O`zbekiston davlatining harbiy tuzulishi va strukturasi Reja
Qurolli Kuchlar qurilishi va ularni strategik qo‘llash prinsiplari
Download 29.45 Kb.
|
O`zbekiston davlatining harbiy tuzulishi va strukturasi
Qurolli Kuchlar qurilishi va ularni strategik qo‘llash prinsiplari
Harbiy xavf-xatarni, urushning ehtimol tutilgan xarakterini, mudofaa vazifalari ko‘lamini anglagan holda va respublikaning iqtisodiy imkoniyatlariga muvofiq Qurolli Kuchlar qurilishi, ularning tarkibini takomillashtirish va tayyorgarlikdan o‘tkazish amalga oshiriladi, ularni jangda qo‘llash prinsiplari belgilanadi. Qurolli Kuchlar qurilishi ularning O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishni ta’minlay oladigan xillarini, qo‘shin turlari va maxsus qo‘shinlarni tuzish hamda mutanosib rivojlantirish asosida olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari Quruqlikdagi qo‘shinlar, Harbiy-havo kuchlari, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari, Maxsus va muhandislik-qurilish qo‘shinlari hamda Milliy gvardiyadan iborat. Qurolli Kuchlar qurilishini takomillashtirishdan ko‘zlangan maqsad ularni davlat tuzilishining xususiyatlariga, mintaqaning fizik-jug‘rofiy sharoitlariga muvofiqlashtirishdan, Qurolli Kuchlarning xillari va qo‘shin turlarini, qurollarning asosiy tizimlarini uyg‘un rivojlantirish va qo‘llashdan iboratdir. Qurolli Kuchlar qurilishida islohot tinchlik davri qo‘shinlar guruhlarining jangovar qudrati lokal (mintaqaviy) miqyosdagi tajovuzni daf etishni ta’minlaydigan darajada bo‘lishiga alohida ahamiyat bergan holda amalga oshiriladi. Urush chiqqan taqdirda Qurolli Kuchlar o‘z vazifalarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qo‘mondonining urush davrida operativ rezervi hisoblanuvchi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari hamda Ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlari bilan birgalikda ado etadilar. O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari muntazam, kadrlar armiyasi qoidasi asosida quriladi. Qurolli Kuchlarning tarkibi va tuzilishi, ularning texnika bilan qurollantirilishi va qurolli kurash vositalarini takomillashtirish, kadrlar tayyorlash, safarbarlik resurslariga va zaxiralariga bo‘lgan talab-ehtiyoj, harbiy qurilishni pul bilan ta’minlash ishini O‘zbekiston Respublikasi tajovuzni ham mustaqil tarzda, ham Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi Shartnoma qatnashchisi bo‘lgan davlatlarning qurolli kuchlari bilan birgalikda harakat qilib, bartaraf etish uchun puxta va oqilona ehtiyoj prinsipiga rioya etish zarurati bilan bog‘laydi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarni doimiy jangovar shay holatda saqlab turishga, ularni barcha zarur moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlashga, xalq xo‘jaligini, aholini va hududni tajovuzni daf etishga tayyorlashga qaratilgan tadbirlar majmuini amalga oshiradi. Armiyaga chaqirilishdan oldingi tayyorgarlik sifatini oshirish, o‘spirin yoshlarni hamma yerda sog‘lomlashtirish, harbiy mutaxassislar tayyorlash davlat dasturlariga asos qilib olingan. Qo‘shinlarni jahon andozalari talablariga javob beradigan zamonaviy texnika, qurol-yarog‘ bilan ta’minlash, bu sohada ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini amalga oshirish harbiy-texnika siyosatiga asos qilib olingan. O‘zbekiston Respublikasi tajovuzga javob tariqasidagi harakatlarni nazarda tutib ish olib borar ekan, ayni vaqtda tajovuzkorni jilovlash tadbirlarini o‘tkazishni zarur deb hisoblaydi va Qurolli Kuchlarni qo‘qisdan hujum bo‘lishini istisno etadigan va tajovuzkorga darhol qarshi zarba berishni ta’minlaydigan darajada shay holda saqlab turadi. Tajovuz boshlangan vaqtda strategik miqyosdagi harbiy harakatlarning asosiy turi mudofaa bo‘ladi. Bunda vaziyatga qarab, muayyan yo‘nalishlarda hujum harakatlari olib borish istisno etilmaydi. Shu munosabat bilan tinchlik davrida qo‘shinlar har qanday sharoitda, shu jumladan dushman yadro qurolini qo‘llagan sharoitda ham jangovar harakat olib borishga tayyorlanadi. Shtablar va qo‘shinlarning operativ va jangovar tayyorgarligi ham mudofaa, ham hujum operatsiyalarini tayyorlash va olib borish usullarini o‘zlashtirish hamda takomillashtirishga qaratilgandir. Shaxsiy tarkibga ta’lim va tarbiya berish jarayoni jangovar navbatchilik vazifalarini aniq bajarishga, jangovar shaylik darajasini, qo‘shinlarning operativ va jangovar tayyorgarlik sifatini oshirishga, qurol-yarog‘, harbiy texnikani va ulardan samarali foydalanish usullarini mohirona egallashga, shaxsiy tarkibda O‘zbekiston Respublikasiga, o‘z xalqiga, Harbiy qasamyodga, harbiy burchga sadoqatni, shuningdek ona Vatanining tarixi va an’analariga chuqur hurmat-ehtiromni, o‘z Vatanining himoyasi uchun yuksak shaxsiy mas’uliyatni shakllantirishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi tinchlik vaqtida Qurolli Kuchlarning infrastrukturasini rivojlantirishni ta’minlash va davlatning strategik iqtisodiy dasturlarini bajarish maqsadida muhandislik-qurilish qo‘shinlarini kengaytirishni nazarda tutadi. Urush chiqqan taqdirda muhandislik-qurilish qo‘shinlari mudofaa inshootlari, kommunikatsiya moslamalari qurishga va avariya-tiklash ishlarini bajarishga jalb etiladilar. Download 29.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling