O`zbekiston davlatining harbiy tuzulishi va strukturasi Reja
Download 29.45 Kb.
|
O`zbekiston davlatining harbiy tuzulishi va strukturasi
O`zbekiston davlatining harbiy tuzulishi va strukturasi Reja: Harbiy doktrina O‘zbekiston Respublikasi mudofaa siyosatining negizi Harbiy xavfning potensial manbalari Armiyaga chaqirilishdan oldingi tayyorgarlik sifatini oshirish Harbiy doktrina O‘zbekiston Respublikasi mudofaa siyosatining negizini tashkil etadi va milliy xavfsizlik umumdavlat konsepsiyasining tarkibiy qismi bo‘lib, tashqi siyosat, davlatlararo munosabat masalalariga, urush va tinchlik muammolariga mutlaqo yangicha yondashuvlarga asoslanadi. O‘zbekiston keng ko‘lamdagi mafkuraviy qarama-qarshilik mushkulotlari o‘tmishda qolgan tarixiy davrda, jahon urushining bevosita xavfi ancha kamayishiga erishilib, “sovuq urush”ga barham berilgan davrda mustaqil davlatga aylandi. Ayni chog‘da xalqaro munosabatlar tarkibidagi o‘zgarishlar, muvozanatlar yangi tizimining shakllanishi keskinlik, mojarolarning yangi o‘choqlari paydo bo‘lishi, ekstremizm va terrorchilik turli ko‘rinishlarining faollashishi bilan birga kechmoqda. Shu tufayli ham yosh mustaqil davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligini mustahkamlash masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilib va o‘zining ma’naviy hamda intellektual qadriyatlarini tiklash, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalarda tub o‘zgarishlarni amalga oshirish yo‘liga o‘tib, huquqiy, demokratik va dunyoviy jamiyat qurmoqda. O‘tkazilayotgan demokratik islohotlarni amalda ro‘yobga chiqarishda jamiyatdagi barqarorlikni mustahkamlash va davlatning puxta xavfsizligini ta’minlash O‘zbekiston uchun hayotiy zarurdir. Shularni nazarda tutib, O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat va xalqaro munosabatlarning subyekti sifatida o‘zining mudofaa siyosatini barcha mamlakatlarning tinch-totuv yashashi, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ularning mustaqilligini, shuningdek davlatlararo tarkib topgan chegaralarning buzilmasligi va o‘zgarmasligini hurmat qilish prinsiplariga asoslaydi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z kuch-g‘ayratlarini barcha davlatlar bilan ko‘p tomonlama aloqalar o‘rnatish va bu aloqalarni rivojlantirishga, yalpi tinchlikka, hamma joyda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka va qurolsizlanishga erishish maqsadlariga qaratadi. O‘zbekiston Respublikasi barcha mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish o‘z xalqining turmushini yaxshilash, xalqaro huquqning umum e’tirof etgan normalariga, demokratiya va ijtimoiy adolat prinsiplariga asoslangan ijtimoiy tuzumni mustahkamlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi, deb hisoblaydi. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda tinchliksevarlik yo‘lidan borib, ayni vaqtda o‘z fuqarolarining hayoti va qadr-qimmatini himoya qilish vazifasini o‘z zimmasiga oladi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustaviga binoan o‘zini o‘zi mudofaa qilishdek ajralmas huquqini amalga oshiradi, davlatning harbiy qudrati va mudofaa qobiliyati oqilona zarurat darajasida bo‘lishini ta’minlaydi. Download 29.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling