O’zbekiston musulmonlari idorasi


Download 292.75 Kb.
bet21/23
Sana18.06.2023
Hajmi292.75 Kb.
#1569720
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Islomda muzoraba va muzora\'a masalalari word (4) (1)

X U L O S A

Barchamizga ma’lumki Odam alayhissalom yer yuziga tushirilgandan so‘ng insonlar ko‘paya boshladi, avval mollarni ayriboshlashdi so‘ng ular orasida hozirgi kungi savdoga o‘xshash muomala kelib, avvalda ba’zi bir payg‘ambarlar ham savdo bilan shug‘ullanganlar shu jumladan payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam ham. Alloh taolo ham ushbu muomalani insonlar uchun muboh qildi, balki, bizlarga ibodat ham qildi.


Ushbu malakaviy ilmiy ishimda hozirgacha Qur’oni karim oyatlari, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning hadislari va rivoyatlari sherikchilik va muzoraba haqidagi fiqhiy masalalarga oid turli ma’lumotlarni keltirdim.
Albatta, islomda bu masala bo‘yicha kelgan ma’lumotlar juda ham ko‘p.
Shariati Islomiyada sherikchilik masalasiga alohida e’tibor berilib, o‘zida faqat odillikni va har taraflama, moddiy va ma’naviy insonlarning foydasini ko‘zlab joriy qilgan qonun qoidalarni joriy qildi.
Men ushbu ilmiy ishimda qisqacha ma’lumotlarni Alloh taolo bildirganicha keltirdim xalos.
Ammo keltirganlarimning o‘zi ham, bugungi kunimizda va xalq orasida sherikchilik va muzoraba sohasida eng zarur bo‘lgan ma’lumotlar bo‘lib, ular to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishga harakat qildim.
Agar insonlar luqmasi pok bo‘lmasa uni diliga xotirjamlik, ibodatida lazzati bo‘lmaydi va uning duosi qabul ham qilinmaydi. Savdo-sotiq o‘ta halollik va rostgo‘ylikni talab qiladi. Bu to‘g‘risida payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Ishonchli va rostgo‘y savdogarlar qiyomat kunida Payg‘ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo‘ladi» - deb marhamat qilganlar. Savdogar yoki oluvchi tarozusini ustida oldi-sotdi qilar ekan, shayton uni tarozidan urib qolishga qimmatroq narxga sotishga, yolg‘on qo‘shib maqtab sotishga, qasam ichib, molni o‘tkazishga vasvasa qiladi. “Muzoraba” so‘zi “yer yuzida yurish” ma’nosini anglatadi. Chunki, bu ishni yurituvchi yer yuzida talabi kasb qilib yuradi.
Darhaqiqat, Alloh taolo yerni insonga bo‘ysundirib qo‘ygan, lekin hech qachon bu haqiqat hozirgi asrimizdagidek yaqqol ko‘zga tashlanmagan. Inson yerda foydalanishning barcha turlarini ishga soldi. Bu oyatdagi “yuring” degan xitob musulmonlarni doimo mehnatga undagan va dangasalik, bekorchilikdan chetlatgan. Shu bilan birga, rizq Alloh taolodan bo‘lishini unutmaslik zarurligini eslatgan. Ya’ni, masulmon odam yer yuzida yurib, rizq talab qilishi va halol yo‘l bilan kasb qilishi lozim.
Demak, musulmon kishi hayotda barcha sherikchilikka doir shariat ko‘rsatmalariga rioya qilish natijasida baraka topib, dunyo va oxirat yaxshilikka erishadi. Aks holda halol topib yeyishligi mumkin bo‘lgan rizqini haromga aylantirib barakasini o‘chiradi va ikki dunyo mashaqqatiga ro‘baro bo‘ladi.
Alloh taolo barchamizga halol, pokiza rizq bilan rizqlantirsin va oxiratda yuzlarimizni yorug‘ qilib O‘zining jannati-yu jamoli bilan siylasin. Omiyn!



Download 292.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling