O`zbekiston davlatining harbiy tuzulishi va strukturasi Reja
II. DOKTRINANING SIYOSIY JIHATLARI
Download 29.45 Kb.
|
O`zbekiston davlatining harbiy tuzulishi va strukturasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urushning va urush xavfining oldini olish — bosh strategik yo‘nalish
II. DOKTRINANING SIYOSIY JIHATLARI
O‘zbekiston Respublikasining urushga munosabati O‘zbekiston Respublikasi xalqaro va davlatlararo muammolarni urush yo‘li bilan hal etishga qat’iyan qarshi chiqadi va jahon hamjamiyati davlatlari o‘rtasida harbiy mojarolar chiqishini preventiv diplomatiya vositasida bartaraf qilishda faol ishtirok etishni, ziddiyatlarni keskinlashtiradigan sabablarga barham berishga yoki ularni yengishga kuch-g‘ayrat sarflashni o‘z tashqi siyosatining asosiy vazifasi deb hisoblaydi. Urushning va urush xavfining oldini olish — bosh strategik yo‘nalish Urushlar va harbiy mojarolarning oldini olishni, harbiy bloklarga kirmaslikni o‘z tashqi siyosatining bosh strategik yo‘nalishi deb e’lon qilib, O‘zbekiston Respublikasi shuni qayd etadiki, u: o‘z Qurolli Kuchlarini boshqa davlatga qarshi ishga solmaydi, O‘zbekiston Respublikasiga yoki O‘zbekiston bilan o‘zaro harbiy yordam to‘g‘risidagi tegishli shartnomalar orqali bog‘langan davlatlarga qarshi hujumni qaytarish hollari bundan mustasno; hech kimga tahdid solmaydi va jahondagi birorta ham davlatni o‘zining dushmani deb hisoblamaydi, ulardan birortasiga na hududiy, na boshqa da’vosi bor va barcha mamlakatlar bilan xalqaro huquq, xavfsizlik manfaatlarini o‘zaro hisobga olish asosida munosabatlar o‘rnatishga tayyor; yadro qurolisiz yashash: yadro qurolini joylashtirmaslik, ishlab chiqarmaslik va sotib olmaslik prinsiplariga amal qiladi. Urushning oldini olish borasida O‘zbekiston Respublikasi xalqaro faoliyatining bosh mezonlari quyidagilardan iborat: umumiy xavfsizlikni ta’minlashda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning rolini oshirish; davlatlar va xalqlar o‘rtasida tinchlik, barqarorlik va hamkorlikni ta’minlashni bosh maqsad qilib olgan xalqaro hamda mintaqalararo tuzilmalarga faol qo‘shilish; manfaatdor davlatlar va jahon hamjamiyatining faol ishtirokida Markaziy Osiyoning mintaqaviy xavfsizligi tizimini rivojlantirish; yadro qurollari sinovini yoppasiga taqiqlash va pirovard natijada Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadan uni butunlay yo‘q qilish haqidagi shartnomani tuzishga o‘tish uchun sharoit yaratish; Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan holi hudud deb e’lon qilish; kimyoviy, bakteriologik va boshqa turdagi yalpi qirg‘in qurollarini hamma yerda yo‘q qilish, O‘zbekiston Respublikasining Kimyoviy qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi Konvensiyada va bakteriologik qurollarni taqiqlash muammolari yuzasidan muzokaralarda ishtirok etishi; odamning ruhiyatiga halokatli ta’sir etadigan vositalar, tektonik va boshqa turdagi qurollar yaratilishi, sinovdan o‘tkazilishi va ishlab chiqarilishini taqiqlash; mintaqaga qurol-yarog‘ yetkazib berish va u bilan savdo qilish ustidan samarali nazorat o‘rnatishning, shu jumladan qonunsiz harbiy tuzilmalarni qurol bilan ta’minlashning oldini olish maqsadida samarali nazorat o‘rnatishning kelishilgan chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Bu chora-tadbirlarga axborot almashishni, o‘zaro tekshiruvlarni, muntazam maslahatlashuvlarni, nazorat qilishning milliy vositalaridan foydalanishni asos qilib olish; konversiyani faol amalga oshirishga qaratilgan harakatlarni beg‘araz yordam va imtiyozli kreditlar berish tarzida moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash orqali rag‘batlantirish; barcha mamlakatlarda oddiy qurol-yarog‘lar va qurolli kuchlarni qisqartirish, o‘zaro ishonch va xavfsizlikni mustahkamlash chora-tadbirlarini kengaytirish; harbiy qurilishning oshkoraligi va harbiy sohadagi aloqalarning kengaytirilishiga ko‘maklashuvchi davlatlararo harbiy hamkorlikni rivojlantirish; xalqaro munosabatlarda milliy va diniy murosasizlikka yo‘l qo‘ymaslik; fundamentalizm, ekstremizm, terrorchilikning kuchayish tendensiyasiga yo‘l qo‘ymaslik; tinchlikni saqlash bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarga, barcha davlatlarning harbiy kuch ishlatishdan yoki harbiy kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan voz kechishiga asoslangan mustahkam davlatlararo munosabatlar tizimini yaratish; qo‘shinlarni faqat milliy chegaralar doirasida joylashtirishni pirovard maqsad qilib olib, o‘zgalar hududida ajnabiy harbiylarning turishini izchil qisqartirib borish; harbiy-siyosiy ittifoqlarning mintaqaviy miqyosda ham, jahon miqyosida ham siyosiy hamkorlik vositasiga aylantirilishiga erishish. Download 29.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling