Harbiy doktrinaning huquqiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va respublikaning harbiy xavfsizligiga tajovuzlarga qarshi harakatlarni tashkil etishda mamlakatni mudofaaga tayyorlash borasidagi davlat faoliyatini, O‘zbekiston Respublikasining hayotiy muhim manfaatlarini himoya qilish uchun Qurolli Kuchlarni qo‘llashni tartibga soluvchi qonunlariga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z Harbiy doktrinasining mohiyatini e’lon qilar ekan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavidan, Xelsinkida imzolangan Yakunlovchi hujjatdan, Stokgolm konferensiyasi hujjatidan, ikki tomonlama, ko‘p tomonlama shartnomalar va bitimlardan, xalqaro huquqiy hujjatlarning umum e’tirof etgan normalaridan kelib chiquvchi barcha xalqaro majburiyatlarga qat’iy rioya etilishini kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining ishonchli mudofaa qobiliyati va Qurolli Kuchlarning yuksak jangovarlik qobiliyati iqtisodiy, harbiy-texnikaviy va ilmiy kuch-qudratni rivojlantirish, O‘zbekiston xalqining jipsligi va har bir fuqaroni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |