANAVIY USULLAR Raqobatboshiqtisodiootdo iqtisodiotahlilning metodi vo uning o‘zigo xos muhim xususidotiori Har bir fanning metodi obyektiv borliqning, tabiat va jamiyat- ning rivojlanishini o‘rganishga qanday yondoshish lozimligini ko‘rsatadi. Fanning o‘z obyekti yoki predmetini o‘rganish usullari, vositalari uning metodini tavsiflaydi. Iqtisodiy tahlil ham o‘zining mustaqil usullariga ega. Metod - grekcha «methodos» so‘zidan olinib nazariya, ta'limot va «maliyotni o‘rganishdagi yondashuv yo‘llaridir. Keng ma'noda metod tabiat va jamiyatdagi jarayonlar, predmetlar hamda voqeliklami tadqiq etishning o‘zaro bog‘langan yalpi usullari, tamoyillari, shuning- dek haqiqatni bihshning vositalari, uslublari va yo‘llari tushuniladi. Metod juda keng ma'no va tushunchaga ega. Umuman metod deganda real voqelikda yuz berayotgan hodisa va jarayonlami o‘rganishga yondashish usuli tushiniladi. Fanning metodi deganda esa, ushbu fanning obyektini tadqiq qilish usuli tushiniladi. Iqtisodiy tahlilning metodini aniqlash ham uning predmetini aniqlashdek juda tortushuvli masalaga aylangan va hozirgacha ham yagona fikrga kelingani yo‘q. Keling iqtisodiy tahlil metodiga berilgan ta'riflar tarixiga bir nazar tashlaylik. Iqtisodiy tahlilning metodiga Veytsman N.R. quyidagicha ta'rif beradi: “Tahlil metodining elementlari..uchet ma'lumotlarini o‘qish, keyinchalik ushbu ma'lumotlardan korxona ichki va tashqi xojalik bog‘lanishlarini ochib berish uchun kompleks foydalanishi ... ana shunday bog‘lanishlami o‘lchash, ... tahlilga jalb qilingan raqamli ko‘rsatkichlami o'qish, o‘zaro bog‘lash va o‘lchash chog‘ida taqqoslash hisoblanadi”. (BenqMaH H.P. OnepKH no GyxranTepcKOMy yuery u aHanH3y. M.: roc^HHHagar, 1958, s.l 12-113). Boshqa bir muallif M.Rubinov esa, iqtisodiy tahlilning metodiga quyidagicha ta'rif bergan: “Xo‘jalik jarayonlarini tekshirishda qo‘llanuvchi o‘zaro bog‘langan usullar to‘plami korxonalar ishining iqtisodiy tahlili metodi deb aytiladi”. (PydHHOB M. Ochobm aKOHOMHHecKoro aHanH3a pa6oTM npegnpHaTHH. M.: roc$HHH3gaT, 1962, c. 13) O‘zbekistonlik olim N.A.Xan esa o‘z quyidagi ta'rifni bergan: “Iqtisodiy analiz metodi deganimizda ishlab chiqaruvchi kuchlardan va iqtisodiy qonunlardan foydalanish yo‘llarini o‘rganish yoki o‘rganishga yondoshishni tushinmoq kerak. Bunga xo‘jalik rezervlarini topish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘llarini belgilash uchun ishlab chiqaruvchi kuchlar va iqtisodiy qonunlarining tarkibiy qismlarini bo‘lib ko‘rish vositasida erishiladi. (Xan N.A. Qishloq xo‘jalik korxonalari xo‘jalik faoliyatining analizi, Toshkent, 0‘qituvchi,1978-y. 12-b.) Boshqa bir muallif - P.I. Savichev bergan ta'rifda esa quyidagilami uchratish mumkin: “Korxonalar ishining iqtisodiy tahlili metodi xalq xo‘jaligi ayrim tarmoqlarining vazifalari va xususiyatlariga bog‘liq holda rivojlantiriluvchi va konkretlash- tiriluvchi materialistik dialektika hisoblanadi”. (CaBHHeB H.H. □KOHOMHHeCKHH aHaiH3 OpyflHe BHBneHHH BHyrpHXO3SHCTBeHHNX pe3epBOB. M.:, ®HHaHCM, 1968 c. 17) Boshqa bir guruh olimlaming iqtisodiy tahlil metodiga bergan ta’riflarida quyidagilami uchratish mumkin: “Bilishning dialektik metodi talablariga muvofiq xo‘jalik faoliyati tahlilining metodi deganda iqtisodiyotni boshqarish bo‘yicha optimal qarorlar qabul qilish uchun zaruriy axborotlar bilan ta'minlash va ulaming ish natijalarini obyektiv baholash, uning samaradorligini oshirish rezervlarini qidirib topish va joriy qilish maqsadida korxonalar, ulaming (strukturaviy) bo‘limlari, xalq xo‘jaligining xo‘jalik hisobidagi boshqa zvenolari iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatini sistemali, kompleks, tarkibiy (organik) o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganish tushiniladi”. (Teopns AXfl nog. peg. B.B. Ocmohobc- Koro, Mhhck BMmenmaa mKOJia,1989, c.49) “Iqtisodiy tahlilni metodi deganda joriy uchet va hisobotlar ko‘rsatkichlari tizimi bazasida korxonalar faoliyati turli tomonlarini kompleks, o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganish tushiniladi”. (AHaiH3 xo3»HCTBeHHOH gesTentHocTH nog.peg,. B.A.Beno6opogoBOH M., ®HHaHcM H CTaTHCTHKa, 1985, c.17). “Tahlilning metodi - bu maxsus usullar yordamida reja, uchet, hisobot va axborotlami boshqa manbalarini ishlash yo‘li bilan amalga oshiriladigan, xo‘jalik rejalarini bajarilishiga va xo‘jalikni rivojlanish dinamikasiga ayrim omillar ta'sirini sistemali kompleks o‘rganish, o'lchash va umumlashtirish usulidir”. (Skohomhhcckmh aHanH3 xo3khctbchhoh geaTentHoCTH npegnpHaTHH u oSiege- HeHHH. nog.peg. C.B.BopHrong u T.M.TanHa. M.:, Ghhuhcm u CTaTHCTHKa, 1986 c.21) Keyingi yillarda ham “Iqtisodiy tahlil metodi”ni aniqlashtirishga urinishlar davom etmokda. Jumladan, Bakanov M.I. va Sheremet D. quyidagicha ta'rif beradilar: “Iqtisodiy tahlilning metodi deganda, rivojlanish va shakllanishdagi xojalik jarayonlarini o‘rg&nishga dialektik yondoshish tushiniladi. Iqtisodiy tahlilning metodining xarakterlari xususiyatlari: xo‘jalik faoliyatini har tomonlama (to‘la) xarakterlovchi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish; bu ko‘rsatkichlami o‘zgarish sabablarini o‘rganish; ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni oshirish maqsadida ana shu ko‘rsatkichlar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlami aniqlash va o‘lchash hisoblanadi (BaKaHoB M.H., OepeMeT A.fl., Teopna 3KoHoMHuecKoro anarma. M. ^HHaHCM H CTaTHCTHKa, 1997, c.44). Belorussiyalik olima Savitskaya G.V. esa quyidagi ta'rifhi beradi: “Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida reja, hisob, hisobot va boshqa ma'lumotlar manba'larining ko‘rsatkichlar tizimini maxsus usullar yordamida ishlash yo‘li bilan korxonalar faoliyati natijalariga omillar ta'sirini tizmiy, kompleks o‘rganish, o‘lchash va umumlashtirish xo‘jalik faoliyati tahlilining metodi hisoblanadi”. 0‘zbekistonlik iqtisodchi olim Soliev B.K. esa “Iqtisodiy tahlil fanining metodi”ga quyidagicha ta'rif beradi: “Iqtisodiy tahlilning metodi - bu rivojlanish va shakllanishdagi xo‘jalik jarayonlarini o‘rganishga dialektik yondoshgan holda, iqtisodiy axborotlar manbalarida keltirilgan ko‘rsatkichlar tizimini maxsus usullar yordamida ishlash yo‘li bilan ulami o‘zgarish sabablarini aniqlash hamda ular orasidagi o‘zaro bog‘liqlami tizmiy, kompleks o‘rganish, o‘lchash va umumlashtirishdir” . Ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy tahlil metodini asoslab berishda yagona fikr yo‘q. Shunday bo‘lsada, “Iqtisodiy tahlil metodi”ga berilgan ta’riflaming juda katta prinsipial farq yoki qarama-qarshilik yo‘q. Agar ana shu berilgan ta’riflami umumlashtiradigan bo‘lsak, u holda iqtisodiy tahlil metodini quyidagicha ta’riflashimiz mumkin: Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling