O’zbekiston musulmonlari idorasi


Agar foyda ko‘rilsa, mol egasi sarmoyaning ajratib olib, qolganini taqsim qiladi


Download 292.75 Kb.
bet15/23
Sana18.06.2023
Hajmi292.75 Kb.
#1569720
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
Islomda muzoraba va muzora\'a masalalari word (4) (1)

Agar foyda ko‘rilsa, mol egasi sarmoyaning ajratib olib, qolganini taqsim qiladi.
Muzorabachi molini egasining iznisiz muzorabaga berib yuborsa, ikkinchi ish boshlaganda zomin bo‘ladi. Foyda ko‘rganda zomin bo‘ladi, degan qavl ham bor.
Muzoraba ikkisidan birining o‘limi va mol egasining murtad bo‘lib qolib ketishi bilan botil bo‘ladi.
Mol egasi ishdan bo‘shatgani haqidagi xabar yetib borgan paytdan boshlab muzorabachi bo‘shagan hisoblanadi. Bilganidan keyin ham uning savdoga qo‘yilgani narsani sotishga haqqi bor. Ammo uning bahosida tasarruf qila olmaydi.
Shuningdek, sarmoya jinsidan bo‘lgan naqd pulni ham tasarruf qila olmaydi. Sarmoya jinsidan boshqada bo‘lsa, almashtirsa bo‘lsa, almashtirsa bo‘ladi.
Masalan, sarmoya so‘mda bo‘lsa, bo‘shagani sababidan naqd so‘mlarga tega olmaydi. Boshqa pul birligi bo‘lsa, so‘mga almashtirib qo‘yishi mumkin.
Agar ayrilishgan paytlarida moldan bir qismi boshqada bo‘lib, o‘sha qisimda foyda ham bo‘lsa, muzorabachi talab qilishi lozim bo‘ladi. Agar foyda bo‘lmasa, u mol egasini vakil qiladi. Dallol va o‘rtachilar bahoning to‘lanishini taminlashga majbur qilinadilar.
Chunki, ular aynan shuning uchun haq oladilar.
Muzoraba molidan halokatga uchragani foydadan chiqarib tashlanadi. Agar mol egasi “navini tayin qilganman” desa va muzorib inkor qilsa, uning tasdiq qilinadi. Agar har ikkisi o‘ziga ma’qul navni da’vo qilsa, mol egasining gapi tasdiq qilinadi. “Bizo‘a” yoki “vadiy’a” deganda ham huddi shunday bo‘ladi.
Mehnat qiluvchi boshqa xizmatchini muzoraba amaliga qo‘shish haqida:
Ikki tomon muzoraba bitimi tuzganda mehnat qiluvchi tomon, shu bitim orqali tijorat yuritilib ko‘riladigan foydada uchinchi bir shaxsni ham sherik qilib uni mehnatga jalb qilishi faqat mulkdor izni bilangina durustdir. Aksincha bitim fasod bo‘ladi.
Yuqorida aytilganidek, sarmoya qo‘yuvchi tomon iznisiz mehnat qiluvchi uchinchi shaxsni foydada sherik qilib, ishga jalb qildi. Albatta, bu bitim fasodga aylangani ma’lum. Bordi – yu bunga o‘xshash bitim bilmagan holda tuzilgan bo‘lsa, nima qilinadi? Avvalo, zudlik bilan bekor qilinishi kerak. Agar sarmoya uchinchi shaxs qo‘lida biron ishga sariflanishidan oldin uning aybisiz halok bo‘lsa, mulkdor bilan bitim tuzgan mehnat qiluvchi javobgar hisoblanmaydi24. Biroq, mehnat qiluvchi yoki uchinchi shaxsning aybi bilan halok bo‘lsa, halok qiluvchi to‘laydi.
Muzoraba amalidan topilgan foydani taqsimlash haqida:
Mol egasi muzoraba qilish uchun mehnat qiluvchiga bergan sarmoyani qaytib olgandan so‘ngina foydani taqsimlash sahih bo‘ladi. Qo‘liga olmasdan turib qilgan taqsim mavquf, yani to‘xtab turilgan hisoblanib, olgandagina durust. Aksincha taqsimlash bekor bo‘ladi.
Topilgan daromad o‘rtada taqsim qilinmasdan turib mehnat qiluvchining aybisiz halok bo‘lib qolsa yoki kamaysa, bu vaqtda foyda ham omonat bo‘lgani tufayli to‘lanmaydi.
Muzoraba shirkatida mol egasining foydasi ma’lum miqdor mol ila belgilanishi joizmi? Degan savolga:
Islom Fiqhi Akademiyasi Makkai Mukarramada, Robitaning binosida, 1415-hijriy yil 20-Sha’bon (1995-yil, 20-yanvar)da boshlangan o‘n to‘rtinchi majlisida muzoraba shirkatida mol egasining foydasi ma’lum miqdor mol ila belgilanishi joizmi ekanligi haqidagi masalani ko‘rib chiqdi.
Munoqasha va fikr almashuvlardan keyin Islom Fiqhi Akademiyasi bir ovozdan quyidagi qarorlarni qabul qildi:
Muzorabada mol egasining foydasi ma’lum miqdor mol ila belgilanishi joiz emas. Chunki, bu muzoraba haqiqatiga ziddir va bunday muomala foydaga qarz berishga aylanib qoladi. Gohida foyda mol egasiga belgilangan mol miqdoridan ortmay qolishi mumkin. Gohida muzorabada zarar ko‘rilishi ham bo‘ladi. Yoki foyda mol egasiga belgilangan miqdordan oz bo‘ladi va sherik undan qarzdor bo‘lib qoladi.
Mozoraba bilan foydaga qarz berish orasidagi asosiy farq shuki, muzoraba ishchisi qo‘lidagi mol omonot hisoblanadi. U haddidan oshmasa va kamchilikka yo‘l qo‘ymasa, to‘lab bermaydi. Foyda mol egasi va ish bajaruvchi oradisa kelishilgan nisbatda taqsimlanadi. Ulardan hech biriga ma’lum miqdor belgilab qo‘yilmaydi.
Shu o‘rinda bir hadisni keltirishni joiz deb bildik:
عَنْ النُعْمَانِ بْنِ بَشِيْرٍ رَضِيَ الله عَنْهُ, عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِنَّ الْحَلاَلَ بَيِّنُ, وَإِنَّ الْحَرَمَ بَيِّنُ, وَبَيْنَهُمَا مشتبهات لا يعلمهن كثير من الناس, فمن اتقي الشبهات استبرأ لدينه وعرضه, ومن وقع في الشبهات وقع في الحرم كالراعي يرعي حول الحمي يوشك أن يرتع فيه, ألا وإن لكل ملك حمي, ألا وإن حمي الله محارمه, ألا وإن في الجسد مضغة إذا صلحت صلح الجسد كله, وإذا فسدت فسد الجسد كُلُّهُ أَلاَ وَهِيَ الْقَلْبُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ.25
No‘mon ibn Bashir raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Download 292.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling