O`zbekiston davlatining harbiy tuzulishi va strukturasi Reja


Hozirgi zamon urushlarining xususiyati va oqibatlari


Download 29.45 Kb.
bet4/7
Sana09.06.2023
Hajmi29.45 Kb.
#1469728
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O`zbekiston davlatining harbiy tuzulishi va strukturasi

Hozirgi zamon urushlarining xususiyati va oqibatlari
Jahonda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar sharoitida yangi jahon urushining kelib chiqish ehtimoli kamaydi. Ayni vaqtda jahonning turli mintaqalarida lokal urushlar va harbiy mojarolar kelib chiqishi xavfi ortdi, ular jahon ko‘lamidagi oqibatlarga olib kelishi ham mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi hozirgi zamon urushlarining strategik xarakteri va oqibatlariga baho berishda quyidagi qoidalarga asoslanadi:
yadro urushi lokal urush bo‘la olmaydi va biron-bir davlat yadro urushi boshlagudek bo‘lsa, u butun insoniyat uchun halokatli oqibatlarni keltirib chiqaradi;
ko‘p miqdorda kimyoviy qurollar, vayron qiluvchi qudratli kuchga ega bo‘lgan qurollar to‘plangan davlatlar o‘rtasida oddiy qurollar vositasida olib boriladigan lokal urushlar ham jahon ko‘lamiga yoyilib, oqibatda butun tsivilizatsiya uchun xuddi shunday halokatli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Harbiy texnologiyalarning takomillashtirilishi va qurolli kurash vositalarining rivojlantirilishi harbiy mojarolarning lokal urushlarga, lokal urushlarning esa mintaqaviy urushga yoki har qanday bosqichda yadro urushiga o‘tib ketishi mumkin bo‘lgan jahon miqyosidagi urushga aylanish ehtimolini tug‘diradi.
O‘zbekistonga yoki u bilan o‘zaro harbiy yordam to‘g‘risidagi shartnomalar orqali bog‘langan davlatlarga qarshi qaratilgan tajovuzning oldini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi o‘z harbiy imkoniyatlaridan foydalanish huquqini saqlab qoladi.
Bosh harbiy-strategik vazifalar
O‘zbekiston Respublikasining bosh harbiy-strategik vazifalari:
tinchlik davrida davlatning mudofaa qobiliyatini respublikaning hududiy yaxlitligini, uning suverenitetiga qarshi qilinishi mumkin bo‘lgan ig‘vo va tajovuzlarning oldini olishni kafolatlaydigan oqilona zarurat darajasida saqlab turishdan, hujumlarni ham mustaqil tarzda, ham Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi Shartnoma qatnashchisi bo‘lgan davlatlarning qurolli kuchlari bilan o‘zaro hamkorlikda daf etish uchun Qurolli Kuchlarining har taraflama doimiy tayyor turishini ta’minlashdan;
urush chiqqan taqdirda — ham o‘z kuchlari bilan, ham O‘zbekiston Respublikasi bilan tegishli shartnomalar orqali bog‘langan boshqa davlatlarning harbiy kuch-qudrati bilan birgalikda tajovuzni kafolatli tarzda daf etish, tajovuzkorni qat’iyan mag‘lub qilishdan iboratdir.

Download 29.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling