O`zbekiston davlatining harbiy tuzulishi va strukturasi Reja
III. DOKTRINANING HARBIY-TAShKILIY JIHATLARI
Download 29.45 Kb.
|
O`zbekiston davlatining harbiy tuzulishi va strukturasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harbiy xavfning potensial manbalari
III. DOKTRINANING HARBIY-TAShKILIY JIHATLARI
Markaziy Osiyo mintaqasining o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston barcha mintaqalarda va eng avvalo Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun qat’iy va izchil harakat qiladi. Bu mintaqaning o‘ziga xos xususiyati, dunyoda tutgan siyosiy o‘rnining nozikligi shundaki, voqealar rivoji salbiy tus olgudek bo‘lsa, u butun jahonda barqarorlikni izdan chiqarib yuboruvchi kuchli detonatorga aylanishi mumkin. Markaziy Osiyoda turli etnik va diniy guruhlarga mansub 60 millionga yaqin kishi istiqomat qiladi. Bu mintaqada yadro qurollari, shuningdek vayron qiluvchi qudratli kuchga ega bo‘lgan oddiy qurollar to‘plangan. Mintaqada to‘qnashuvlar yuz bersa, aql bovar qilmaydigan falokatlarga olib kelishi mumkin. Hozirgi vaqtda bu mintaqadagi ko‘pgina mamlakatlar o‘rtasida tom ma’nodagi chegaralar yo‘q. Bunday sharoitda ushbu mamlakatlarning birontasida kelib chiqqan mojaro butun mintaqaga yoyilib ketishi mumkin. Jahonda va eng avvalo Markaziy Osiyo mintaqasida harbiy-siyosiy vaziyat salbiy tomonga rivojlangan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi oldida o‘z xavfsizligini ta’minlash masalasi ko‘ndalang bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi urushning oldini olish ishidagi o‘z siyosiy-diplomatik va boshqa tinchlikparvar sa’y-harakatlari ustuvorligini ta’kidlash bilan bir qatorda o‘z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashni zarur deb hisoblaydi. Harbiy xavfning potensial manbalari Harbiy xavfning potensial manbalari quyidagilardan iborat: jahonning turli mintaqalarida qurolli guruhlar yuqori darajada jamlanganligi; jahondagi siyosiy vaziyatning keskinligi pasaymayotganligi; ayrim davlatlar yoki davlatlar bloklarining o‘z siyosatini o‘tkazishda kuch ishlatishga moyilligi; ayrim davlatlarning boshqa davlatlar chegaralari yaqinida qurolli kuchlar guruhlarini ko‘paytirishga intilishi; qo‘shni mamlakatlardagi siyosiy vaziyatning beqarorligi va uning kuchayib ketish ehtimoli; ayrim davlatlarning Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlaridagi vaziyatga o‘z ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan harakatlari; ekstremistik siyosiy tashkilotlar, g‘ayriqonuniy harbiy tuzilmalar tomonidan mintaqada amalga oshirilayotgan terrorchilik xatti-harakatlari, shuningdek ularning millatchilik kayfiyatlarini va diniy murosasizlikni avj oldirishga qaratilgan faoliyati. Download 29.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling