O`zbekiston davlatining harbiy tuzulishi va strukturasi Reja


Qurolli Kuchlardan foydalanish shartlari


Download 29.45 Kb.
bet6/7
Sana09.06.2023
Hajmi29.45 Kb.
#1469728
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O`zbekiston davlatining harbiy tuzulishi va strukturasi

Qurolli Kuchlardan foydalanish shartlari
O‘zbekiston Respublikasi, tinch vositalar yordamidagi kuch-g‘ayratlar hamisha ham urushlar va qurolli mojarolarning oldini olish imkonini beravermaydi deb hisoblab, quyidagi maqsadlarda o‘z Qurolli Kuchlarini qo‘llash huquqini o‘zida saqlab qoladi:
O‘zbekiston Respublikasiga qarshi hujumni daf etish;
tajovuzdan o‘zaro mudofaalanish yuzasidan shartnoma majburiyatlarini bajarish;
Oldingi tahrirga qarang.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-330-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan).
Jangovar harakatlar olib borish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni qaror qabul qiladi va buyruq beradi.
Fuqarolarning, jamiyat va davlatning xavfsizligiga tahdid soladigan tajovuzni, ichki vaziyatni beqarorlashtirishga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining amal qilishini izdan chiqarishga qaratilgan harakatlarning oldini olish va ularga barham berish maqsadida Oliy Bosh qo‘mondon vaziyatni barqarorlashtirish ishida Qurolli Kuchlardan foydalanish huquqiga ega, uning bu xususdagi qarori keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida muhokama etiladi.
Qurolli Kuchlarni Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari va Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari bilan birgalikda strategik maqsadda qo‘llashni rejalashtirish ishiga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi umumiy rahbarlik qiladi.
Respublika iqtisodiyotini, hududini va aholisini mudofaaga tayyorlash
Iqtisodiyot, davlat organlari va boshqaruv tizimining urush davrida ishlashga safarbarlik tayyorgarligi, shuningdek mamlakat hududini va aholisini mudofaaga tayyorlash davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashdagi muhim yo‘nalishdir.
Bunday tayyorgarlik harbiy tajovuz bo‘lgan taqdirda qisqa muddat ichida eng ko‘p odamlar rezervini, moddiy-texnika resurslarini safarbar etish, xalq xo‘jaligini urush davri sharoitida ishlashga o‘tkazish imkonini beradigan tashkiliy va amaliy tadbirlar majmuini tinchlik davrida ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni nazarda tutadi.
Iqtisodiyotning safarbarlik tayyorgarligi jumlasiga:
qurol-yarog‘, harbiy texnika va mol-mulkni, shuningdek davlat xavfsizligini ta’minlash, Qurolli Kuchlar ehtiyojlarini qondirishga kerakli noharbiy mahsulotlarni ishlab chiqarish (ta’mirlash) uchun safarbarlik quvvatlarini vujudga keltirish va saqlab turish;
urush davrida davlat xavfsizligini ta’minlash, sanoatda, transportda, avtomobil yo‘llarida, aloqa obyektlarida tiklash, foydalanish, ta’mirlash, qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarish uchun, tibbiy ta’minotni tashkil etish, boshqa ehtiyojlar uchun, maxsus tuzilmalarni va muassasalarni barpo etish hamda shay tutish, shuningdek bu tuzilmalarni Qurolli Kuchlar tarkibiga berish yoki ulardan Qurolli Kuchlar manfaatlarini ko‘zlab foydalanish;
safarbarlik zaxirasida moddiy boyliklarni to‘plash, saqlash va yangilab borish kiradi.
Hududni tinchlik davrida va urush davrida oldindan mudofaaga tayyorlash Qurolli Kuchlarning barcha turlarini rivojlantirish, qayta joylashtirish, jamlash va jangovar muvofiqlashtirish, mamlakat ichkarisidagi muhim obyektlarni va xalq xo‘jaligini zamonaviy zarba vositalari ta’siridan himoyalash manfaatlarini ko‘zlab tadbirlar majmuini amalga oshirish yo‘li bilan ro‘yobga chiqariladi.
Umumdavlat tadbirlari kommunikatsiya va transportning barcha turlarini yaratish va rivojlantirish, aloqa va boshqaruv vositalarini tayyorlash, davlat va safarbarlik zaxiralari bazalari, omborlari tarmog‘ini rivojlantirish, mudofaa buyurtmalarini bajarishga mo‘ljallangan korxonalar va tashkilotlarni tayyorlash, ularning faoliyat ko‘rsatishi va himoya etilishini tashkil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Aholini mudofaaga tayyorlash tinchlik davrida ham, urush davrida ham umumdavlat amaliy tadbirlari majmuini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Aholining harbiy tayyorgarligi tinchlik davrida Qurolli Kuchlarning yuksak jangovar tayyorligini ta’minlash, qisqartirilgan tarkib va kadrlardan iborat qo‘shilmalar va qismlarni, yangi tuzilayotgan qo‘shilmalar va qismlarni urush davri shtatida belgilangan darajaga yetkazib butlash va safarbar qilish, shuningdek xavf tug‘ilgan davrda va urush vaqtida talafotlarning o‘rnini to‘ldirish maqsadida amalga oshiriladi.
Aholining harbiy tayyorgarligi:
chaqiruv arafasidagi va chaqirilayotgan yoshlarni maktablarda va boshqa o‘quv yurtlarida, O‘zbekiston Respublikasining Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” jamiyatiga qarashli o‘quv tashkilotlarida harbiy xizmatga tayyorlash tizimida;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida shaxsiy tarkib muddatli harbiy xizmatni o‘tashi chog‘ida, turli o‘quv-yig‘in tadbirlarida harbiy majburlarning bilimlarini takomillashtirish chog‘ida, kursantlarga harbiy bilim yurtlarida ta’lim berish chog‘ida;
harbiy litseylarda, respublika noharbiy oliy o‘quv yurtlarining harbiy fakultetlari va kafedralarida;
Qurolli Kuchlarga beriladigan maxsus tuzilmalarda o‘tkaziladi.

Download 29.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling